bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 9
Job 9
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 8
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 10 →
1
Ayub javob berib, shunday dedi:
2
“Ha, bilaman, aytganlaringning hammasi to‘g‘ri, Lekin qanday qilib inson Xudoning nazarida haq bo‘la oladi?
3
Agar biror inson Xudo bilan bahsga kirishsa, U Xudoning mingta savolidan bittasiga ham javob bera olmasdi.
4
Ha, Xudo dono va qudratlidir, Kim Xudoga qarshi chiqib, Undan ustun bo‘lgan?!
5
Xudo ogohlantirmay tog‘larni ag‘daradi, G‘azab alangasida ularni yiqitadi.
6
Yerni joyidan qo‘zg‘atib, silkitadi, Zamin ustunlarini titratadi.
7
Quyoshga amr bersa, u nur sochmaydi, Yulduzlarning nurini o‘chirishga qodir Xudo U.
8
Uning O‘zi samoni yoygan, Dengiz to‘lqinlarini toptab yuradi.
9
Hulkar yulduzini, Katta ayiq burji va Parvin yulduzlarini, Butun janubdagi yulduz turkumlarini yaratgan Xudodir U.
10
Inson aqli bovar qilmaydigan buyuk ishlar qiladi Xudo, U qilgan mo‘jizalarning son–sanog‘i yo‘qdir.
11
U yonginamdan o‘tib ketsa ham, Men Uni ko‘ra olmayman. O‘z yo‘lida davom etib ketaveradi, Uning o‘tganini payqamay qolaman.
12
U olib qo‘yaman, desa, kim to‘xtata oladi?! Kim Undan: “Nima qilyapsan?” deb so‘ray oladi?!
13
Xudo O‘z g‘azabini tutib turmaydi, Hatto maxluq Rahob yordamchilari Uning oyog‘i ostida qaltiraydi.
14
Men kim bo‘libmanki, Unga javob bera olsam, U bilan bahslashish uchun kerakli so‘zlar tilimga kelsa?!
15
Aybsiz bo‘lsam ham, Unga javob bera olmagan bo‘lardim, Hakamdan faqat rahm–shafqat tilagan bo‘lardim.
16
Agar Uni chaqirsam, U menga javob bersa ham, Gaplarimga quloq solishiga ishonmayman.
17
Xudo bo‘ron chaqirib, meni ezmoqda, Hech bir sababsiz yaralarimni ko‘paytirmoqda.
18
Nafasimni rostlab olishga ham imkon bermayapti, Yuragimni qayg‘uga to‘ldiryapti.
19
Agar kuch sinalsa, albatta U eng kuchlisi bo‘lib chiqadi. Odillik masalasida esa kim Uni mahkamaga chaqirib keladi?!
20
Gunohsiz bo‘lsam ham, o‘z og‘zim meni aybdor, deb topadi, Aybsiz bo‘lsam ham, o‘z og‘zim meni egri, deb hukm qiladi.
21
Aybsizman, ammo menga baribir, O‘z hayotimdan nafratlanyapman.
22
Eh, hammasi baribir ekan, shuning uchun ham: “U aybsizni ham, fosiqni ham halok qiladi”, deb aytaman.
23
Kulfat kutilmaganda odamga o‘lim keltirsa, Aybsizning boshiga tushgan ofatdan Xudo kuladi.
24
Butun yer yuzi fosiqlar qo‘lida, Xudo hakamlarning ko‘zlarini bog‘lab qo‘ygan. Agar U bog‘lamagan bo‘lsa, Yana kim bog‘lagan bo‘lishi mumkin?!
25
Hayotim chopog‘on kishidan ham tezroq o‘tib ketadi. Shunchalik tezki, hech farog‘at ko‘rmay o‘tib ketaman.
26
Umrim tez suzadigan qayiqlarday ko‘zga ko‘rinmay ketadi, O‘z o‘ljasiga tashlangan burgutday tezdir.
27
“Endi hech nolimayman, Qayg‘uli chehram yorishsin, Xursand bo‘lay”, degim keladi,
28
Lekin yanada ko‘proq keladigan g‘am–alamdan qo‘rqaman. Axir, Sen meni aybsiz hisoblamaysan.
29
Modomiki, aybdor ekanman, Harakat qilishimdan nima foyda bor?
30
Qor suvida cho‘milib, Qo‘llarimni sovun bilan yuvsam–da,
31
Ey Xudo, Sen meni loy chuqurga tashlaysan, Hatto kiyimlarim ham mendan nafratlanadi.
32
Xudo inson emaski, men U bilan bahslashsam, Men bilan da’volashgin, deb Uni chaqirsam.
33
Ikkimiz oramizda hakam yo‘qki, Bizni ajrim qilsa.
34
Hakam bo‘lganda, Xudoning tayog‘ini ustimdan olib tashlagan bo‘lardi, O‘shanda Xudo meni boshqa dahshatga solmasdi.
35
Qo‘rqmasdan Unga gapira olgan bo‘lardim, Lekin hozirgi ahvolimda unday qilolmayman.
← Chapter 8
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 10 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42