bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 11
Job 11
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 12 →
1
Keyin namaxlik Zo‘far shunday dedi:
2
“Shuncha ko‘p gap javobsiz qolaveradimi? Ko‘p gapirgan inson oqlanar ekanmi?
3
Bekorchi gaplaring boshqalarning ovozini o‘chirib qo‘ydimi? Nahotki mazax qilib aytgan gaplaring uchun hech kim seni uyaltirmasa?
4
Sen: “Mening ta’limotim xatosiz, O‘zim ham Xudoning nazarida pokman”, deb aytasan.
5
Qani endi, Xudo gapirsa, Uning O‘zi senga qarshi og‘iz ochsa edi.
6
Qani endi, U senga donolikning sirlarini bildirsa edi. Axir, haqiqiy donolik ko‘p qirrali–ku! Bilib qo‘y, Xudo seni o‘z gunohlaringga yarasha jazolagani yo‘q, Jazoni ancha kam beryapti.
7
Xo‘sh, Xudoning sirlarini anglay olasanmi?! Qodir Xudoning kamolotini bila olasanmi?!
8
Xudoning donoligi osmondan ham yuksakdir, Sen nima qila olarding?! Xudoning donoligi o‘liklar diyoridan ham chuqurroqdir, Sen nimani bila olarding?!
9
Uning o‘lchami yer tevaragidan ham uzunroq, Dengizdan ham kengroqdir.
10
Xudo kelib, seni qamoqqa tashlasa, Yoki hammani hukmga yig‘sa, Kim Uni to‘xtata olardi?
11
Albatta U yolg‘onchilarni biladi, Yovuzlikni ko‘rganda, e’tiborga oladi–ku!
12
Asov eshakdan odam tug‘ilmaganday, Nodon ham donolikka erisha olmaydi.
13
O‘z yuragingni Xudoga bag‘ishla, Ibodat qilib, qo‘llaringni U tomon cho‘zgin.
14
Qo‘llaring gunohdan bulg‘angan bo‘lsa, poklagin, Chodiringda yovuzlikka joy bermagin.
15
Shunda sen uyalmasdan boshingni tik ko‘tarib yurasan. Qo‘rquvdan holi bo‘lib, barqaror turasan.
16
Qayg‘ularingni esdan chiqarasan, Ular oqib ketgan suvlarday bo‘lib qoladi.
17
Hayoting kunduzgi nurday yorug‘ bo‘ladi, Har qanday zulmat tongday bo‘lib qoladi.
18
Umiding borligi uchun, ishonching komil bo‘ladi, Atrofingda himoyang bo‘lib, tinchlikda orom olasan.
19
Yotganingda hech kimdan qo‘rqmaydigan bo‘lasan, Hamma sendan marhamat istab keladi.
20
Fosiqlarning ko‘z nuri so‘nadi, Ular qochishga yo‘l topolmaydilar, O‘lib qutulamiz, deb umid qiladilar.
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 12 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42