bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 34
Job 34
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 33
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 35 →
1
Elixu gapida davom etib shunday dedi:
2
“Mening so‘zlarimni tinglang, ey donishmandlar. Menga quloq soling, ey bilimdonlar.
3
Til taomning ta’mini tatiganday, Quloq ham so‘zlarni sinab ko‘radi.
4
Kelinglar, nima to‘g‘riligini tanlaylik, Nima yaxshiligini birgalikda o‘rganaylik.
5
Ayub shunday deydi: “Men aybsizman, lekin Xudo menga adolat qilmayapti.
6
To‘g‘ri bo‘lsam ham, meni yolg‘onchiga chiqarishdi. Gunohsiz bo‘lsam ham tuzalmas dardga yo‘liqqanman.”
7
Ayubga o‘xshagan odam bormi? Ayub uchun Xudoga shak keltirish suv ichishday bir gap!
8
Uning o‘rtoqlari badkirdorlardir, U fosiqlar bilan vaqt o‘tkazadi.
9
Ayub hatto shunday degan: “Xudoga yoqadigan ish qilishdan hech bir foyda yo‘q!”
10
Shuning uchun menga quloq soling, zakovatlilar. Xudo aslo fosiqlik qilmas, Qodir Xudo nohaqlik qilmas.
11
Axir, U odamlarning qilganlariga yarasha qaytaradi, Qilmishlarining oqibatini o‘z boshlariga keltiradi.
12
Mana bu haqiqatdir: Xudo fosiqlik qilmaydi, Qodir Xudo adolatga xiyonat etmaydi.
13
Xudoga yer yuzidagi hukmronlikni birov beribdimi?! Biror kimsa Xudoni dunyoga hukmdor qilib qo‘yibdimi?!
14
Agar Xudo O‘z Ruhini — Nafasini qaytarib olishga qaror qilsa,
15
Butun insoniyat birdaniga halok bo‘lgan bo‘lardi, Odamzod yana tuproqqa qaytgan bo‘lardi.
16
Aqlingiz bo‘lsa eshiting, Gaplarimga quloq soling.
17
Adolatdan nafratlangan inson hukmdor bo‘la olarmidi? Qudratli va Odil Xudoni hukm qilmoqchimisiz?
18
Shohlarga: “Sizlar yaramassiz”, — deydigan, Beklarni fosiq, deb ataydigan Xudo–ku!
19
U beklar uchun tarafkashlik qilmaydi, Boyni kambag‘aldan ustun ko‘rmaydi. Axir, ularning hammasini O‘zi yaratgan!
20
Odamlar bir zumda o‘ladi. Yarim kechada qaltiraydi–yu, jon beradi. Qudratlilar osonlikcha yo‘q qilinadi.
21
Odamlar qilgan ishlarni Xudo kuzatib turadi, Ular bosgan har bir qadamni Xudo ko‘rib turadi.
22
Biron zulmat yoki qorong‘i joy yo‘qki, Badkirdorlar o‘sha joyda yashirinib olsa.
23
Insonni hukm qilish uchun Xudo taftish o‘tkazishi shart emas.
24
Xudo tekshirmasdan ham qudratlilarni qulatib, Ularning o‘rniga boshqalarni joylaydi.
25
Xudo qudratlilarning ishlarini kuzatib turadi. Shuning uchun kechasi ularni ag‘darib tashlaydi, Ular halok bo‘ladi.
26
Xudo ularni fosiqligi uchun Hammaning ko‘z oldida jazolaydi.
27
Chunki ular Xudoga ergashishni rad qildilar, Xudoning yo‘llarini anglab yetmadilar.
28
Kambag‘allarni shunday ezdilarki, Ularning nolasi Xudoga yetib bordi.
29
Xudo sukut saqlasa, kim ham uni hukm qilardi? U yuzini yashirsa, kim ko‘ra olardi? Bu biror inson yoki biror xalqning qo‘lidan kelarmikan?!
30
Betavfiqlar boshqa odamlarga tuzoq bo‘lmasin, deb Xudo ularni hukmdor qilib qo‘ymaydi.
31
Birortasi Xudoga: “Men jazoimni oldim, endi gunoh qilmayman.
32
Men ko‘rolmaydigan narsalarni o‘rgat, Ha, noto‘g‘ri ishlar qildim, Endi bunday qilmayman”, — deydimi?
33
Xudo sizning o‘lchovingiz bo‘yicha qaytarishi kerakmi? Axir, siz Undan nafratlandingiz–ku! Ey Ayub, men emas, siz qaror qilishingiz kerak. Qani, bilganingizni ayting–chi.
34
Mana, gaplarimni eshitgan donolar, Aql–idroklilar shunday deyapti:
35
“Ayub bilmasdan gapiryapti, Gaplarining ma’nisi yo‘q.”
36
Qani endi, Ayub yaxshilab hukm qilinsa, Axir, u fosiqlarga o‘xshab gapiryapti–ku.
37
Ayub Xudoga qarshi chiqib, Gunohi ustiga gunoh qo‘shyapti. Oramizda Xudoni mazax qilyapti, Xudoga qarshi ko‘p gap aytyapti.”
← Chapter 33
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 35 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42