bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 49
Genesis 49
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 48
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 50 →
1
Yoqub o‘g‘illarini huzuriga chorlab dedi: “Yonimga kelinglar, kelgusida sizlarga nima bo‘lishini aytay.
2
Keling, quloq soling, ey, Yoqub o‘g‘illari, Eshiting otangiz Isroilning so‘zlarini.
3
Ruben, sensan mening to‘ng‘ichim, Quvvatimning ilk mevasi, ham qudratim, Shuhratu qudratda yuksagi sensan.
4
Lekin dengiz to‘lqiniday betizginsan, Bundan keyin aslo ustun bo‘lmaysan. Otangning yotog‘iga sen kirding, To‘shagimga chiqib, uni bulg‘ading.
5
Shimo‘n bilan Levi hamtovoqlardir, Jabr–jafo quroli qilichlaridir.
6
Hech qachon sherik bo‘lmasman ularning fitnalariga, Aslo qo‘shilmasman ularning yig‘inlariga. Ular g‘azab ila o‘ldirdilar insonlarni, Rohatlanish uchun mayib qildilar ho‘kizlarni.
7
La’nat bo‘lsin ularning rahmsiz g‘azabiga, La’nat bo‘lsin ularning beayov zulmlariga! Tarqatib yuboraman ularni har tomonga, Yoqubning yurtida — Isroilning yurtida.
8
Ey, Yahudo, seni madh etar birodarlaring, G‘animlaring gardanida bo‘lar qo‘llaring. Senga ta’zim qilishar otangning o‘g‘illari.
9
Yahudo sherning bolasiga o‘xshar, O‘g‘lim, ovdan qaytib kelding sen, Sherdek cho‘kib, cho‘zilib yotarsan. Seni uyg‘otmoqqa kim jur’at etar?!
10
Yahudoning qo‘lidan ketmas saltanat hassasi, Uning naslida qolar saltanat tamg‘asi, Xalqlar unga o‘lpon keltirarlar, Unga itoat etib ta’zim qilarlar.
11
Eshagini u doim bog‘laydi tokka, Xo‘tikchani — tok novdasiga. Sharobda yuvadi kiyimlarini A’lo sharobda — ko‘ylaklarini.
12
Sharobdan ham qora ko‘zlari, Sutdan ham oppoq tishlari.
13
Zabulun o‘rnashadi dengiz bo‘yida, Kemalarga u bandargoh bo‘lajak. Uning chegarasi Sidongacha borajak.
14
Issaxor qo‘rada o‘rnashib yotgan, Kuchli eshakka o‘xshar.
15
Ko‘rsaki, o‘rnashgan yeri naqadar yaxshi, Juda yoqimli ekan bu joylar. Yukni ko‘tarmak chun yelkasin tutdi, Og‘ir mehnatga u qul bo‘lib qoldi.
16
Isroil qabilasining bittasi bo‘lib, Dan o‘z xalqini hukm qiladi.
17
Dan yo‘lda yotgan bir ilon bo‘ladi, So‘qmoqda cho‘zilib yotgan zaharli ilon. Otlarning to‘pig‘ini u chaqib olar, Chavandoz yiqilar, chalqancha tushar.
18
Sendan najot kutarman, ey, Egam!
19
Gadni talab ketadi bosqinchilar, Gad ularning izidan bostirib borar.
20
Osher tansiq taom yetishtirar, Shohona noz–ne’matlar tayyorlar.
21
Naftali ozod yurgan ohuga o‘xshar, Ajoyib ohuchalar dunyoga keltirar.
22
Yusuf o‘xshar serhosil tokka — Buloq bo‘yidagi serhosil uzumga. Uning novdalari devordan oshib o‘tar.
23
Rahmsiz kamonchilar unga hujum qilishdi, O‘q otishdi unga, qattiq siqishdi.
24
Lekin Yusufning kamoni tarang tortildi, Uning qo‘llari ham chaqqonlashdi Yoqubning Qudratli Xudosi kuchi tufayli, Isroilning Cho‘poni, Qoyasi tufayli.
25
Otangning Xudosi senga madad bergay, Qodir Xudo senga marhamat ko‘rsatgay Yuqoridagi osmon barakalari ila, Yer qa’ridan chiqqan suvning barakalari ila, Ona ko‘kragiyu pushtining barakasi ila.
26
Abadiy tog‘lar barakasidan ham, Va qadim tepaliklar ne’matidan ham, Otangning duolari kuchlidir. Bu barakalar Yusufga nasib etur, Birodarlari ichra u yo‘lboshchi bo‘lur.
27
Benyamin och bo‘riga o‘xshar, Sabohda u o‘ljasini yamlab yutar, Oqshomda u topganini bo‘lishar.”
28
Isroilning o‘n ikki qabilasi ana shular bo‘lib, otasi ularni duo qilganda, yuqoridagi so‘zlarni aytgan edi. Har birini o‘ziga loyiq tarzda duo qildi.
29
Shundan so‘ng Yoqub o‘g‘illariga vasiyat qildi: — Mening kunim bitib boryapti. Meni Xet xalqidan Efro‘nning dalasidagi g‘orga — ota–bobolarim yoniga dafn qilinglar.
30
O‘sha g‘or Kan’on yurtida, Mamre sharqida joylashgan Maxpaladagi dalada. Ibrohim bu dalani Efro‘ndan qabriston uchun sotib olgan.
31
U yerga bobom Ibrohim bilan buvim Sora dafn qilingan, Otam Is’hoq bilan onam Rivqo ham u yerga dafn qilingan. U yerga men Leaxni dafn qilganman.
32
Bobom Ibrohim Xet xalqidan sotib olgan g‘or o‘shadir.
33
Yoqub o‘g‘illariga vasiyat qilib bo‘lgach, yana to‘shagiga yotdi–yu, joni uzilib, ota–bobolari yoniga ketdi.
← Chapter 48
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 50 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50