bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 46
Jeremiah 46
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 45
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 47 →
1
Egamiz xalqlar haqida Yeremiyoga O‘z so‘zini ayon qildi.
2
Bu Misr haqida bashorat edi. Aniqrog‘i, Misr fir’avini Nexoning lashkarlari to‘g‘risida edi. Ular Furot daryosi bo‘yidagi Karxamish shahrida qarorgoh qurgan edilar. ( Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim hukmronligining to‘rtinchi yilida Bobil shohi Navuxadnazar bu lashkarlarni mag‘lub qildi).
3
“Kattayu kichik qalqonlarni tayyor tuting! Qani, endi jangga kiring!
4
Otlarga egar uring, Chopqir otlarni mining! Dubulg‘alarni kiyib oling, Jangovar holatga turing. Nayzalarni o‘tkirlang, Sovutlarni kiyib oling!
5
Nimalarni ko‘ryapman?! Misr lashkari vahimaga tushdi, Ular orqaga chekindi, Jangchilari tor–mor bo‘ldi. Ular orqaga qaramay shoshilib qochdilar. Atrofni dahshat qamradi.” Egamizning kalomi shudir.
6
Chaqqonlar qocha olmaydilar, Sipohlar qochib qutulolmaydilar. Ular shimolda, Furot daryosi bo‘yida Qoqilib yiqilib tushadilar.
7
Kim u Nil daryosiday qirg‘og‘idan chiqib ketgan?! Kim u suvlari toshqin daryo kabi bo‘lib qolgan?!
8
Misr Nilday haddidan oshgan, Suvlari toshqin daryoga o‘xshab qolgan. U aytadi: “Men ko‘tarilib, yer yuzini qoplayman, Shaharlarni vayron qilaman, Aholisini qirib tashlayman.”
9
Ey otliqlar, hujum qiling! Jang aravalarini uchirtiring! Ey qalqon tutgan Habashistonliklaru Liviyaliklar, Ey kamon ushlagan Lidiyaliklar, Qani, jangga kiring!
10
Axir, bu Sarvari Olam — Rabbiyning kunidir. Bu kun qasos kuni bo‘ladi, Xudo dushmanlaridan o‘ch oladi. Uning qilichi to‘yguncha et yeydi, Chanqog‘i bosilguncha qondan ichadi. O‘sha kuni Furot bo‘yidagi shimoliy yurtda, Sarvari Olam — Rabbiy yovlarini qurbon qiladi.
11
Ey, bokira qiz Misr, Giladga bor, malham olgin. Ammo sen bekorga dori–darmon yig‘asan, Baribir dardingga shifo topmaysan.
12
Xalqlar sharmanda bo‘lganingni eshitdi, Faryodlaring bilan yer yuzini to‘ldirding. Jangchilaring bir–biriga urildi, Hammasi mag‘lub bo‘lib yiqildi.
13
Bobil shohi Navuxadnazar Misrga hujum qilishi haqida Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
14
Misrda shunday deb e’lon qilgin, Migdol shahrida shunday deb xabar bergin, Nuf va Taxpanxas shaharlarida jar solib aytgin: “Joylaringizni egallang! Jangga shay turing! Zero, qilich atrofdagi hammani qiradi.”
15
Jangchilaringiz mag‘lub bo‘ladi! Ular bardosh bera olmaydi. Zero, Egamizning O‘zi ularni uradi.
16
Ular qayta–qayta qoqiladilar, Bir–birining ustiga yiqiladilar. Shunda o‘zlariga o‘zlari aytadilar: “Qani, bo‘linglar, Xalqimizning oldiga qochib qolaylik! Kindik qonimiz to‘kilgan yurtga boraylik. Bu qirg‘indan qochib qutulaylik.”
17
Ular shunday deb baqiradilar: “ Fir’avn katta gapirdi, Ammo fursatni qo‘ldan boy berdi.”
18
Xudo Shohdir, Sarvari Olamdir Uning nomi. U shunday demoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi aytamanki, Sizlarga qarshi bir g‘anim kelayotir. U tog‘lar orasidagi Tovur tog‘iday zabardast, Dengiz bo‘yidagi Karmil tog‘iday ulkan.
19
Ey qiz Misr, Tuguningni yiqqin, Surgunga ketishga hozirlangin! Ana, Nuf shahri vayron bo‘ladi, Kimsasiz, huvullab qoladi.
20
Misr chiroyli bir g‘unajinga o‘xshaydi, Ammo shimol so‘nasi unga yopiriladi.
21
Misrning yollanma askarlari Boqilgan buzoqlarga o‘xshaydi. Ammo kulfat kuni kelganda, Jazo oladigan vaqti yetganda, Ularning hammasi orqaga qochadi, Dushman qarshisida chekinadi.
22
“Bostirib kelayotgan dushman dastidan Misr qochayotgan ilonday vishillaydi. Dushmanlar daraxt kesuvchilar kabi Bolta ko‘tarib, Misrga hujum qilishadi.”
23
Egamiz shunday demoqda: “Misrning o‘rmoni qalin bo‘lsa–da, Dushmanlar uni kesib tashlaydi. Axir, dushmanlar chigirtkadan ham ko‘p, Sanog‘iga yetib bo‘lmaydi.
24
Qiz Misr sharmanda bo‘ladi, Shimoldagi xalqning qo‘liga tushadi.”
25
Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Men No‘ shahrining xudosi Omonni jazolayman. Fir’avnning, Misrning, u yerdagi shohlar va xudolarning, fir’avnga umid bog‘lagan hammaning adabini beraman.
26
Ularning jonlariga qasd qilayotgan Bobil shohi Navuxadnazarning va a’yonlarining qo‘liga beraman. Ammo vaqt o‘tib, Misrda ilgarigidek odamlar yashaydigan bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
27
“Ey qulim Yoqub, qo‘rqma! Ey Isroil xalqi, sarosimaga tushma! Men seni olis yurtdan ozod qilaman, Naslingni surgun bo‘lgan mamlakatdan qutqaraman. Ey Yoqub nasli, sen yurtingga qaytasan, Osoyishta va bexatar yashaysan. Endi hech kim seni qo‘rqitmaydi.”
28
Egamiz shunday demoqda: “Sen, ey qulim Yoqub, qo‘rqma, Men sen bilan birga bo‘laman. Seni xalqlar orasiga tarqatib yuborgan edim, Endi o‘sha xalqlarning hammasini qirib tashlayman. Seni esa qirib yubormayman, Ammo jazosiz ham qoldirmayman. Adolat ila jazoingni beraman.”
← Chapter 45
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 47 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52