bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 28
Job 28
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 29 →
1
Mana, kumush qazib olinadigan konlar bor, Tilla tozalanadigan joylar ham bor.
2
Temirni yerdan qazib olishadi, Toshlarni eritib, mis ajratib olishadi.
3
Inson qorong‘i konlarga chiroq bilan kiradi, Hatto yer ostining eng chet joylarini ham qaziydi. Yerning qop–qorong‘u joylarigacha borib, Temir va mis qidiradi.
4
U odamzod yashaydigan joylardan uzoqda, Inson qadam bosmaydigan yerlarda konlar qaziydi. Odamzoddan uzoq joylarda arqonlarga osilib, chuqurlarga tushadi.
5
Mana, donu non yerdan unib chiqadi, Ammo yer osti esa yondirilganday alg‘ov–dalg‘ov bo‘lib yotibdi.
6
Yerdagi toshlardan zangori yoqutlar chiqadi, Tuprog‘ida tilla bor.
7
Hech bir quzg‘un konlarning yashirin so‘qmoqlarini bilmaydi, Hech bir burgutning ko‘zlari u joylarni ko‘rmagan.
8
Yovvoyi hayvonlar u yerlarga oyoq bosmagan, Sherlar ham u yerlardan yurmagan.
9
Inson qoyalarni o‘yadi, Tog‘larni tag–tugi bilan qo‘porib tashlaydi.
10
Qoyalar orasidan yo‘llar ochadi, Inson ko‘zlari hamma bebaho xazinalarni ko‘radi.
11
Inson daryolarning manbaini topadi, Yashirin xazinalarni yorug‘likka olib chiqadi.
12
Ammo donolikni qayerdan topsa bo‘ladi?! Idrokning manbayi qayerda ekan?!
13
Odamzod donolikning qayerda ekanligini bilmaydi, Chunki yorug‘ yer yuzida donolik topilmaydi.
14
Tubsiz suvlar, donolik bizda emas, deydilar, Dengiz ham, mening ichimda u yo‘q, deb aytar.
15
Donolikni tillaga sotib olib bo‘lmaydi, Uning narxini kumush bilan o‘lchab bo‘lmaydi.
16
Donolik Ofir tillasiyu aqiq toshlar, Zangori yoqutlar bilan ham sotib olinmaydi.
17
Tilla ham, billur ham donolikka teng kelmaydi, Donolikni toza tilla taqinchoqlarga almashtirib bo‘lmaydi.
18
Donolikning qadri gavhardan ham balanddir Marjon va javohirlar uning oldida qadrsizdir.
19
Habashistonning javohiri ham unga teng kelolmaydi, Eng sof tilla bilan ham donolikni sotib olib bo‘lmaydi.
20
Shunday ekan, donolik qayerdan kelib chiqadi? Idrokning manbayi qayerda?
21
U barcha jonzotlarning ko‘zlaridan yashirilgan, Hatto osmondagi qushlardan ham berkitilgan.
22
Hatto Halokat va O‘lim ham, Biz donolik haqida faqat eshitganmiz, deb aytadi.
23
Donolikka olib boradigan yo‘lni Xudo biladi, Donolikning maskanini faqatgina U biladi.
24
Zotan Xudo yerning to‘rt tomonini ham ko‘rib turadi, Falak ostidagi hamma narsani kuzatib turadi.
25
Xudo shamolga kuch bergan, Dengizning hajmini belgilagan.
26
Yomg‘irning qayerga yog‘ishini U ko‘rsatib bergan, Chaqmoq uchun yo‘llarni belgilagan.
27
O‘shanda Xudo donolikka qaradi–da, Donolikning qadrini belgiladi. Uni tekshirib ko‘rib, barqaror qildi.
28
Xudo odamzodga shunday dedi: “Men, Rabbingizdan qo‘rqish donolikdir, Fosiqlikdan yuz o‘girish idrokdandir.”
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 29 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42