bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 22
Genesis 22
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 21
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 23 →
1
Shu voqealardan keyin Xudo Ibrohimni sinadi. — Ibrohim! — deb chaqirdi Xudo. — Labbay! — deb javob berdi Ibrohim.
2
— Yolg‘iz suyukli o‘g‘ling Is’hoqni olib, Moriyox yeriga bor, — dedi Xudo. — Men senga bir tog‘ni ko‘rsataman, o‘sha tog‘da o‘g‘lingni qurbonlik qilib kuydirasan.
3
Ertasi kun Ibrohim saharda turib, eshagini egarladi, ikkita xizmatkorini va o‘g‘li Is’hoqni oldi. Olov yoqib qurbonlikni kuydirish uchun o‘tin tayyorladi. So‘ngra Xudo aytgan yerga jo‘nadi.
4
Uch kun yo‘l yurganlaridan keyin, Ibrohim uzoqdan o‘sha joyni ko‘rdi.
5
Ibrohim xizmatkorlariga dedi: — Sizlar shu yerda — eshakning yonida qolinglar. O‘g‘lim bilan hov anavi yerga boramiz–u, u yerda sajda qilib, shu yerga qaytib kelamiz.
6
Ibrohim qurbonlik kuydirish uchun o‘tinni olib, o‘g‘li Is’hoqning yelkasiga ortdi. O‘zi esa pichoq bilan cho‘g‘ni olib ketdi. Ikkovlari birga ketishdi.
7
— Otajon! — dedi bir payt Is’hoq otasiga. — Labbay, o‘g‘lim, — deb javob berdi Ibrohim. — Olov bilan o‘tin bor–u, lekin qurbonlik qilib kuydiriladigan qo‘zi qani? — deb so‘radi Is’hoq.
8
— Qurbonlik qilib kuydiriladigan qo‘zini Xudoning O‘zi beradi, o‘g‘lim, — deb javob qildi Ibrohim. Shunday qilib, ikkovlari birga yo‘lda davom etishdi.
9
Ular Xudo ko‘rsatgan yerga yetib kelganlaridan keyin, Ibrohim qurbongoh qurib, qurbongohga o‘tin qaladi. So‘ngra u o‘g‘li Is’hoqni bog‘lab, qurbongohdagi o‘tinlar ustiga yotqizdi.
10
Ibrohim pichoqni oldi va o‘g‘lini bo‘g‘izlashga shaylandi.
11
Shu payt Egamizning farishtasi osmondan unga hayqirdi: — Ibrohim! Ibrohim! — Labbay! — deb javob berdi Ibrohim.
12
— Pichoqni tashla! — deb buyurdi farishta. — Bunday qilma, bolaga zarar berma. Endi bildim, sen haqiqatan Xudodan qo‘rqar ekansan. Sen hatto yagona o‘g‘lingni ham Mendan ayamading.
13
Ibrohim boshini ko‘tarib, shoxlari chakalaklarga o‘ralib qolgan qo‘chqorni ko‘rib qoldi. U qo‘chqorni ushlab, qurbongohda o‘g‘lining o‘rniga kuydirib qurbonlik qildi.
14
Shuning uchun bu joyga Ibrohim: “ Egamiz beradi”, deb nom qo‘ydi. Bu nom bugungi kunda: “ Egamizning tog‘ida beriladi ”, degan hikmatga aylanib ketgan.
15
Shundan keyin Egamizning farishtasi osmondan Ibrohimni yana chaqirdi:
16
— Egang aytmoqda: “Menga itoat qilganing uchun, hatto yagona o‘g‘lingni ham Mendan ayamaganing uchun, O‘zimning nomim bilan qasamyod qilaman:
17
senga albatta qut–baraka beraman. Naslingni osmondagi yulduzlarday, dengiz qirg‘og‘idagi qumday son–sanoqsiz qilib ko‘paytiraman. Nasling g‘animlarining darvozalarini egallaydilar.
18
Menga itoat qilganing uchun, yer yuzidagi hamma xalqlar sening nasling orqali baraka topadi.”
19
Shunday qilib, Ibrohim o‘g‘li bilan birga xizmatkorlari yoniga qaytib keldi va Bershevaga — uyiga yo‘l oldi. Ibrohim Bershevada yashab qoldi.
20
Shundan keyin Ibrohim: “Ukang Naxo‘rning xotini Milxo sakkizta o‘g‘il tuqqan”, degan xabarni eshitdi.
21
To‘ng‘ich o‘g‘lining ismi Uz, keyingisining oti Buz, undan keyingisiniki Kamuvol (Kamuvol Oramning otasi bo‘ldi),
22
Xosit, Xazo, Pildash, Yidlaf, Batuval edi.
23
Batuval bir qiz ko‘rib, otini Rivqo qo‘ydi.
24
Milxodan ko‘rgan sakkizta o‘g‘lidan tashqari, Naxo‘r Ravumo degan cho‘risidan ham to‘rtta o‘g‘il ko‘rdi. Bu o‘g‘illarining ismi Tavax, Gaxam, Taxash va Maxo edi.
← Chapter 21
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 23 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50