bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 37
Job 37
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 36
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 38 →
1
Mana shular haqida o‘ylasam, Yuragim o‘ynab, joyida sakraganday bo‘ladi.
2
Xudo ovozining gumburlashiga yaxshilab quloq soling. Uning og‘zidan chiqayotgan guldirosni eshiting.
3
Chaqmog‘i butun falak ostida chaqnab, Yerning to‘rt burchiga yetib boradi.
4
Undan keyin gulduros eshitiladi, Xudo O‘zining ulug‘vor ovozi bilan gumburlagan sado chiqaradi, Uning ovozi eshitilganda chaqmoq chaqnayveradi.
5
O‘z ovozi bilan Xudo ajoyib gulduros hosil qiladi, Uning qilgan ishlariga aqlimiz yetmaydi.
6
U buyursa yerga qor yog‘adi, Xudo aytgani uchun sel yog‘adi.
7
U hamma odamlarning ishlarini to‘xtatib qo‘yadi, Shunda insonlar Xudoning qudratini bilib oladi.
8
Jonivorlar o‘z inlariga kiradi, O‘z uyalarida yashirinadi.
9
Bo‘ron o‘z makonidan chiqadi, Sovuq shamol esadi.
10
Xudo nafasi bilan muz hosil qiladi, Bepoyon suvlar muzlab qoladi.
11
Bulutlarni suv bilan to‘ldiradi–da, Ularning orasidan chaqmoq chaqtiradi.
12
Xudo bulutlarga yo‘l ko‘rsatadi, Xudoning amrlari bajo bo‘lishi uchun Shamolu suv yer yuzi bo‘ylab aylanadi.
13
U ba’zan, odamzodni jazolay, deb yomg‘ir yog‘diradi. Ba’zan esa yerni sug‘oray, Odamzodga O‘z sevgimni ko‘rsatay, deb bulutlarni yuboradi.
14
Bir daqiqa jim turing, Ayub, quloq soling, Xudoning ajoyib ishlari haqida o‘ylab ko‘ring.
15
Xudo qanday qilib bulutlarni boshqarishini Yoki chaqmoq chaqtirishini bilasizmi?
16
Qanday qilib bulutlar osmonda osilib turishini, Bilimi barkamol Xudoning ajoyibotlarini bilasizmi?
17
Axir, yer yuzida esgan garmsel tufayli Kiyimlaringiz ham isib ketadi–ku!
18
Osmon sayqallangan bronzaday qattiq, Xudo uni yoyib qo‘ygan! Shunday qilish sizning ham qo‘lingizdan keladimi?
19
Xudoga qanday gapirishni bizga o‘rgating. Biz notavonlar da’voimizni tushuntira olmaymiz.
20
Gapirmoqchi bo‘lganimni birortasi Xudoga aytishi kerakmi? Axir, inson gapirsa, albatta halok bo‘ladi–ku!
21
Shamol bulutlarni haydagandan so‘ng Tiniq osmonda charaqlab turgan quyoshga Hech kim qaray olmaydi.
22
Shimoldan yorqin nurlar taralmoqda, Xudo ajoyib ulug‘vorlikka burkangan.
23
Biz Qodir Xudoga yetolmaymiz, Uning qudrati yuksakdir. U to‘g‘ri hukm chiqaradi, adolatiga xiyonat qilmaydi.
24
Shuning uchun insonlar Undan qo‘rqadi. Ha, qalbi donolar Xudoni ko‘radi.
← Chapter 36
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 38 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42