bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 4
Genesis 4
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 5 →
1
Odam Ato xotini Momo Havoga yaqinlashgandan keyin, Momo Havo homilador bo‘ldi. Momo Havo o‘g‘il ko‘rdi va: “Xudoning qudrati bilan o‘g‘il topdim”, deb nomini Qobil qo‘ydi.
2
Keyinroq Momo Havo ikkinchi o‘g‘lini tug‘di va unga Hobil, deb ism qo‘ydi. Bolalar ulg‘ayib, Hobil — qo‘ychivon, Qobil — dehqon bo‘ldi.
3
Vaqti kelib, Qobil yerning hosilidan Egamizga nazr olib keldi.
4
Hobil ham suruvidagi birinchi tug‘ilgan qo‘zilardan bittasini tanlab olib, so‘ydi va qo‘zining yog‘li joylarini Egamizga nazr qilib olib keldi. Egamiz Hobilni va uning nazrini manzur ko‘rdi,
5
lekin Qobilning o‘zi ham, uning nazri ham ma’qul bo‘lmadi. Qobil qattiq xafa bo‘lib, qovog‘ini soldi.
6
Shunda Egamiz Qobilga dedi: “Nega xafa bo‘lding? Nimaga qovog‘ingni solding?
7
Agar sen to‘g‘ri ish qilsang, seni qabul qilmasmidim?! Bilginki, yomon ish qilsang, eshigingda gunoh poylab turadi, sherga o‘xshab tashlanib, seni o‘lja qilmoqchi bo‘ladi. Gunoh sening ustingdan hukmron bo‘lishni istaydi. Lekin gunohni sen mag‘lub qilishing kerak.”
8
Qobil ukasi Hobilga: “Yur, dalaga boramiz”, deb taklif qildi. Ular dalaga borganlarida, Qobil ukasiga tashlanib, uni o‘ldirdi.
9
Egamiz Qobildan: “Ukang Hobil qayerda?” — deb so‘radi. — Bilmayman, nima, ukam qayerga borsa, men uning qadamini o‘lchab yurishim kerakmi?! — deb e’tiroz bildirdi.
10
Shunda Egamiz: — Nima qilib qo‘yding?! — dedi. — Eshitib ol: ukangning qoni Menga yerdan faryod qilmoqda.
11
Ukangning qoni bilan yerni bulg‘aganing uchun, endi la’nati bo‘lasan, yerga hech qachon ishlov berolmaysan.
12
Yerga qanchalik jon kuydirib ishlov bermagin, yer sen uchun boshqa mo‘l hosil yetishtirmas. Hozirdan boshlab sen yer yuzida doimo bir joydan boshqa joyga qochib, boshpanasiz, daydib yurasan.
13
Qobil Egamizga: — Jazoyim shunchalik og‘irki, bir o‘zim ko‘tara olmayman, — deb javob berdi.
14
— Bugun Sen meni yerimdan haydading. Endi men Sendan uzoq bo‘lib yashayman, yer yuzida sarson–sargardon bo‘lib, qochib yuraman. Endi meni birortasi uchratib qolib, o‘ldirib qo‘yishi mumkin.
15
Shunda Egamiz: — Yo‘q, hech kim seni o‘ldirmaydi! — deb javob berdi Qobilga. — Kim seni o‘ldirsa, undan yetti karra o‘ch olaman. Shunday qilib, Egamiz, Qobilni birov urib o‘ldirib qo‘ymasin, deb unga tamg‘a qo‘ydi.
16
So‘ngra Qobil Egamizdan uzoqlashib ketdi va Adanning sharqidagi Nod degan yerga o‘rnashdi.
17
Qobilning xotini homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. O‘g‘liga Xano‘x, deb ism qo‘ydilar. Qobil bir shahar qurdi va shaharga o‘g‘lining otini berib, Xano‘x, deb atadi.
18
Xano‘x bir o‘g‘il ko‘rib, ismini Irod qo‘ydi. Iroddan — Maxuvol, Maxuvoldan — Matushol, Matusholdan — Lamex degan o‘g‘illar tug‘ildi.
19
Lamex ikkita xotin oldi. Bittasining ismi Oida, boshqasiniki Zillo edi.
20
Oida bir o‘g‘il ko‘rib, ismini Yobol qo‘ydi. Chodirlarda yashaydigan cho‘ponlarning ota–bobosi Yobol bo‘ldi.
21
Ukasining ismi Yuval edi. Yuval lira va nay chaluvchi sozandalarning ota–bobosi bo‘ldi.
22
Zillo ham bir o‘g‘il ko‘rib, ismini Tuvalqobil qo‘ydi. Tuvalqobil birinchi bo‘lib bronza va temir asboblar yasagan edi. Tuvalqobilning Namax degan singlisi bor edi.
23
Lamex xotinlariga dedi: “Oida va Zillo, menga quloq solinglar. Ey, xotinlarim! Gapimni eshitinglar! Bir odamni o‘ldirdim meni yaralagani–chun, Yana yosh yigitni o‘ldirdim meni urgani–chun.
24
Qobilni o‘ldirgandan yetti karra o‘ch olinsa, Lamexni o‘ldirgandan yetmish yetti karra o‘ch olinur.”
25
Odam Ato bilan xotini yana bir o‘g‘il ko‘rdilar. Momo Havo: “Qobil o‘ldirgan Hobilning o‘rniga Xudo boshqa farzand berdi”, deb ismini Shis qo‘ydi.
26
Shis ulg‘ayib, u ham bir o‘g‘il ko‘rdi va ismini Eno‘sh qo‘ydi. O‘sha paytda odamlar endi Egamizga sajda qila boshlagan edilar.
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 5 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50