bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 4
Jeremiah 4
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 5 →
1
Egamiz shunday demoqda: “Ey Isroil, qani endi qaytsang, Qani endi, Menga qaytib kelsang! Huzurimdan jirkanch butlaringni uloqtirib tashlasang, Qani endi, Mening yo‘limdan ozmay yursang.
2
Qani endi, haqiqat, adolat va to‘g‘rilik ila “ Egamiz shohid!” deya qasam ichsang. Shunda xalqlar Men orqali baraka topadi, Ular Men bilan faxrlanadi.”
3
Egamiz Yahudo xalqiga va Quddus aholisiga shunday deb aytmoqda: “Yeringizni shudgor qiling, Tikanlar orasiga urug‘ sepmang.
4
Ey Yahudo xalqi va Quddus aholisi, O‘zingizni Men, Egangizga, bag‘ishlang, Yuragingizni sunnat qiling. Aks holda, yovuz qilmishingiz uchun G‘azabimni ustingizga olovday yog‘diraman, Olovni hech kim o‘chira olmaydi.
5
Yahudoda e’lon qiling, Quddusda jar soling. Butun yurt bo‘ylab burg‘u chalinsin, Baland ovozda hayqiring: “To‘planinglar! Mustahkam shaharlarga qochaylik!”
6
Quddusga qochib kelish uchun ishora bering, Imillamay, tezroq qoching! Men shimoldan kulfat keltirmoqdaman, Dahshatli halokat olib kelmoqdaman.
7
Ana, xalqlarni halok etuvchi yo‘lga tushdi, U sher kabi chakalakzordan chiqdi. Yurtingizni xarob qilgani uyasini tark etdi. Evoh, endi shaharlaringiz vayron bo‘ladi, Hammasi huvullab qoladi.
8
Marsiya aytib, faryod qilinglar, Qanorga o‘ranib olinglar. Axir, Egamizning alangali g‘azabi Bizni chetlab o‘tmadi.
9
Egamiz shunday demoqda: “O‘sha kuni shoh bilan a’yonlarning yuragi orqaga tortib ketadi. Ruhoniylar bilan payg‘ambarlar dahshatga tushadi.”
10
Shunda men dedim: “Yo, Egam Rabbiy, Sen Quddus aholisini yomon laqillatding! Qilich ularning bo‘g‘zida turgan bir paytda, Sen ularga tinchlik va’da qilding.”
11
O‘sha payt kelganda Egamiz Quddus aholisiga shunday deb aytadi: “Sahrodagi yalang qirlardan chiqqan garmsel xalqim tomon esmoqda. U donni xashakdan tozalaydigan mayin shabada emas,
12
balki Men yuborgan kuchli bir garmseldir. Men sizlarga qarshi O‘z hukmimni e’lon qilmoqdaman.”
13
Qarang! Dushman bulutday ko‘tarilmoqda. Ularning jang aravalari quyun kabidir, Otlari burgutdan ham chaqqondir. Evoh, sho‘rimiz qurisin! Xonavayron bo‘ldik!
14
“Ey Quddus, najot topishing uchun yuragingni pokla. Qachongacha yuragingda yovuz niyat saqlaysan?!
15
Ana, Dan shahridan xabarchining ovozi eshitilmoqda, Efrayim qirlaridan bir shum xabar kelmoqda.
16
Xalqlarga buni aytinglar, Quddusda shunday e’lon qilinglar: “Olis yurtdan bosqinchilar kelmoqda, Ular Yahudo shaharlariga qarshi hayqirmoqda.
17
Bosqinchilar dala qo‘riqchilariga o‘xshab, Quddusni qurshab olishadi. Zotan Quddus ahli Menga qarshi bosh ko‘tardi”, demoqda Egamiz.
18
Tutgan yo‘lingizdan, qilgan qilmishingizdan Bu kulfat boshingizga keldi–ku! Jazoingiz shudir. Oh, naqadar achchiq bo‘lmasa bu kulfat! Naqadar yurakni ezadi–ya!”
19
Voy jonim, adoyi tamom bo‘ldim! Voy yuragim! Qinidan chiqquday bo‘lyapti! Sukut saqlab tura olmayman, Eshityapman burg‘u sadolarini, Eshityapman urushga da’vatlarni.
20
Kulfat ketidan kulfat keldi, Butun yurt xonavayron bo‘ldi. Bir zumda chodirlarim buzilib ketdi, Chodirimning pardalari yo‘q bo‘ldi.
21
Qachongacha yov bayrog‘i ko‘zim oldida hilpirab turaveradi?! Qachongacha burg‘u ovozi qulog‘imga chalinaveradi?!
22
Egamiz shunday javob berdi: “Axir, Mening xalqim befarosat, Ular Meni tanishmaydi. Ular nodon, aqlsiz farzandlardir. Yomonlik qilishga usta, Yaxshilik qilish esa qo‘llaridan kelmaydi.”
23
Men yerga qaradim, yer ayqash–uyqash edi, Ko‘zimni osmonga tikdim, osmonda nur ko‘rinmasdi.
24
Tog‘larga qaradim, tog‘lar silkinayotgan edi, Hamma qirlar larzaga kelgan edi.
25
Qaradim, ammo inson zoti ko‘rinmadi, Hatto ko‘kdagi qushlar ham uchib ketgan edi.
26
Qaradim, hosildor yerlar cho‘lga aylangan edi, Hamma shaharlar vayron bo‘lgan edi. Bunga sabab Egamizning qattiq qahri edi.
27
Zero, Egamiz shunday degan edi: “Butun yurt vayron bo‘ladi, Lekin yurtni butunlay yo‘q qilib yubormayman.
28
Butun dunyo aza tutadi, Osmon ham qop–qora bo‘lib ketadi. Buni Men aytdim, shaxtimdan qaytmayman. Qaror qildim, qarorimni o‘zgartirmayman.”
29
Otliq va kamonchilar hayqirig‘idan Har bir shahar aholisi qochib qoladi. Ular chakalakzorlar oralab yugurishadi, Qoyalarga chiqib, oralariga yashirinib olishadi. Hamma shaharlar huvullab qoladi, U yerlarda yashaydigan odam bo‘lmaydi.
30
Sen esa, ey xarobazorga aylangan shahar, Nega ustingga qirmizi libos kiyib olding, Oltin taqinchoqlar bilan bezanding? Nega ko‘zlaringni bo‘yab olding? Bekorga bezanib olibsan! O‘ynashlaring sendan nafratlanadi, Joningga qasd qilmoqchi ular.
31
Ana, kimdir to‘lg‘oq tutgan ayolday baqirmoqda, Kimdir ilk bor tug‘ayotgan ayolday ingramoqda. Qiz Quddus entikib qichqirmoqda, Qo‘llarini cho‘zib shunday demoqda: “Sho‘rim qurisin! Qotillarim oldida madorim qolmadi.”
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 5 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52