bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 22
Job 22
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 21
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 23 →
1
Temonlik Elifaz shunday dedi:
2
“Inson Xudoga qanday foyda keltiradi?! Dono inson Uning uchun birorta foydali ish qila oladimi?!
3
Solih bo‘lsang bu Qodir Xudoga qanday zavq keltiradi?! Yurgan yo‘llaring pok bo‘lsa, Unga qanday foyda?!
4
U senga xudojo‘yliging uchun tanbeh beradimi?! Buning uchun seni hukm qiladimi?!
5
Axir, fosiqliging qanchalar og‘ir?! Gunohingning cheki yo‘q–ku!
6
Yaqinlaringdan hech bir sababsiz garov olding, Kambag‘allardan kiyimini yechib olib, yalang‘och qoldirding.
7
Chanqaganlarga suv bermading. Qorni ochlardan noningni qizg‘anding.
8
Ha, qudratlilar yurtga egalik qiladilar, Obro‘lilar u yerda yashaydilar.
9
Bevalarni quruq qo‘l bilan orqaga qaytarding, Yetimlarga yordam qo‘lini cho‘zmading.
10
Shuning uchun atrofing tuzoqlar bilan o‘ralgan. To‘satdan seni vahima bosgan.
11
Atrofingni zulmat qamrab olgan, Ko‘zlaring hech narsani ko‘rmayapti, Suv toshqinlari seni ko‘mib ketgan.
12
Yuksakdagi baland yulduzlarga qara. Ammo Xudo samo cho‘qqisida–ku!
13
Shunda ham sen: “Xudo nimani bilardi, Zulmat orasidan U qanday hukm qila olardi”, deysan.
14
“Quyuq bulutlar Uni yashirgan, U bizni ko‘rmaydi, Xudo samo gumbazi uzra aylanib yuribdi–ku”, deb aytasan.
15
Sen fosiqlar yurgan Azaliy yo‘ldan yuraverasanmi?
16
Ular hayotdan bevaqt mahrum bo‘ldilar, Umr poydevorlarini sel yuvib ketdi.
17
Fosiqlar Xudoga shunday dedilar: “Bizni tinch qo‘ygin. Ey Qodir Xudo, bizga nima qila olarding?”
18
Ammo ularga baraka berib, uylarini to‘ldirgan Xudo–ku! Fosiqlarning o‘y–xayollaridan men jirkanaman.
19
Solihlar fosiqlarning ahvolini ko‘rib, xursand bo‘ladilar, Aybsizlar fosiqlarni mazax qilib kuladilar.
20
Ular: “Dushmanlarimiz yo‘q qilindi, Bitta qolmay olovda yonib ketdilar”, deb aytadilar.
21
Xudo bilan tortishaverma! U bilan yarashgin, Shunda farog‘atda yashaysan.
22
Xudoning og‘zidan chiqqan o‘gitlariga quloq tut, So‘zlarini yuragingda saqla.
23
Qodir Xudoga yuz bursang, sog‘ligu boyliging qayta tiklanadi. Chodiringni fosiqlikdan tozalasang,
24
Oltinni chang deb bilib, Ofir tillasini daryoga otsang,
25
Qodir Xudoning O‘zi sening xazinang bo‘ladi. U sening qimmatbaho kumushing bo‘ladi.
26
Shunda Qodir Xudodan zavq topasan, Xudoga yuz burasan.
27
Sen Unga iltijo qilasan, U esa senga quloq tutadi. Unga bergan va’dalaringni bajarasan.
28
Nima niyat qilsang, hammasi amalga oshadi, Hayot so‘qmoqlaring nurga to‘ladi.
29
Agar sharmanda bo‘lgan odam uchun Xudoga iltijo qilsang, Xudo o‘sha odamni sharmandalikdan qutqaradi.
30
Sening pok qo‘llaring tufayli Hatto aybdorlar ham najot topadi.”
← Chapter 21
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 23 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42