bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 19
Job 19
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 20 →
1
Ayub shunday javob berdi:
2
“Qachongacha meni qiynaysizlar, Gaplaringiz bilan meni ezasizlar?
3
Mana, meni o‘n marta haqoratladingiz! Menga hamla qilaverishdan uyalmaysizlarmi?
4
Agar xato qilganim rost bo‘lsa, Gunohim o‘zimning tashvishim.
5
O‘zingizni mendan ustun qo‘yyapsiz. Mana bu gunohingning dalili, deb Sharmanda bo‘lganimni ko‘rsatyapsiz.
6
Shuni bilinglar, Xudoning O‘zi menga haqsizlik qildi, To‘rlari bilan atrofimni o‘radi.
7
“O‘ldiryapti!” deb baqirsam ham, Menga hech kim javob bermaydi. Faryod qilaman, lekin adolat yo‘qdir.
8
Xudo yo‘limga g‘ov qo‘ygan, o‘tolmayman. Yo‘llarimni zulmat bilan qoplagan.
9
U bor obro‘imni to‘kkan, Boshimdagi tojimni tortib olgan.
10
Menga har tomondan hujum qildi, tamom bo‘ldim, Daraxtni sug‘urganday, umidimni sug‘urib tashladi.
11
Uning g‘azabi menga qarshi qaynaydi, U meni O‘ziga dushman, deb hisoblaydi.
12
Uning qo‘shinlari bostirib keladi. Meni qamal qilish niyatida Chodirim atrofida qarorgoh quradi.
13
Xudo qarindosh–urug‘imni mendan uzoqlashtirdi, Tanishlarim mendan yuz o‘girdilar.
14
Qarindoshlarim meni tark etishdi. Do‘stlarim meni unutishdi.
15
Uyimga kelgan mehmonlar ham, Cho‘rilarim ham menga begonaday qarashadi. Ularning nazarida bir musofirday bo‘lib qoldim.
16
Xizmatkorimni chaqirsam, u javob bermaydi. Unga o‘zim yalinib borishim kerak.
17
Nafasim xotinimga jirkanch bo‘lib qolgan, Qarindosh–urug‘larim mendan nafratlanadi.
18
Hatto yosh bolalar ham mendan hazar qiladi. Oyoqqa tursam, ular meni mazax qiladi.
19
Hamma yaqin do‘stlarim mendan hazar qiladi. Yaxshi ko‘rganlarim ham mendan yuz o‘girdi.
20
Teriyu suyagimdan boshqa hech narsam qolmadi, O‘lishimga bir baxa qoldi.
21
Ey do‘stlarim, menga rahm qilinglar, Axir, meni Xudo urdi–ku!
22
Xudo meni quvg‘in qilganday, Nima uchun sizlar ham meni quvg‘in qilyapsizlar? Meni yeb bitirdingiz–ku! Hali ham to‘ymadingizmi?
23
Qani endi, aytgan so‘zlarim yozib qo‘yilsa! Ular kitobga tushirilsa!
24
Temir qalamu qo‘rg‘oshin bilan Qoyaga abadiy yozib qo‘yilsa!
25
Ammo men bilaman, Mening Xaloskorim hayotdir, Vaqti kelib, U meni himoya qiladi.
26
Terim irib ketgan bo‘lsa ham, Mana shu tanamda Xudoni ko‘raman.
27
Men Uni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘raman, Ha, men ko‘raman, boshqa hech kim emas. Yuragim orziqib ketyapti!
28
Agar sizlar: “Mana endi unga qarshi chiqamiz! Axir, kulfatlarining ildizi o‘zida–ku”, desangiz,
29
O‘zingiz jazodan qo‘rqing. Xudo g‘azabi kelganda qilich bilan jazolaydi, Shunda sizlar hukm borligini bilib olasizlar.”
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 20 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42