bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 33
Genesis 33
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 32
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 34 →
1
Yoqub qarasa, Esov kelayotgan ekan, yonida to‘rt yuzta odami ham bor. Yoqub bolalarini Leaxga, Rohilaga va ikkala cho‘risiga taqsimladi.
2
Cho‘rilari bilan ularning bolalarini eng oldinga, Leax bilan uning bolalarini ulardan keyin, Rohila bilan Yusufni esa oxiriga qo‘ydi.
3
Yoqubning o‘zi ularning oldida bordi. Akasining oldiga yetib borguncha yetti marta egilib ta’zim qildi.
4
Esov ham ukasini kutib olgani yugurib borib, uni quchoqlab oldi. Yoqubning bo‘yniga osilib, o‘pdi. Ikkovi ham yig‘lar edilar.
5
Esov ayollarga va bolalarga qarab: — Yoningdagi bu odamlar senga kim bo‘ladi? — deb so‘radi. — Men, qulingizga Xudo inoyat qilib bergan bolalarim, — dedi Yoqub.
6
Shundan keyin cho‘rilar bilan ularning bolalari Esovning oldiga kelishib, unga egilib ta’zim qildilar.
7
Ulardan keyin Leax bilan uning bolalari yaqin kelib, egilib ta’zim qilishdi. Oxirida Yusuf bilan Rohila yaqin kelib, egilib ta’zim qildilar.
8
— Menga suruvlaru podalar jo‘natibsan, bundan maqsading nima edi? — deb so‘radi Esov. — Hazratimning iltifotiga sazovor bo‘lishim uchun hadya qilib yuborgan edim, — deb javob berdi Yoqub.
9
— Rahmat, uka, o‘zimniki juda ko‘p, o‘zingniki o‘zingga buyursin, — dedi Esov.
10
— Yo‘q, iltimos, agar meni iltifotingizga sazovor bilsangiz, hadyalarimni olasiz, — deb turib oldi Yoqub. — Siz meni shunday yaxshi kutib oldingizki, men uchun sizning yuzingizni ko‘rish — Xudoning yuzini ko‘rishga o‘xshaydi.
11
Iltimos qilaman, hadyalarimni oling. Xudo menga inoyat qilib, kerakli hamma narsani berdi. Yoqub qattiq iltimos qilavergandan keyin, oxiri, Esov hadyalarni olishga rozi bo‘ldi.
12
— Qani, endi ketaylik, men senga yo‘l ko‘rsatib boraman.
13
Yoqub esa shunday dedi: — O‘zingiz ko‘rib turibsiz, hazratim, bolalarim chiniqmagan, qo‘y–sigirlarim ham bolalagan. Qo‘y–sigirlarimni bir kungina qistab haydasalar, butun chorva nobud bo‘ladi.
14
Shuning uchun mendan oldinda ketaversangiz. Men chorvaning yurishiga va bolalarning qadamiga qarab sekin boraveraman. Siz bilan Seir yurtida uchrashamiz.
15
— Bo‘pti, bo‘lmasa, odamlarimdan ba’zilarini sen bilan qoldiray, ham sizlarga yo‘l ko‘rsatib boradi, ham qo‘riqlab ketadi, — dedi Esov. — Nima qilasiz ovora bo‘lib?! Menga ko‘p mehribonlik ko‘rsatyapsiz, shunga ham rahmat.
16
Esov o‘sha kuni Seirga qaytib ketdi.
17
Yoqub esa oilasi bilan Suxo‘tga qarab ketdi. U yerda o‘ziga bir uy, chorvasi uchun qo‘ralar qurdi. Shuning uchun bu joyga Suxo‘t, deb nom berildi.
18
Shunday qilib, Yoqub Paddon–Oramdan Kan’on yurtidagi Shakam shahriga eson–omon qaytib keldi. Shahar tashqarisida chodirlarini tikdi.
19
U chodir tikkan joylar Xamo‘r degan odamning o‘g‘illariga qarashli mulk edi. Xamo‘r Shakamning otasi edi. Yoqub bu joylarni Xamo‘rning o‘g‘illaridan yuz bo‘lak kumushga sotib oldi.
20
U bu yerda qurbongoh qurib, bu joyni: “Xudo Isroilning Xudosidir”, deb atadi.
← Chapter 32
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 34 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50