bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 20
Job 20
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 19
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 21 →
1
Namaxlik Zo‘far shunday dedi:
2
“Gaplaring meni bezovta qildi, Endi gapirmasam bo‘lmaydi.
3
Tanbehlaring bilan meni haqoratlading, Lekin endi ongim javob ber, deb undayapti.
4
O‘tmishdan bilmaysanmi?! Axir, insonlar yer yuziga joylashtirilgandan beri,
5
Fosiqlarning shodligi uzoqqa cho‘zilmaydi–ku, Betavfiqlarning quvonchi bir lahzalik–ku!
6
Takabburliklari samoga yetsa ham, Boshlari bulutlarga tegsa ham,
7
O‘zlarining axlatiday butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. Ularni oldin ko‘rganlar: “Qani endi ular?” deb so‘raydilar.
8
Fosiqlar tushday o‘tib ketadilar, ularni topib bo‘lmaydi. Kechasi ko‘ringan sharpaday g‘oyib bo‘ladilar.
9
Ha, fosiqlarni ko‘rganlar ularni boshqa ko‘rmaydilar, Makonlari endi ularni tanimaydi.
10
Fosiqlarning farzandlari kambag‘allardan muruvvat kutadilar, O‘z qo‘llari bilan tortib olgan boyliklarini qaytarib beradilar.
11
Fosiqlar yosh va kuchli edi, Endi suyaklari tuproqda yotadi.
12
Fosiqlik ularning og‘izlarida shirin tuyuldi, Shuning uchun fosiqlikni Tillarining tagiga solib, so‘rib o‘tiribdilar.
13
Fosiqlikni tashlagisi kelmay, Og‘zilarida ushlab tursalar ham,
14
O‘sha yeganlari qornilarida achchiq bo‘ladi, Ilonlarning zahriga aylanadi.
15
Boyliklarni yutib, qaytib qusadilar, Qornilaridan bo‘lsa ham, Xudo qaytarib olib qo‘yadi.
16
Ular kobra ilonlarning zaharini so‘radilar, Zaharli ilon ularni o‘ldiradi.
17
Endi fosiqlar oqar daryolardan — sut va asal oqadigan irmoqlardan zavq olmaydilar.
18
Zahmat bilan topganlaridan bahramand bo‘lmaydilar. Savdo–sotiq qilib topganlarining gashtini surmaydilar.
19
Axir, fosiqlar kambag‘allarga zulm qilib, Bo‘lganicha bo‘lsin, deb tashlab ketgandilar. O‘zlari qurmagan uylarni kambag‘allardan tortib olgandilar.
20
Ular nafs balosiga uchragan, hech qachon qoniqmaydilar. Orzu–havas qilib yiqqan boyliklari ularni qutqarmaydi.
21
Ular hech narsa qoldirmay, yeb bitirgandi. Shuning uchun farovonligi uzoqqa cho‘zilmaydi.
22
Farovonlik davrida ham ular g‘am–tashvishga to‘ladilar. Ularning boshiga ofatu kulfatlar tushadi.
23
Fosiqlar qorinlarini to‘ydirib bo‘lganlarida, Xudo ularga bor g‘azabini sochadi. Ularning ustiga O‘z zarbalarini yog‘diradi.
24
Fosiqlar temir quroldan qochsalar, Bronza nayza ularni teshib o‘tadi.
25
Nayza ularning tanalaridan sug‘urib olinadi, Ha, yaltiroq nayza ularning jigarlaridan tortib chiqariladi, Ularni vahima qamrab oladi.
26
Ularning xazinalari zulmatda yo‘q bo‘lib ketadi. Inson yoqmagan olov ularni yutib yuboradi, Olov fosiqlarning chodiriyu undagi bor narsasini yo‘q qiladi.
27
Samo ularning aybini ko‘rsatadi, Yer ularga qarshi guvohlik beradi.
28
Xudoning g‘azabi kelgan kuni Uyidagilarni sel oqizib ketadi.
29
Xudo fosiqlarga bergan ulush ana shulardir, Xudoning ularga tayinlagan nasibasi mana shudir.”
← Chapter 19
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 21 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42