bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 18
Job 18
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 19 →
1
Shunda shuvaxlik Bildad javob berdi:
2
“Qachongacha valdirayverasan–a?! Gapingni o‘ylab gapirgin, keyin suhbatlashamiz.
3
Nima, bizni mol, deb o‘ylayapsanmi? Yoki bizni go‘l, deb bilyapsanmi?
4
Jahl bilan o‘zingni jarohatlayapsan. Nima endi, seni deb yer yuzi huvullab qolishi kerakmi?! Yoki qoyalar o‘rnidan qo‘zg‘alishi kerakmi?!
5
Fosiqlarning chirog‘i albatta o‘chadi, Olovining uchquni yorug‘lik bermaydi.
6
Chodiridagi yorug‘lik zulmatga aylanadi, Tepasida osilgan chirog‘i o‘chadi.
7
Sobit qadam fosiqlar endi qoqilib yuradi. O‘zlarining rejalari ularni oyog‘idan oladi.
8
O‘z oyoqlari ularni tuzoqqa yetaklaydi, O‘zlari chuqurlikka yiqilib tushadi.
9
Qopqon ularni tovonidan qisib qoladi, To‘r ularni mahkam tutadi.
10
Yerda fosiqlarga ilmoq tashlangan, Ularning yo‘liga tuzoq qo‘yilgan.
11
Har tomondan ularni vahima bosib, Har qadamda ortidan quvib yuradi.
12
Ochlikdan ularning sillalari qurib qoladi, Kulfat ham ularning qoqilishini kutib turadi.
13
Kasallik ularning terisini kemirib bitiradi, O‘lat ularning oyoq–qo‘llarini chiritib yuboradi.
14
Panohlari bo‘lgan chodirlaridan ularni sug‘urib olib, O‘liklar diyori shohining oldiga olib kelishadi.
15
Fosiqlarning chodirlaridan hech narsa qolmaydi, Ular yashagan joy oltingugurt bilan qoplanadi.
16
Ularning ildizlari qurib qoladi, Novdalari ham so‘lib qoladi.
17
Yer yuzidan ularning xotirasi o‘chib ketadi, Ko‘chalarda ulardan nom–nishon ham qolmaydi.
18
Ular yorug‘likdan zulmatga haydaladilar, Ha, bu dunyodan quvib chiqariladilar.
19
Xalqi orasida ulardan avlod–zurriyot qolmaydi, Ular yashagan joylar kimsasiz bo‘lib qoladi.
20
Ularning taqdiridan g‘arbdagilar dahshatga tushadi, Sharqdagilarni esa vahima bosadi.
21
Ha, yovuzlarning maskani shu ahvolga tushib qoladi, Xudosizlarning joyi shunday bo‘lib qoladi.
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 19 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42