bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 52
Jeremiah 52
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 51
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
1
Zidqiyo yigirma bir yoshida shoh bo‘ldi va Quddusda o‘n bir yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Xamutal bo‘lib, Libnalik Yeremiyoning qizi edi.
2
Zidqiyo ham, Yohayiqim kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qilgani uchun
3
Egamiz Quddus va Yahudo xalqidan g‘oyat g‘azablangan, oqibatda ularni O‘z huzuridan quvib yuborgan edi. Zidqiyo Bobil shohiga qarshi isyon ko‘tardi.
4
Zidqiyo hukmronligining to‘qqizinchi yili, o‘ninchi oyning o‘ninchi kunida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qarshi bor lashkarini tortib kelib, shaharni qamal qildi. Shahar devori atrofida baland qurilmalar yasatdi.
5
Shoh Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yiligacha shahar qamalda qoldi.
6
To‘rtinchi oyning to‘qqizinchi kuni shaharda ocharchilik shu qadar kuchaydiki, xalq bir luqma non topolmay qoldi.
7
Bobilliklar Quddus devorini yorib kirdilar. Ular Quddusni har tomondan qurshab olishgan bo‘lsalar–da, Yahudo sipohlari shoh bilan birga qochib ketdilar. Ular tunda saroyning bog‘i yaqinidagi ikki devor orasidagi darvozadan chiqib, Iordan vodiysi tomonga qochdilar.
8
Ammo Bobil sipohlari shohning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida Zidqiyoga yetib oldilar. Zidqiyoning hamma lashkarlari shohni tashlab qochib ketdilar.
9
Bobil sipohlari shoh Zidqiyoni ushlab, Xomat yurtidagi Rivlo shahriga, Bobil shohi huzuriga olib keldilar. Bobil shohi Zidqiyoni o‘sha yerda hukm qildi.
10
Rivloda Zidqiyoning ko‘zi oldida hamma o‘g‘illarini, so‘ng Yahudo a’yonlarini qatl qildi.
11
Zidqiyoning esa ko‘zlarini o‘yib, uni kishanlab qo‘ydi. Bobil shohi uni o‘zi bilan Bobilga olib ketdi. Zidqiyo umrining oxirigacha zindonda yotdi.
12
Bobil shohi Navuxadnazar hukmronligining o‘n to‘qqizinchi yili, beshinchi oyining o‘ninchi kunida Bobil shohi xizmatidagi qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Quddusga kirdi.
13
U Egamizning uyiga, shoh saroyiga, Quddusdagi hamma uylarga, har bir hashamatli imoratga o‘t qo‘ydi.
14
Qo‘riqchilar sardori boshchiligida hamma Bobil lashkarlari Quddus devorlarini yiqitdilar.
15
Nabizaradon ba’zi qashshoqlarni, shaharda tirik qolganlarni, Bobil shohi tomonga o‘tgan qochoqlaru qolgan–qutgan hunarmandlarni asir qilib olib ketdi.
16
Uzumchilik va dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lsinlar, deya hech vaqosi yo‘q, qashshoq odamlardan ba’zilarinigina qoldirdi, xolos.
17
Bobilliklar Egamizning uyidagi bronza ustunlarni, aravalarni, bronza hovuzni parchaladilar, hamma bronzani Bobilga olib ketdilar.
18
Egamizning uyida xizmat paytida ishlatiladigan buyumlarni — qozonlarni, kuraklarni, qaychilarni, tog‘orachalar va kurakchalarni, barcha bronza ashyolarni ham olib ketdilar.
19
Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon oltin va kumushdan yasalgan tog‘oralarni, olovkuraklarni, tog‘orachalarni, tovoqlarni, chiroqpoyalarni, kurakchalarni va sharob nazri uchun ishlatiladigan idishlarni ham olib ketdi.
20
Egamizning uyi uchun shoh Sulaymon yasattirgan ikkita ustunga, hovuzga, hovuz ostidagi o‘n ikkita buqaga va aravalarga behisob bronza sarf qilingan edi.
21
Har bir ustunning balandligi 18 tirsak, tevaragi 12 tirsak edi. Ustunlarning ichi kavak bo‘lib, devorlarining qalinligi to‘rt enli edi.
22
Ikkala ustunning tepasida bittadan ustunqosh bor edi. Ustunqoshlarning balandligi 5 tirsakdan, atroflari bronzadan yasalgan to‘rsimon bezak va anor tasviri bilan bezatilgan edi.
23
Ustunqoshning har bir tomoniga to‘qson oltita anor tasviri tushirilgan edi. Hammasi bo‘lib to‘rsimon bezakdagi anorlar soni yuzta edi.
24
Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon oliy ruhoniy Sarayoni, undan keyingi ruhoniy Zafaniyoni va uchta darvozabonni ham asirga oldi.
25
Quddusda qolgan sipohlarning lashkarboshisini, shohning yettita shaxsiy maslahatchisini, xalqni lashkar safiga yozgan lashkarboshining kotibini va xalqdan shaharda qolgan oltmish kishini ham bandi qildi.
26
Ularning hammasini Rivloga, Bobil shohi huzuriga olib keldi.
27
Bobil shohi ularni Xomat yurtida, Rivloda qatl qildi. Shunday qilib, Yahudo xalqi o‘zlarining yurtidan surgun qilindilar.
28
Navuxadnazar surgun qilgan xalqning miqdori quyidagichadir: Hukmronligining yettinchi yili 3.023 nafar yahudiyni,
29
o‘n sakkizinchi yili Quddus aholisidan 832 nafar kishini,
30
yigirma uchinchi yili qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Yahudodan 745 nafar kishini surgun qildi. Hammasi bo‘lib surgun qilingan xalqning miqdori 4.600 kishi edi.
31
Yahudo shohi Yohayixin surgunda yurganiga o‘ttiz yetti yil bo‘lganda, Evilmardux Bobil shohi bo‘ldi. Evilmardux o‘sha yilning o‘n ikkinchi oyi yigirma beshinchi kuni Yahudo shohi Yohayixinga iltifot ko‘rsatib, uni zindondan olib chiqdi.
32
Unga yaxshi munosabatda bo‘ldi, Bobilga surgun qilingan boshqa shohlardan ko‘ra balandroq martaba berdi.
33
Shunday qilib, Yohayixin zindon kiyimlarini yechdi. Umr bo‘yi doimo Bobil shohining dasturxonidan taom yedi.
34
Umrining oxirigacha Bobil shohi tarafidan kundalik ehtiyoji har doim qondirildi.
← Chapter 51
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52