bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 40
Job 40
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 39
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 41 →
1
Shundan keyin Egamiz quyun orasidan gapirib, Ayubga shunday dedi:
2
Qani, erkakka o‘xshab belingni bog‘la, Seni so‘roq qilaman, javob ber–chi.
3
Sen Meni adolatsizlikda ayblamoqchimisan? Meni hukm qilib, o‘zingni oqlamoqchimisan?
4
Sening qo‘ling Xudoning qo‘liday qudratlimi? Uning ovoziga o‘xshab gumburlaydigan ovozing bormi?
5
Shunday bo‘lsa, qani, o‘zingni shonli dabdabaga o‘ragin–chi, Ulug‘vorlik va salobat bilan burkangin–chi.
6
G‘azabingni to‘kib soch, Hamma takabbur insonlarga nazar solgin–da, Ularning popugini pasaytirib qo‘y.
7
Ha, barcha mag‘rur insonlarga qaragin–da, Ularni yer bilan bitta qil. Fosiqlarni turgan joyida ezib tashla.
8
Hammasini tuproqqa ko‘mib tashla, Ha, yuziga tuproq tortib, qabrni yop.
9
Shunda Men senga tan beraman, O‘z kuching bilan najot topa olarkansan, deyman.
10
Begemotga qaragin, Xuddi seni yaratganimday uni ham Men yaratganman, U ho‘kizga o‘xshab o‘t yeydi.
11
Uning belida kuchi ko‘p, Qorin mushaklari kuchga to‘la.
12
Dumi sadr daraxtiday kuchli, Son mushaklari juda ham baquvvat.
13
Uning suyaklari bronzadan yasalgan novlarday, Qo‘l–oyoqlari temirday mustahkam.
14
Men yaratgan jonivorlar orasida u eng ajoyibidir, Yaratganning O‘zigina unga bas kela oladi.
15
Yovvoyi hayvonlar o‘ynab yuradigan qirlar Unga oziq beradi.
16
U xalqoblardagi qamishlar orasida, Nilufar gullari tagida yotadi.
17
U nilufar gullarining soyasida yotadi, Irmoq bo‘yidagi tollar uni o‘rab oladi.
18
Daryo jo‘shib oqsa ham u qo‘rqmaydi, Iordan daryosining to‘lqinlari yuziga urilsa ham U bexavotir turaveradi.
19
Birov uning ko‘zlarini ko‘r qilib, ushlay oladimi?! Ilmoq bilan burnini teshib tuta oladimi?!
20
Maxluq Levitanni baliq singari, Ilmoq bilan ushlay olasanmi?! Tilini arqon bilan bog‘lay olasanmi?!
21
Burnidan arqon o‘tkazib, Jag‘ini ilmoq bilan tesha olasanmi?!
22
O‘sha maxluq qayta–qayta sendan rahm–shafqat tilaydimi?! Xo‘sh, u senga mayin so‘zlar bilan gapiradimi?!
23
Sen bilan ahd tuzib, Bir umrga quling bo‘lib qoladimi?
24
Qush bilan o‘ynaganday u bilan o‘ynay olasanmi? Yoki qizlaring uchun uni bog‘lab bera olasanmi?
25
Baliqchilar uning uchun savdolashadimi?! Savdogarlarga uni bo‘lib beradimi?!
26
Uning terisini nayza bilan tesha olasanmi? Boshini baliqchilarning sanchqisi bilan yora olasanmi?
27
Agar unga qo‘l tekkizsang, Bir umrga pushaymon bo‘lasan! Ikkinchi qo‘l tekkizmaydigan bo‘lasan.
← Chapter 39
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 41 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42