bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 48
Genesis 48
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 47
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 49 →
1
Bir kuni Yusufga: “Otangiz kasal”, degan xabar yetib keldi. Yusuf ikkala o‘g‘lini — Manashe bilan Efrayimni yoniga olib, otasining huzuriga bordi.
2
Yoqub Yusufning kelganini eshitgach, kuchini yig‘ib, to‘shagiga o‘tirdi.
3
Yoqub Yusufga dedi: — Qodir Xudo Kan’on yurtidagi Luz shahrida menga zohir bo‘lgan va marhamat ko‘rsatib,
4
shunday degan edi: “Men seni barakali qilib, naslingni ko‘paytiraman. Men sendan ko‘p xalqlarni yarataman. Bu yerni sendan keyin naslingga abadiy mulk qilib beraman.”
5
Men Misrga kelmasimdan avval Efrayim bilan Manashe bu yerda tug‘ilgan edilar. Shu ikkala o‘g‘ling endi mening o‘g‘illarimdir. Ruben va Shimo‘n menga qanday o‘g‘il bo‘lsa, sening ikkala o‘g‘ling ham mening o‘g‘illarim bo‘ladi.
6
Efrayim bilan Manashedan keyin tug‘iladigan o‘g‘illaring esa o‘zingniki bo‘ladi. Tug‘iladigan o‘g‘illaringga Efrayim va Manashega qarashli yerlardan meros berilsin.
7
Buni shu sababdan qilyapmanki, men Paddondan qaytib kelayotganimda, afsuski, onang Rohila Kan’on yurtida — Efratga yetib bormasdan yo‘lda olamdan o‘tgan edi. Men uni o‘sha yerda — Efratga boradigan yo‘l bo‘yiga dafn qilganman. (Efrat hozir Baytlahm, deb yuritiladi.)
8
[8-10] Bu paytga kelib Yoqubning ko‘zlari keksalikdan xiralashgan, yaxshi ko‘rmas edi. Yoqub Yusufning o‘g‘illarini ko‘rganda, “Bular kimlar?” deb so‘radi. — Bular Xudo shu yerda menga bergan o‘g‘illarim, — deb javob berdi Yusuf. — Menga yaqinroq olib kelgin ularni, duo qilayin. Yusuf o‘g‘illarini otasiga yaqinroq olib bordi. Yoqub bolalarni bag‘riga bosib, o‘pdi.
9
***
10
***
11
Yoqub Yusufga dedi: — Men seni hech qachon ko‘rmayman, deb o‘ylagan edim. Ammo Xudo sening bolalaringni ham ko‘rishni nasib etdi.
12
Yusuf bolalarni otasining tizzasidan oldi va otasiga muk tushib ta’zim qildi.
13
Yusuf o‘ng qo‘li bilan Efrayimni ushlab, Yoqubning chap tomoniga, chap qo‘li bilan Manasheni ushlab, Yoqubning o‘ng tomoniga yaqinroq olib keldi.
14
Lekin Yoqub qo‘llarini chalishtirdi–yu, o‘ng qo‘lini kenja o‘g‘il Efrayimning boshiga, chap qo‘lini to‘ng‘ich o‘g‘il Manashening boshiga qo‘ydi.
15
So‘ngra Yusufni duo qildi: “Ota–bobolarim Ibrohim va Is’hoqqa yo‘l ko‘rsatgan Xudo, Umrim bo‘yi mening cho‘ponim bo‘lgan Xudo,
16
Barcha ofatlardan meni saqlagan farishta Bu bolalarga ham marhamat ko‘rsatsin. Mening nomim, bobom Ibrohim, otam Is’hoqning nomi Shu bolalar orqali yashasin, yer yuzida ular lak–lak ko‘paysin.”
17
Lekin otasi o‘ng qo‘lini Efrayimning boshiga qo‘ygani Yusufga yoqmadi. Shuning uchun otasining o‘ng qo‘lini Efrayimning boshidan Manashening boshiga olib qo‘ymoqchi bo‘ldi.
18
— Bunday emas, ota, — dedi Yusuf, — bunisi to‘ng‘ichi, o‘ng qo‘lingizni uning boshiga qo‘ying.
19
Lekin otasi rozi bo‘lmadi: — Bilaman, o‘g‘lim, bilaman. Manashening nasli ham buyuk xalq bo‘ladi. Lekin Efrayimning avlodi Manashenikiga qaraganda yanada buyuk bo‘lib, Efrayimning avlodidan ko‘p xalqlar kelib chiqadi.
20
Yoqub o‘sha kuni Efrayim bilan Manasheni shunday deb duo qildi: “ Isroil xalqi sizlarning nomingizni aytar bir–birini duo qilganda, Efrayim va Manasheday qilsin seni Xudo, deb aytganlarida.” Shunday qilib, Yoqub Efrayimni Manashedan yuqori qo‘ydi.
21
Shundan keyin Yoqub Yusufga dedi: — Mening umrim oxirlab boryapti. Lekin Xudo sizlar bilan birga bo‘ladi, sizlarni ota–bobolaringizning yeriga yana qaytarib olib boradi.
22
Shakamni esa akalaringga emas, senga beryapman. Bu hosildor yerlarni men qilichu kamonim bilan Amor xalqlaridan tortib olganman.
← Chapter 47
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 49 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50