bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 36
Job 36
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 35
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 37 →
1
Elixu gapida davom etib shunday dedi:
2
“Yana bir oz sabr qiling, men sizlarga ko‘rsatay, Xudo tomonida turib gapiradigan gaplarim bor hali.
3
Mening bilimim juda ko‘p, Meni Yaratganning odil ekanligini sizlarga ko‘rsataman.
4
Rostini aytaman, so‘zlarim yolg‘on emas. Mana men, bilimi barkamol inson sizning oldingizdaman.
5
Xudo qudratlidir, Ammo U insonlardan nafratlanmaydi, Xudo qudratli va barqarordir.
6
Fosiqlarning yashashiga Xudo yo‘l qo‘ymaydi, Ezilganlarga esa adolat qiladi.
7
Solihlardan yuz o‘girmaydi, Solihlarni shohlar bilan birga taxtga chiqaradi, Ularni to abad yuksaltiradi.
8
Agar insonlar zanjirband bo‘lsa, Azob ularni iskanjaga olgan bo‘lsa,
9
Xudo ularning qilmishlariniyu gunohlarini o‘zlariga ko‘rsatadi, Ular mag‘rurlanib ketganlarini oshkor qiladi.
10
Yo‘l–yo‘riqlarini tinglashga majbur qiladi, Yovuzlikdan qaytishga amr qiladi.
11
Agar ular itoat etib, Xudoga xizmat qilsalar, Qolgan umrlarini farovonlikda o‘tkazadilar, Hayotlari rohatda o‘tadi.
12
Ammo itoat etmasalar, Ular o‘lim daryosiga g‘arq bo‘ladilar, Aql–idrokka erishmay, olamdan o‘tadilar.
13
Xudosizlar alamini ichiga yutib yuraveradilar, Xudo ularni kishanlasa ham yordam so‘ramaydilar.
14
Ular sajdagohlardagi fahshbozlar orasida, Yoshliklaridayoq vafot etadilar.
15
Xudo qiynalganlarni o‘sha azoblari orqali qutqaradi, Zulm va jabr–jafoga mubtalo qilib, ularning ko‘zlarini ochadi.
16
Xudo sizni ham darddan ozod qilib, Cheklanmagan kenglikka olib chiqadi, Dasturxoningiz noz–ne’matlar bilan to‘ladi.
17
Ammo siz hozir fosiqlarni hukm qilish bilan ovorasiz. Xayolingiz adolat va hukm bilan band.
18
Ehtiyot bo‘ling, yana birov sizni boylik bilan vasvasaga solmasin, Katta poralar sizni yo‘ldan urmasin.
19
Boyliklaringiz sizni kulfatdan qutqara olarmidi?! Qudratu–kuchingiz endi sizga yordam bera olarmidi?!
20
Tunni kutavermang, Axir, xalqlar kechasi yo‘q bo‘lib ketadilar–ku!
21
Hushyor bo‘ling! Fosiqlikka yuz burmang, Axir, dard sizni fosiqlikdan saqlash uchun yuborilgan–ku.
22
Xudo O‘z qudrati tufayli yuksakdir! Unga o‘xshash ustoz bormi?
23
Kim Xudoga yo‘l ko‘rsata olardi?! Kim Unga: “Qilganlaring noto‘g‘ri”, deya oladi?!
24
Xudo qilgan ishlari uchun Insonlar Uni madh qiladilar, Siz ham doimo ularga jo‘r bo‘ling.
25
Butun inson zoti Uning ishlarini ko‘rgan, Hamma uzoqdan turib kuzatadi.
26
Xudo qanchalar buyuk! Uning buyukligiga aqlimiz yetmaydi, Xudoning umrini hisoblaydigan sonning o‘zi yo‘q.
27
U suv tomchilarini yig‘ib, Ularni yomg‘irga aylantiradi.
28
Bulutlardan yomg‘ir yog‘diradi, Odamzod bundan bahramand bo‘ladi.
29
Xudo qanday qilib bulutlarni yurg‘izishini Yoki O‘z maskanidan turib, momaqaldiroqni qanday gumburlatishini Kim ham tushuna oladi?
30
Mana, qaranglar, Xudo shunday chaqmoq chaqtiradiki, Hatto dengiz tubi ham yorishib ketadi.
31
Xudo O‘z qudratli ishlari bilan xalqlarni boshqaradi, Ularga farovonlik ato qiladi.
32
Chaqmoqni qo‘liga olib, Belgilagan joyiga borib urishni amr qiladi.
33
Bo‘ron kelayotganini momaqaldiroq bildirib turadi, Hatto chorva ham oldindan sezadi.
← Chapter 35
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 37 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42