bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 21
Job 21
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 22 →
1
Ayub shunday deb javob berdi:
2
“So‘zlarimga yaxshilab quloq soling, Mana shu sizlarning menga bergan tasallingiz bo‘ladi.
3
Sabr qiling, men ham gapiray, Gapirib bo‘lganimdan keyin, mazax qilavering.
4
Men insonlarga emas, Xudoga arz qilyapman–ku. Shuning uchun sabrim chidamayapti–da.
5
Mana, menga qarang–da, hayratlanib qoling, Og‘izlaringizni qo‘llaringiz bilan yoping.
6
Boshimga tushgan kulfatlar haqida o‘ylasam, vahimaga tushaman, Tanamni qaltiroq bosadi.
7
Nima uchun fosiqlarning umrlari uzilmay, davom etaveradi? Ular keksa yoshga yetadilar, kuchlari oshib ketaveradi?
8
Farzandlari o‘sib, o‘z joyini topganini ko‘radi, Nevaralarini ham ko‘rishga muyassar bo‘ladi.
9
Uylari xavf–xatarsiz bo‘ladi, Xudoning tayog‘i ularning boshiga tushmaydi.
10
Buqalari hech bir qiyinchiliksiz ko‘payaveradi, Sigirlari bolalaydi, hech qachon bolasi tushib qolmaydi.
11
Fosiqlarning bolalari qo‘zilarga o‘xshab sakraydilar, Farzandlari o‘ynab–kulib yuraveradilar.
12
Childirma va lira sadosiga qo‘shiq kuylaydilar, Nay sadosiga o‘yin–kulgi qiladilar.
13
Umrlari farovonlikda o‘tadi, O‘liklar diyoriga tinchgina ketadilar.
14
Xudoga shunday deydilar: “Bizni tinch qo‘y! Sening yo‘llaringni bilishni xohlamaymiz.
15
Qodir Xudo kim bo‘libdiki, Unga xizmat qilsak, Unga iltijo qilsak, bizga nima foyda tegardi?!”
16
Ammo fosiqlarning farovonligi o‘z qo‘lining ishi emas–ku! Fosiqlarning o‘y–xayollaridan men jirkanaman.
17
Fosiqlarning chirog‘i biron marta bo‘lsa ham o‘chdimi? Boshiga tez–tez kulfat tushib turibdimi? Xudo O‘z g‘azabida ularga qiynoq beryaptimi?
18
Qachon ular shamolda to‘zigan xashakday, Bo‘ron uchirib ketgan somonday bo‘ladilar?
19
Sen: “Xudo insonlarning gunohlari uchun ularning farzandlarini jazolaydi”, — deysan. Men esa gunohkorlarning o‘zi jazolansin, deyman. Mana shu ularga saboq bo‘ladi.
20
Gunohkorlar o‘z ko‘zlari bilan halokatlarini ko‘rsinlar. O‘zlari Qodir Xudoning g‘azabi sharobini ichsinlar.
21
Zotan, ular o‘lganidan keyin oilasiga nima bo‘lishini o‘ylamaydilar ham!
22
Kim Xudoga saboq bera oladi, Axir, U hatto samoviy zotlarni hukm qiladi–ku!
23
Mana, bir odam to‘liq farovonlikda, Tinch va xotirjam olamdan ko‘z yumadi.
24
Uning beli baquvvat, Suyaklari ilikka to‘la.
25
Ikkinchi bir odam esa ruhi tushkun holda, Hech qachon yaxshilik ko‘rmay o‘lib ketadi.
26
Ikkovi ham tuproqda birday yotadi, Ularni qurtlar qoplaydi.
27
Eh, do‘stlarim, niyatlaringizni bilaman, Maqsadlaringiz ham menga ayon.
28
Sizlar: “Qani zolim amaldorning uyi? Fosiqlarning chodiri qayerda?” deb so‘raysizlar.
29
Ko‘p joylarga borib kelganlardan so‘ranglar. Ular aytganlarini inkor qila olmaysiz!
30
Kulfat kunida fosiqlar najot topishlarini, Xudoning g‘azabi kunida qutqarilishlarini ular aytadilar–ku!
31
Fosiqlarning qilmishlarini kim ularning yuziga soladi? Qilmishlari uchun kim ularni jazolaydi?
32
Jasadlari qabrga olib borilganda, Qabr boshiga soqchi qo‘yiladi.
33
Son–sanoqsiz odamlar ketlaridan borib, Ularga aza tutadi. Hatto tuproq ham ularning ustiga sekin tushadi.
34
Qanday qilib meni puch so‘zlaringiz bilan yupata olasiz? Barcha bergan javoblaringiz yolg‘ondir!
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 22 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42