bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 7
Job 7
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 6
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 8 →
1
“Insonning yerdagi mehnati mashaqqatli–ku! Uning kunlari mardikorning kuniga o‘xshaydi–ku!
2
Ha, inson soyani qo‘msagan qulga o‘xshaydi! O‘z haqini kutgan mardikordaydir u!
3
Menga ham maqsadsizlikka to‘la oylar, Qayg‘uga to‘la tunlar berilgan.
4
Yotganimda: “Qachon tong otarkan?” — deyman, Lekin tun juda cho‘zilib ketadi, Tong otguncha ag‘nab chiqaman.
5
Tanamni qurt va yara bosib ketgan, Terim yorilib, yiringlab ketgan.
6
Kunlarim bo‘zchining mokisidan ham tezroq o‘tadi, Aslo umid bag‘ishlamay o‘tib ketaveradi.
7
Ey, Xudoyim, hayotim bir nafasday ekanligini yodingda tut, Ko‘zlarim endi hech qachon yaxshilikni ko‘rmaydi.
8
Hozir meni ko‘rib turibsan, lekin bu uzoqqa cho‘zilmas, Meni qidirasan, lekin men o‘shanda bo‘lmayman.
9
Bulut tarqalib, yo‘q bo‘lib ketadi. Xuddi shunga o‘xshab, o‘liklar diyoriga ketganlar qaytib kelmaydi.
10
Ular uylariga qaytib kelmaydilar, O‘z yashagan joylarida ularni bilmaydilar.
11
Shuning uchun jim bo‘lmay, O‘z dardimni bayon qilaman, Alam–hasratda shikoyat qilaman.
12
Ey Xudoyim! Nima uchun ustimdan qo‘riqchi qo‘yding? Men dengizmanmi yoki dengiz maxluqimanmi?
13
“To‘shagim menga tasalli berar, Uyqu dardimni yengillashtirar”, — desam,
14
Tushlar orqali meni qo‘rqitasan, Vahiylar orqali dahshatga solasan.
15
Shunda men, qani endi bo‘g‘ilib qo‘ya qolsam, deyman, Axir, shu jismimda yashashdan ko‘ra, o‘lim afzalroq.
16
Hayotimdan nafratlanyapman, abadiy yashamayman. Hayotim bir nafasday bo‘lsa o‘zi, meni tinch qo‘ygin, axir!
17
Inson kim bo‘libdiki, Unga shunchalik e’tibor bersang?! Odam kim bo‘libdiki, U haqda o‘ylasang?!
18
Har tong uni tekshirib, Har lahzada sinasang?!
19
Bir lahzaga mendan yuz o‘girgin, Tinch qo‘ygin, hech bo‘lmasa bir yutinay.
20
Gunoh qilgan bo‘lsam, Senga nima, ey, odamzod qo‘riqchisi?! Nima uchun meni O‘zingga nishon qilib olding?! Sening mendan qasding bormi?!
21
Nima uchun gunohimni kechirib, Aybimdan forig‘ qilmaysan? Axir, yaqinda tuproqqa qaytaman–ku! Meni qidirganingda esa yo‘q bo‘lib ketgan bo‘laman.
← Chapter 6
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 8 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42