bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 33
Job 33
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 32
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 34 →
1
Ey Ayub, endi mening so‘zlarimni eshiting, Hamma gaplarimga quloq soling.
2
Men hozir gapirishga tayyorman. So‘zlarim tilimda tizilib turibdi.
3
So‘zlarim pok ko‘nglimdan chiqadi, Chin dildan gapiraman.
4
Meni Xudoning Ruhi yaratgan, Qodir Xudoning nafasi menga hayot berib turibdi.
5
Agar qo‘lingizdan kelsa, menga javob bering–chi, O‘zingizni himoya qilib ko‘ring–chi!
6
Xudoning oldida siz ham, men ham birmiz, Men ham tuproqdan yaralganman.
7
Mendan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi, Sizga hech zulm o‘tkazmayman.
8
Gaplaringizni o‘z qulog‘im bilan eshitdim, Quyidagi so‘zlarni oldimda aytgansiz:
9
“Men pokman, aybsizman, Top–tozaman, menda hech bir ayb yo‘q.
10
Xudo esa menga qarshi chiqishga bahona qidiryapti, Meni O‘z dushmanlari qatoriga qo‘shib qo‘ydi.
11
Oyoqlarimni zanjirband qildi, Yurgan yo‘limni kuzatib turadi.”
12
Ayub, mana shu borada siz nohaqsiz. Men sizga shuni aytay: Xudo butun odamzoddan ulug‘roqdir.
13
Shunday ekan, nimaga U bilan da’volashyapsiz? Nima uchun, Xudo menga javob bermaydi, deysiz?
14
Xudo qayta–qayta gapiradi. Shunda ham odamlar tushunmaydi.
15
Odamlar chuqur uyquga ketganda, O‘rinlarida uxlab yotganda, Tushlar, tungi vahiylar orqali
16
Xudo ularning quloqlariga gapiradi, O‘z ogohlantirishlari bilan ularni qo‘rqitadi.
17
Inson gunohlaridan qaytsin, Odamzod takabbur bo‘lmasin, deb bu so‘zlarni aytadi.
18
O‘sha ogohlantirishlar odamlarni qabrdan saqlaydi, O‘lim daryosidan qutqaradi.
19
Xudo insonlarga dardu og‘riq berib, Odamlarning suyaklarini zirqiratib, tarbiyalaydi.
20
Shunda ular nonga ham qaray olmaydigan bo‘lib qoladi. Hatto eng shirin ovqatlar ham ko‘nglini aynitadi.
21
Ular ozib–to‘zib ketadi, faqat terisi qoladi. Oldin ko‘rinmagan suyaklari endi turtib chiqadi.
22
Ana, ular qabrga yaqinlashib qoldi. O‘lim ularning jonini poylab turibdi.
23
Lekin shu paytda insonning himoyachisi bo‘lsa, Minglarga qarshi chiqib, O‘sha insonni solih, deb tasdiqlaydigan bir himoyachisi
24
O‘sha insonga rahm qilib: “Ey Xudoyim, uni qabrdan qutqargin, Bu insonning joni evaziga to‘lov topdim”, desa,
25
O‘sha insonning tanasi yosh bolaniki kabi yangilanadi, Yoshligidagi kabi yana kuchga to‘ladi.
26
O‘sha inson Xudoga ibodat qiladi, Xudo esa uni qabul qiladi. Xudoning huzuriga u shodlik bilan kiradi, Chunki Xudo uni solihlik yo‘liga qaytaradi.
27
O‘sha inson kelib, boshqalarga shunday deydi: “Mana, men to‘g‘ri yo‘ldan yurmasdan, Gunoh qilgan edim, Lekin men o‘zimga loyiq jazoni olmadim.
28
Xudo jonimni qabrdan qutqarib qoldi. Endi mening hayotim yorug‘ kunlarga to‘la!”
29
Ha, Xudo odamzodga shunday qiladi, Bir emas, ikki emas, ko‘p marta takrorlaydi.
30
Insonlarni qabrdan saqlash uchun, Hayot nuri ularning yo‘llarini yoritsin, deb shunday qiladi.
31
Ey Ayub, diqqat qiling, menga quloq soling, Jim turing, men gapiray.
32
Agar biror gapingiz bo‘lsa, menga javob bering. Gapiravering, chunki oqlanishingizni xohlayman.
33
Lekin gapingiz bo‘lmasa, menga quloq soling, Sukut saqlang, men sizga donolikni o‘rgatay.
← Chapter 32
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 34 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42