bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 33
Jeremiah 33
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 32
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 34 →
1
Yeremiyo soqchilar hovlisida qamoqda o‘tirganda, Egamiz unga ikkinchi marta O‘z so‘zini ayon qildi.
2
Olamni yaratgan, yerga shakl berib o‘rnatgan, nomi Egamiz bo‘lgan Xudo shunday demoqda:
3
“Menga iltijo qil, senga javob beraman. Sen hali bilmaydigan buyuk sirlarni senga aytaman.”
4
Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Sizlar dushmanning qamal inshootlaridan va uning qilichidan saqlanmoqchi bo‘lib, shahringiz devorlarini mustahkam qildingiz. Buning uchun uylaringizni, hatto Yahudo shohlarining saroylarini buzdingizlar.
5
Sizlar Bobilliklar bilan jang qilasizlar. Ular esa vayrona uylaringizni jasadlarga to‘ldiradilar. Men qahr–g‘azabga to‘lib, xalqimni qiraman! Xalqimning qabihliklari tufayli bu shahardan yuz o‘girdim.
6
Shunga qaramay, bu shaharga yana shifo beraman, uni sog‘aytiraman. Aholisini sog‘–salomat qilib, cheksiz tinchlik va osoyishtalikdan bahramand etaman.
7
Men Yahudo va Isroil xalqlarini yana farovonlikka erishtiraman, avvalgiday qayta bunyod etaman.
8
Menga qarshi qilgan barcha gunohlaridan ularni poklayman. Bosh ko‘tarib, qilgan gunohlarini kechiraman.
9
Yer yuzidagi hamma xalqlar oldida Quddus Menga shuhrat, quvonch va shon–sharaf keltiradi. Quddusga qilgan yaxshiligimni, uning ravnaqini ko‘rgan barcha ellarni qo‘rquv va titroq bosadi.”
10
Egamiz shunday demoqda: “Sizlar, bu huvullagan shaharda na odam, na hayvon bor, deb aytasizlar. Aytganingiz ham bejiz emas. Yahudo shaharlari bilan Quddus ko‘chalari huvullab qolgan, u yerda na odam, na hayvon bor. Biroq u yerda siz yana bir bor
11
quvonchu shodlik sadolarini, kelin–kuyov ovozlarini eshitasiz. Odamlar Egasining uyiga yana shukrona nazrlarini keltiradilar, shunday deb yana kuylaydilar: Shukrona ayting Sarvari Olamga, U yaxshidir! Uning sodiq sevgisi abadiydir! Men bu yurtni ilgarigi farovonligiga erishtiraman.” Egamizning kalomi shudir.
12
Sarvari Olam shunday demoqda: “Odam va hayvonsiz huvullab qolgan bu joyda, yurtning hamma shaharlarida yana yaylovlar bo‘ladi, cho‘ponlar u yerda qo‘ylarini o‘tlatishadi.
13
Qirlardagi shaharlarda, g‘arbiy qirlar etaklaridagi, Nagav cho‘lidagi va Benyamin hududidagi shaharlarda, Quddus atrofida, Yahudo shaharlarida cho‘ponlar yana qo‘ylarini sanaydigan bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
14
Egamiz shunday demoqda: “Men Isroil va Yahudo xalqlariga bergan ezgu va’damni bajaraman. Va’damni bajaradigan kunlar yaqinlashib kelyapti.
15
O‘sha kunlarda Men Dovud naslidan solih bir novdani yetishtiraman. Yurtda u adolatu to‘g‘rilik ila ish tutadi.
16
O‘sha kunlarda Yahudo xalqi bexatar yashaydi, Quddus aholisi osoyishta hayot kechiradi. Quddus shahri “Egamiz najotkorimizdir” deb nom oladi.”
17
Egamiz shunday demoqda: “Dovudning nasli Isroil taxtida abadiy o‘tiradi.
18
Levi avlodidan bo‘lgan ruhoniylar esa huzurimda qurbonliklar kuydirib, don nazrlarini keltiradilar, ular abadulabad Menga qurbonliklar qiladilar.”
19
Egamizning so‘zi Yeremiyoga ayon bo‘ldi.
20
Egamiz shunday dedi: “Bordi–yu, birontangiz tun va kun bilan tuzgan amrimni buzishga qodir bo‘lsangiz, ularning tartibini o‘zgartira olsangiz,
21
shundagina Men ham Dovud va Menga xizmat qilayotgan Levi avlodi bilan tuzgan ahdimni buzaman, Dovud sulolasini taxtdan tushiraman.
22
Men qulim Dovud naslini va Menga xizmat qilayotgan Levi avlodini osmondagi yulduzlarday, dengizdagi qumday son–sanoqsiz qilaman.”
23
Yeremiyoga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi:
24
“Bu odamlarning gapini eshitdingmi? Ular, Egamiz O‘zi tanlagan ikkita xalqni — Isroil va Yahudoni rad etdi, deb aytib yurishibdi. Bu odamlar xalqimdan shunchalik hazar qilishadiki, uni endi xalq deb tan olishdan or qilishyapti.”
25
Egamiz shunday demoqda: “Men kun va tunga bergan amrimni, osmonu falak uchun o‘rnatgan qonun–qoidalarimni hech qachon o‘zgartirmayman.
26
Shu singari Yoqub avlodini va qulim Dovud sulolasini rad etmayman. Men doimo Dovud naslidan shoh tanlayman. Uni Ibrohim, Is’hoq va Yoqub avlodining ustidan hukmron qilib qo‘yaman. Men xalqimni yana farovonlikka erishtiraman, ularga rahm–shafqat ko‘rsataman.”
← Chapter 32
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 34 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52