bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 12
Jeremiah 12
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 13 →
1
Sen bilan da’volashganimda, ey Egam, Sen har doim haq bo‘lib chiqasan. Shunday bo‘lsa–da, Sen bilan yana gaplashmoqchiman, Adolat xususida savol bermoqchiman. Nechun fosiqlarning ishi yurishadi? Nechun munofiqlar rohatda yashaydi?
2
Ularni Sen ekib undirding, Ular o‘sib hosilga kirdilar. Noming ularning og‘zidan tushmaydi, Ammo dillari Sendan uzoqdir.
3
Lekin Sen, ey Egam, meni bilasan. Sen meni sinagansan, Dilim Senga moyil ekanini O‘zing ko‘rding. Endi yovlarimni bo‘g‘izlanadigan qo‘ylarday sudragin! Bo‘g‘izlashga tayyorlab, ajratib qo‘ygin!
4
Oh, qachongacha yer qaqrab yotadi? Qachongacha hamma daladagi o‘tlar quriydi? Bu yerda yashaydigan fosiqlarning dastidan, Qushlaru hayvonlar nobud bo‘ldi. Bu odamlar: “Bizga nima bo‘lishini Yeremiyo qayerdan ham bilardi?!” deb aytishadi.
5
Egamiz menga dedi: “Ey Yeremiyo, Sen odamlar bilan poyga qilib holdan toygan bo‘lsang, Qanday qilib otlar bilan poyga qilasan?! Faqat osoyishta yurtda o‘zingni bexatar sezsang, Iordan bo‘yidagi chakalakzorda nima qilasan?!
6
Hatto qarindoshlaring ham sendan yuz o‘girdi, O‘z oilang senga xiyonat qildi. Ovozi boricha senga do‘q urdi. Ular senga shirin gapirishsa ham, Ularning so‘zlariga ishonma.”
7
Egamiz shunday deb aytdi: “Men xonadonimni tark etdim, Mulk qilib olgan xalqimni rad etdim. Sevgan xalqimni dushmanlarining qo‘liga berdim.
8
O‘z xalqim Menga O‘rmondagi sherday bo‘lib qoldi. U Menga qarab bo‘kirdi, Shuning uchun undan nafratlandim.
9
O‘z xalqim Menga Olachipor kalxatday bo‘lib qoldi. Boshqa kalxatlar xalqimni o‘rab oldi! Boring, barcha yovvoyi hayvonlarni yig‘ing, Xalqimni g‘ajib tashlashsin.
10
To‘da–to‘da cho‘ponlar uzumzorimni xarob qildilar, Dalamni ular payhon qildilar. Ha, go‘zal dalamni tashlandiq cho‘lga aylantirdilar.
11
Ular yerimni xarob qildilar, Tashlandiq yerim ko‘z oldimda qaqrab yotibdi. Butun yurtim vayron bo‘ldi, Ammo bu bilan hech kimning ishi yo‘q.
12
Bosqinchilar sahrodagi Hamma yalang qirlarni egallab oldilar. Endi Mening qilichim butun yurtni vayron qiladi, U boshidan bu boshigacha hammani qirib tashlaydi. Bexatar yashayotgan bironta odam qolmaydi.
13
Mening xalqim bug‘doy ekdi, Ammo tikan o‘rib oldi, Zo‘r berib ishladi, Ammo hech narsaga erishmadi. Qattiq qahrim hosilini nobud qildi. Ular hosilsiz qolib, sharmanda bo‘lishdi.”
14
Egamiz shunday demoqda: “Men xalqimga Isroil yurtini mulk qilib bergan edim, ammo uning yovuz qo‘shnilari xalqimga hujum qilib, yurtimni talon–taroj qildilar. Men bu yovuz xalqlarni o‘z yurtlaridan sug‘urib tashlayman. Yahudo xalqini ularning iskanjasidan sug‘urib olaman.
15
O‘sha yovuz xalqlarni sug‘urib tashlaganimdan keyin, ularga yana rahm–shafqat qilaman. Hammasini o‘z yurtlariga, o‘z mulklariga qaytarib olib kelaman.
16
Ilgari bu xalqlar Isroil xalqiga Baal nomi bilan qasam ichishni o‘rgatgan edilar. Agar endi ular xalqim Isroilning yo‘lini astoydil o‘rgansalar, “Egamiz shohid” deya Mening nomim bilan qasam ichsalar, xalqim orasida o‘rnashib oladilar.
17
Bordi–yu, bironta xalq Menga itoat etmasa, o‘sha xalqni tag–tomiri bilan qo‘porib tashlayman.” Egamizning kalomi shudir.
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 13 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52