bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Job 15
Job 15
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 14
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 16 →
1
Keyin temonlik Elifaz shunday dedi:
2
“Dono kishi shunday behuda so‘zlar bilan javob bermagan bo‘lardi! Og‘zini quruq gaplar bilan to‘ldirmas edi!
3
Befoyda so‘zlar aytib bahslashmagan bo‘lardi! Quruq gaplar aytmas edi!
4
Sen Xudodan qo‘rqmay qo‘yding! Toat–ibodatga to‘sqinlik qilyapsan.
5
Gunohlaring senga gap o‘rgatyapti, Xuddi ayyorlarday gapiryapsan.
6
Men emas, o‘z og‘zing seni hukm qilyapti, O‘z lablaring senga qarshi guvohlik beryapti.
7
Nima, sen odamzodning to‘ng‘ichimisan?! Qirlar yaratilmasdan oldin tug‘ilganmisan?!
8
Xudoning kengashida qatnashganmisan?! Nima, faqatgina o‘zingni dono, deb bilasanmi?!
9
Xo‘sh, biz bilmagan nimani bilasan? Biz tushunmaganlarni sen tushunasanmi?
10
Ha, oqsoqollar, keksalar, Otangdan ham yoshi ulug‘roq bo‘lganlar biz tomonda.
11
Xudoning tasallisi senga kamlik qilyaptimi?! Muloyimlik bilan aytgan so‘zi senga yetmayaptimi?!
12
Nima uchun yuragingning amriga qarab ish tutasan? Nima uchun ko‘zlaringni chaqchaytirasan?
13
Nima uchun sen Xudo bilan teskarisan? Nimaga og‘zingdan shunday so‘zlar chiqyapti?
14
Inson o‘zi nimaki, pok bo‘la olsa?! Ayol zotidan tug‘ilgan inson qanday qilib solih bo‘la oladi?!
15
Xudo hatto O‘z farishtalariga ham ishonmaydi, Hatto samo ham Uning nazarida pok emas.
16
Shunday ekan, qabih va buzuq inson qanchalik tuban, Axir, inson yovuzlikni suvday ichib yuboradi–ku!
17
Quloq sol, men senga tushuntiraman, Ko‘rganimni aytib beraman.
18
Senga donishmandlarning gaplarini aytaman. Ular ajdodlaridan o‘rganib, yashirmasdan aytganlarini so‘zlab beraman.
19
Faqat o‘sha dono insonlarga yurt berilgan edi, Ularning orasida begonalar yo‘q edi.
20
Fosiqlarning butun umri og‘riq bilan o‘tadi, Zo‘ravonlarga berilgan barcha yillar sanoqlidir.
21
Dahshatli tovushlar quloqlariga tinchlik bermaydi. Farovonlik chog‘ida ham ularning ustiga bosqinchi bostirib keladi.
22
Fosiqlar zulmatdan qochib qutulishga umid qilmaydilar, Ularning peshanasiga qilichdan o‘lish yozilgan.
23
Ular non izlab daydib yuradilar, Zulmat kuni yaqinligini biladilar.
24
Qo‘rquv va qayg‘u ularni dahshatga soladi, Urushga tayyorlanayotgan shohday, vahimada yashaydilar.
25
Ular qo‘llarini Xudoga qarshi ko‘targani, Qodir Xudoga bo‘ysunmaganlari uchun shunday bo‘ladi.
26
Mustahkam qalqonlarini ko‘tarib, O‘jarlik bilan Unga qarshi chiqadilar.
27
Chunki ular semirib, yuzlari yiltirab ketgan, Qorniyu bellarini yog‘ bog‘lab ketgan.
28
Ular vayrona shaharlarda yashaydilar. Qulab tushay deb turgan, Hech kim yashamaydigan uylarda turadilar.
29
Ular boyligicha qolavermaydilar, boyliklari abadiy emas. Mol–dunyosi yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketadi.
30
Ular zulmatdan qochib qutula olmaydilar. Ha, ular shoxlari yongan daraxtga o‘xshaydilar. Xudoning nafasi ularni uchirib yuboradi.
31
Behuda narsalarga umid bog‘lab, o‘zlarini aldamasinlar, Ularning mukofoti o‘sha behuda narsalar bo‘ladi.
32
Vaqti–soati yetmay turib, ular to‘liq jazo oladilar, Novdalari gullab–yashnamaydi.
33
Uzumlari pishmay turib uzib olingan tokday, Gullari to‘kilib, meva tugmagan zaytun daraxtiday bo‘lib qoladilar.
34
Betavfiqlar to‘dasi biror avlod qoldirmay o‘tib ketadi, Poraxo‘rlarning chodirlarini olov yondirib yuboradi.
35
Fosiqlar buzuqlikka homilador bo‘lib, yovuzlik tug‘adilar, Yuraklarida faqat yolg‘on tug‘iladi.
← Chapter 14
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 16 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42