bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 31
Job 31
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 30
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 32 →
1
Men: “Ayol–qizlarga shahvat bilan qaramayman”, deb Ko‘zlarim bilan ahd tuzgan edim.
2
Xo‘sh, Xudo menga bergan nasiba nima bo‘ldi?! Qodir Xudo men uchun nima buyurgan?!
3
Adolatsizlarning boshiga ofat, Badkirdorlarning boshiga kulfat tushadi–ku.
4
Xudo hamma yo‘llarimni ko‘radi, Bosgan qadamimni kuzatib turadi.
5
Agar yolg‘on gapirgan bo‘lsam, Tilim yolg‘on–yashiqqa to‘la bo‘lsa,
6
Mayli, Xudo meni adolat tarozisida tortib ko‘rsin, Shunda U pokligimni bilib oladi.
7
Agar to‘g‘ri yo‘ldan og‘ib ketgan bo‘lsam, Nafsim meni yo‘ldan urib, Qo‘llarimni bulg‘agan bo‘lsam,
8
Mayli, men ekay, hosili birovga nasib bo‘lsin, Dalalarimda ungan ekinlar sug‘urib tashlansin.
9
Biror ayol meni yo‘ldan urgan bo‘lsa, Shahvat bilan qo‘shnimni poylagan bo‘lsam,
10
Mayli, xotinim boshqalarning bug‘doyini yanchisin, Begona erkaklar uning oldiga kirsin.
11
Axir, shahvat buzuqlik–ku! Bu gunoh albatta hukm qilinadi.
12
Halokat diyorigacha yetib boradigan olovdaydir u, Bor–budimni tag–tomiri bilan yeb bitiradi.
13
Qullarim, cho‘rilarim men haqimda shikoyat qilganda, Ularga nisbatan adolatsizlik qilgan bo‘lsam,
14
Xudo hukmga turganda men nima qilaman? Xudo meni so‘roq qilganda nima deyman?
15
Meni yaratgan ularni ham yaratgan–ku! Onamizning qornida barchamizga shakl bergan Xudo–ku!
16
Muhtojlar madad so‘raganda, qaytarib yubormadim, Bevalarning umidini puchga chiqarmadim.
17
Ovqatimni bir o‘zim yemadim, Yetimlar bilan bo‘lishdim.
18
Yoshligimdan yetimlarga ota bo‘ldim, Umrim bo‘yi bevalarga g‘amxo‘rlik qildim.
19
[19-20] Ko‘zim tushgan yalang‘och bechoralar Qo‘ylarimdan qirqib olingan junlar bilan isindi. Usti boshi bo‘lmagan faqirlarga mehr ko‘rsatdim, Shuning uchun ular meni duo qildi.
20
***
21
Agar qozixonada so‘zim o‘tishini bilib turib, Yetimlarga qarshi qo‘l ko‘targan bo‘lsam,
22
Qo‘llarim sinib qolsin, Qo‘lim yelkamdan uzilib tushsin.
23
Men Xudodan keladigan kulfatdan qo‘rqardim, Xudoning ulug‘vorligini bila turib, bunday ish qila olmasdim.
24
Tillaga ishondimmi? Toza tillaga umid bog‘ladimmi?
25
Boyligim ko‘pligidan yoki mol–mulkim bilan maqtandimmi?
26
Osmondagi yorug‘ quyoshga qarab, Go‘zal oyning suzishini kuzatib,
27
Yuragim vasvasaga tushdimi? Ularga sig‘indimmi?
28
Agar shunday qilgan bo‘lsa, bu ham hukmga loyiq gunoh bo‘lar edi. Axir, bu ish bilan yuksakdagi Xudoga sadoqatsizlik ko‘rsatgan bo‘lardim–da!
29
Hatto g‘animlarimga kelgan kulfatdan suyunmadim, Boshiga ofat tushganda quvonmadim.
30
Ularni qarg‘ashdan o‘zimni tiydim, Boshimga gunoh orttirmadim.
31
Xizmatkorlarim shunday derdilar: “Ayubning chodirida go‘sht yeb, to‘ymaganlar bormi?”
32
Hech bir musofir ko‘chada tunamas edi, Chunki mening eshiklarim doimo sayohatchilarga ochiq edi.
33
Boshqalarga o‘xshab, gunohlarimni yashirmadim, Ayblarimni yuragimda saqlamadim.
34
Olomondan cho‘chiydiganlaru Odamlarning gapidan qo‘rqadiganlar kabi Ko‘chaga chiqmay, jim o‘tiravermadim.
35
Koshki endi menga quloq soladigan birortasi bo‘lsa! Mana arzimga o‘zim qo‘l qo‘yyapman. Endi Qodir Xudo O‘zi javob bersin. Qani endi, dushmanim ayblarimni yozib bersa,
36
Men faxrlanib, ularni yelkamga osgan bo‘lardim, Toj qilib kiyib yurgan bo‘lardim.
37
Har bir bosgan qadamimga javob bergan bo‘lardim, Mag‘rur bir shahzoda kabi Xudoning oldiga borgan bo‘lardim.
38
Agar yerlarim menga qarshi faryod qilsa, Egatlari ko‘z yoshga to‘la bo‘lsa,
39
Bahosini to‘lamay, hosilini yegan bo‘lsam, Dehqonlarning o‘limiga sababchi bo‘lgan bo‘lsam,
40
Bug‘doy o‘rniga tikanlar o‘ssin, Arpa o‘rniga gazanda o‘tlar chiqsin.” Shunday qilib, Ayubning gaplari tugadi.
← Chapter 30
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 32 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42