bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 3
Job 3
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 4 →
1
Oxiri Ayub so‘z boshlab, o‘zi dunyoga kelgan kunni la’natladi.
2
U shunday dedi:
3
“Men tug‘ilgan kun qirilib ketsin, Men yaratilgan kecha la’nati bo‘lsin.
4
O‘sha kun zulmatga aylanib qolsin! Hatto Xudo ham shu kunni eslamasin, O‘sha kun hech qachon nur ko‘rmasin.
5
Zim–ziyo zulmat uni qamrasin, U kunni bulutlar berkitsin, Quyosh nurini qorong‘ilik to‘sib qo‘ysin.
6
Ha, o‘sha kechani zulmat yutib yuborsin! Yil kunlari orasida hech qachon sanalmasin, Oylarning hisobiga o‘sha kecha kirmasin.
7
O‘sha kecha qisir bo‘lsin, Undan shodlik ovozi yangramasin.
8
Maxluq Levitanni chaqirishga qodir bo‘lganlar uni qarg‘asin, Ha, la’nat o‘qiydiganlar o‘sha kechaga qarg‘ish yog‘dirsin.
9
O‘sha kechada tong yulduzlari charaqlamasin. O‘sha kecha yorug‘likka umid qilsin–u, Ammo tong shu’lasini ko‘rmasin.
10
Onamning bachadonini berkitmagani uchun, Meni shuncha qayg‘udan xoli qilmagani uchun O‘sha kecha la’nati bo‘lsin.
11
Nima uchun o‘lik tug‘ilmadim?! Onam qornidan tushiboq, o‘lmadim?!
12
Nima uchun onam meni tizzalarida olib o‘tirdi ekan?! Nima uchun meni emizdi ekan?!
13
O‘lganimda edi, hozir tinch yotgan bo‘lardim. Uxlab, orom olib yotgan bo‘lardim.
14
Vayronalarni tiklashga qodir bo‘lgan Shohu amaldorlar bilan birga bo‘lardim.
15
Tillaga boy, uylarini kumushga to‘ldirgan Shahzodalar qatori yotgan bo‘lardim.
16
Nima uchun o‘lik tug‘ilgan boladay bo‘lmadim?! Nima uchun yorug‘lik ko‘rmagan chaqaloqday ko‘milmadim?!
17
Axir, qabrda fosiqlar ham Fosiqlik qilishdan to‘xtaydilar–ku! Charchaganlar ham dam oladilar–ku!
18
Asirlar u yerda jam bo‘lib tinch yashaydi, Nazoratchilarning baqir–chaqiri eshitilmaydi.
19
Katta ham kichik ham u yerda bordir, Qullar ham nihoyat u yerda ozoddir.
20
Nima uchun qiynalganga yorug‘lik berilgan, Qayg‘uga botganga esa hayot ato qilingan?!
21
Ular o‘limni kutadilar, lekin o‘lim kelmaydi, Qimmatbaho xazinadan ham ko‘ra ko‘proq O‘limni izlaydi ular.
22
O‘lim topganlarida ular juda quvonadi, Shodlikdan boshlari osmonga yetadi.
23
Nima uchun yo‘lni ko‘rolmaydiganlarga yorug‘lik berilgan?! Axir, Xudo ularning yo‘lini to‘sib qo‘ygan–ku!
24
Non yeyish o‘rniga og‘ir uf tortaman, Chuqur ohu nolalarim suvday oqib chiqyapti.
25
Ha, nimadan qo‘rqqan bo‘lsam, o‘sha boshimga tushdi. Xavfsiraganlarim sodir bo‘ldi.
26
Ko‘nglim tinch emas, menda xotirjamlik yo‘q, Tinchlik yo‘q, g‘am–tashvish esa kelaveradi.”
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 4 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42