bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Genesis 9
Genesis 9
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 8
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 10 →
1
Xudo Nuh bilan uning o‘g‘illariga marhamat qilib, ularga dedi: “Uvali–juvali bo‘linglar, yer yuzini to‘ldiringlar.
2
Yer yuzidagi jamiki hayvonlar, osmondagi hamma qushlar, yerda sudralib yuruvchi jonivor va hasharotlarning hammasi, dengizdagi hamma baliqlar sizlardan qo‘rqib, hurkadigan bo‘ladi. Bularning hammasi ustidan sizlar hukmron bo‘lasizlar.
3
O‘tni va sabzavotlarni sizlarga yemish qilib berganim singari, hamma tirik jonzotlarni ham sizlar uchun yemish qilib beraman.
4
Lekin etni qoni bilan yemaysizlar. Qonda jon bo‘lgani uchun, Men buni taqiqlayman.
5
Qotillik jazolanadi. Insonning jonini olgan insondan Men xun talab qilaman, insonni o‘ldirgan har qanday hayvon o‘ldirilishi lozim.
6
Kimki inson qonini to‘ksa, Uning qonini ham inson to‘kur. Zero, inson zotini Men, Xudo, Yaratgandir O‘z suratimda.
7
Barakali bo‘lib ko‘payinglar, yer yuzida to‘lib–toshib, tobora ortib boringlar.”
8
Xudo Nuh bilan uning o‘g‘illariga yana gapirdi:
9
“Men endi sizlar bilan va sizlarning avlodingiz bilan ahd qilaman.
10
Sizlar bilan kemadan chiqqan hamma tirik jonzotlar — qushlar, chorva, yer yuzida yashovchi hamma jonivorlar bilan ham ahd qilaman.
11
Sizlar bilan qat’iy ahd qilaman: bundan buyon barcha jonzot to‘fon tufayli qirilib ketmaydi, yer yuzini qirib bitiradigan to‘fon boshqa hech qachon bo‘lmaydi, deb va’da beraman.
12
Sizlar bilan, jamiki tirik jonzotlar bilan qilayotgan abadiy ahdimning alomati shu bo‘ladi:
13
Men bulutlar orasida O‘z kamalagimni hosil qilaman. Bu kamalak Mening olam ahli bilan qilgan ahdimning alomati bo‘ladi.
14
Men bulutlarni yer ustiga olib kelganimda, kamalak bulutlar orasida ko‘rinib turadi.
15
Ana o‘shanda Men O‘zim bilan sizlar va hamma tirik jonzotlar o‘rtasida qilgan ahdimni yodimda tutaman. To‘fon endi hech qachon jamiki jonzotlarni yo‘q qilmaydi.
16
Kamalak bulutlar orasida turganda, Men kamalakni ko‘rib, yer yuzidagi tirik jonzotlar bilan O‘zim qilgan abadiy ahdimni yodimda tutaman.”
17
Xudo yana Nuhga dedi: “Yer yuzidagi jamiki tirik jonzotlar bilan Men qilayotgan ahdning alomati ana shudir.”
18
Nuhning kemadan chiqqan o‘g‘illari Som, Xom va Yofas edilar. Keyinroq Xom o‘g‘il ko‘rib, ismini Kan’on qo‘ydi.
19
Nuhning uchala o‘g‘lidan esa butun yer yuzidagi xalqlar tarqaldi.
20
To‘fondan keyin Nuh dehqon bo‘ldi va ilk bor tokzor barpo qildi.
21
Bir kuni u o‘zi tayyorlagan maydan ichdi. Mast bo‘lib, chodirida yalang‘och yotgan edi,
22
Kan’onning otasi Xom otasining yalang‘och yotganini ko‘rdi va tashqariga chiqib, akalariga aytdi.
23
Som bilan Yofas bir kiyimni olib, yelkalariga tashladilar. Orqalari bilan chodirga kirib, otalarining yalang‘och tanasini ko‘rmaslik uchun, yuzlarini teskari o‘girib, uning ustini kiyim bilan yopib qo‘ydilar.
24
Nuh o‘ziga kelgach, kenja o‘g‘lining qilmishini bildi.
25
Shunda Nuh dedi: “Kan’on la’nati bo‘lsin! Qullarning ham quli bo‘lsin akalariga!”
26
Nuh yana dedi: “Somning Xudosi Egamizga Hamdu sanolar bo‘lsin. Kan’on Somga qul bo‘lsin!
27
Xudo Yofasga mo‘l yer bersin, Uning nasli Somning Xalqi bilan yashasin! Kan’on Yofasga qul bo‘lsin!”
28
Nuh to‘fondan keyin 350 yil yashadi.
29
U 950 yoshida olamdan o‘tdi.
← Chapter 8
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 10 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50