bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 1
Jeremiah 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 2 →
1
Ushbu kitobda Xilqiyo o‘g‘li Yeremiyoning so‘zlari bayon etilgan. Yeremiyo Benyamin hududidagi Onoto‘t shahrida yashagan ruhoniylardan biri edi.
2
Omon o‘g‘li Yo‘shiyo Yahudoda hukmronlik qilgan davrning o‘n uchinchi yilida, Egamizning so‘zi ilk bor Yeremiyoga ayon bo‘lgan edi.
3
Shundan so‘ng, Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim davridan tortib, to Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yiligacha, Egamiz Yeremiyoga O‘z so‘zini bir necha marta ayon qilgan edi. Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yili, beshinchi oyida Quddus aholisi Bobilga surgun qilindi.
4
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi:
5
“Onang qornida senga shakl bermasimdan oldin seni bilgan edim, Tug‘ilmasingdan oldin seni O‘zim uchun ajratib olgan edim. Xalqlarga seni payg‘ambar etib tayinlagan edim.”
6
Men Unga shunday javob qaytardim: — Yo, Egam Rabbiy! Men tuzuk gapira olmayman. Hali juda yoshman.
7
Egamiz esa menga shunday dedi: — O‘zingni, yoshman, deb aytma! Men seni kimning oldiga yuborsam, o‘shalarning oldiga borasan. Senga amr qilgan hamma gaplarimni ularga aytasan.
8
Sen ulardan qo‘rqma. Men sen bilan birga bo‘laman, seni xalos qilaman. Egangning kalomi shudir.
9
So‘ng Egamiz qo‘lini uzatib, labimga tekkizdi–yu dedi: — Mana, so‘zlarimni og‘zingga solib qo‘ydim.
10
Xalqlar va shohliklarni qo‘porib, yo‘q qilishing uchun, vayron qilib, ag‘darishing uchun, bunyod etib, mustahkamlashing uchun bugun senga izn berdim.
11
Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qilib, shunday dedi: — Ey Yeremiyo, nimani ko‘ryapsan? — Bodom shoxini, — deb javob berdim men.
12
— To‘g‘ri ko‘rding, — dedi Egamiz. — Bodom shoxi Mening hushyor turishimni bildiradi. Aytgan so‘zlarimni Men tez orada bajo keltiraman.
13
Egamiz menga O‘z so‘zini yana ayon qilib, dedi: — Nimani ko‘ryapsan? — Shimolda qaynab turgan bir qozonni. Qozon biz tomonga ag‘darilay–ag‘darilay deb turibdi, — dedim.
14
Egamiz menga shunday dedi: — Bu yurtning butun aholisi ustiga shimoldan falokat yog‘iladi.
15
Egamiz shunday demoqda: “Men shimoldagi shohliklarining barcha xalqlarini chaqirib olyapman. Ularning shohlari kelib, o‘z taxtlarini Quddus darvozalarining yoniga o‘rnatadilar. Quddus devorlarini qurshab oladilar, Yahudo shaharlarining hammasiga hujum qiladilar.
16
Shu yo‘sin Men xalqimga qarshi hukmimni e’lon qilaman, chunki O‘z xalqim Meni tark etib, qabihlik qildi. Ular begona xudolarga qurbonliklar keltirib, o‘z qo‘llarining ijodiga sajda qildilar.
17
Sen esa bo‘laqol, belingni bog‘la. Buyurganlarimning hammasini ularga borib ayt. Ulardan qo‘rqma. Aks holda ularning oldida seni dahshatga solaman.
18
Bugun Men seni bir qal’aday, temir ustunday va bronza devorday mustahkam qildim. Sen butun yurtga — Yahudo shohlariga, shahzodalariga, ruhoniylariga, yurt aholisiga qarshi chiqasan.
19
Ular senga hujum qilishadi, lekin seni yenga olishmaydi. Men sen bilan birga bo‘laman, seni xalos qilaman.” Egamizning kalomi shudir.
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52