bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 8
Job 8
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 7
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 9 →
1
Shuvaxlik Bildad Ayubga shunday dedi:
2
“Qachongacha shunday gaplarni gapirasan? Og‘zingdan chiqqan so‘zlar shamolga o‘xshaydi–ya!
3
Xudo adolatga xiyonat qiladimi? Qodir Xudo haqiqatning yo‘lini to‘sadimi?
4
Farzandlaring Unga qarshi gunoh qilgan bo‘lsa, Xudo ularni gunohlari uchun jazoladi.
5
Xudoga yuz burgin, Qodir Xudoga yolvorgin.
6
Agar pok va solih bo‘lsang, Albatta U senga qo‘lini uzatib, Seni o‘z haqqoniy joyingga qaytaradi.
7
Oxiri shunchalik farovon bo‘lasanki, Avvalgi holating nochorday tuyuladi.
8
Ana, o‘tib ketganlarga qaragin, Ajdodlarimizning qilganlariga e’tibor bergin.
9
Axir, biz kechagina tug‘ilganmiz, hech narsa bilmaymiz, Hayotimiz ham soyadek o‘tib ketadi.
10
Ajdodlarimiz senga muallim bo‘ladi, Ularning aql–zakovatidan saboq ol.
11
To‘qayzor bo‘lmasa qamish o‘sadimi?! Suv bo‘lmagan joyda qamish bo‘y cho‘zadimi?!
12
Qamishlar hali ko‘karib turgan paytdayoq, Kesilishga tayyor bo‘lmay turib, Hamma o‘tlardan oldin so‘lib qoladi.
13
Ha, Xudoni unutganlar ham shu ko‘yga tushadi, Betavfiqlarning umidi puchga chiqadi.
14
Ular umid bog‘lagan narsalar juda mo‘rtdir, Ular ishongan narsalar o‘rgimchakning to‘rlaridaydir.
15
Ular o‘z uyiga suyanadilar, ammo uy buzilib ketadi. Uyini mahkam ushlaydilar, lekin uy bardosh bermaydi.
16
Fosiqlar yaxshi sug‘orilgan, Quyosh nuri ostida o‘sayotgan butaga o‘xshaydilar, Novdalari butun bog‘ bo‘ylab yoyilib ketgan.
17
Ildizlari toshlarga chirmashib, O‘sha yerdan o‘ziga joy qidiradi.
18
Lekin ildiz yulib tashlanganda, O‘sgan joyi ham bilinmaydi.
19
Ha, fosiqlarning shodligi uzoqqa cho‘zilmaydi, Boshqalar chiqib, ularning o‘rnini oladi.
20
Aybsiz kishini Xudo hech rad qilmaydi, Yovuzlarga esa yordam qo‘lini uzatmaydi.
21
U hali og‘zingni kulgi bilan to‘ldiradi, Lablaringdan esa shodlik sadosini yangratadi.
22
Sendan nafratlanganlar uyatga qoladilar, Fosiqlarning chodiri vayron bo‘ladi.
← Chapter 7
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 9 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42