bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 6
Job 6
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 7 →
1
Shundan keyin Ayub yana gapirdi:
2
“Qani endi, qayg‘ularimni o‘lchashning iloji bo‘lsa edi, Mening kulfatlarim tarozida tortib ko‘rilsa edi.
3
Ular dengiz qumlaridan ham og‘irroq chiqqan bo‘lar edi. Shuning uchun ham o‘poq–so‘poq gaplar aytdim.
4
Qodir Xudo otgan nayzalar tanamdadir, Ruhim ularning zahridan ichmoqda. Xudoning barcha dahshatlari menga qarshi tayyorlangan.
5
Asov eshak o‘t yo‘qligida hangraydi–ku! Ho‘kiz ham ohurida yem bo‘lmasa bo‘kiradi–ku!
6
Tuzsiz ovqatni yeb bo‘lmaydi–ku! Pishirilmagan tuxum oqi axir, naqadar bemaza!
7
Ularni ko‘rib ishtaham yo‘qoladi. Ularni yeyishni o‘ylasam ko‘nglim ayniydi.
8
Qani endi, tilagim bajo bo‘lsa edi, Xudo niyatimni bajo keltirsa edi!
9
Qani endi, Xudo meni ezib tashlashga rozi bo‘lsa edi, Qo‘liga erk berib, jonimni olsa edi.
10
Ana o‘shanda men tasalli topgan bo‘lardim, Hatto og‘riqlarimga qaramay quvongan bo‘lardim, Chunki Muqaddas Xudoning so‘zlarini men rad qilganim yo‘q.
11
Qachongacha kutaman axir, kuchim yetarmikan?! Oxiri nima bo‘ladi o‘zi? Nima uchun sabr–toqat qilishim kerak?!
12
Men toshday qattiq emasman–ku! Mening tanam temirdan emas–ku!
13
Yo‘q, o‘zimga o‘zim yordam berolmayman, Hech bir chora–ilojim yo‘q.
14
Qayg‘u–alam tortayotgan inson Qodir Xudodan qo‘rqishni rad qilgan bo‘lsa ham, O‘sha insonga sodiq do‘stlar kerak.
15
Ammo do‘stlarimga ham ishonib bo‘lmaydi, Ular oqib o‘tib ketadigan irmoqlardaydir.
16
O‘sha irmoqlar muzu qor eriganda toshib oqadi,
17
Issiq havoda esa ular qurib qoladi, Kun qiziganda g‘oyib bo‘ladi.
18
Karvonlar bu irmoqlarni qidirib, Yo‘llaridan adashib ketadilar. Yurib–yurib, cho‘lda halok bo‘ladilar.
19
Temo yurtining karvonlari ham suv qidirib keladilar, Shava yurtidan kelganlar ham suvga umid qiladilar.
20
Ammo o‘sha irmoqlarga ishonganlar tushkunlikka tushadilar, U yerga borib, gangib qoladilar.
21
Sizlar ham men uchun xuddi o‘sha irmoqlardaysizlar. Kulfatimni ko‘rib turib, vahimaga tushyapsizlar.
22
Sizlardan biron narsa so‘radimmi?! Yoki boyligingizdan berib, meni qutqaringlar, deb aytdimmi?!
23
Dushmanlarimning qo‘lidan qutqaringlar, dedimmi?! Yoki zo‘ravonlardan meni xalos qilinglar, deb so‘radimmi?!
24
Menga o‘rgatinglar, mayli jim turaman. Qanday noto‘g‘ri ish qilganimni tushuntirib beringlar.
25
Haqiqat so‘zlari naqadar achchiq! Lekin gaplaringiz nimani isbotlyapti?
26
Meni behuda gaplarni aytyapti, deb o‘ylaysiz. Shunday ekan, nimaga tushkunlikda aytganlarimga javob qaytarasiz?!
27
Sizlar hatto yetimlar uchun qur’a tashlagan bo‘lardingiz. Do‘stingiz ustidan savdolashib, uni sotgan bo‘lardingiz.
28
Endi marhamat qilib menga qaranglar, Men sizlarga yolg‘on gapirmayman.
29
Bas endi, nohaqlik qilmang. Axir, mening aybim yo‘q–ku!
30
Yo gapimda biror nohaqlik bormi? Tilim yovuzlikning ta’mini ajrata bilmaydimi?!
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 7 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42