bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 28
Jeremiah 28
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 29 →
1
Ayni o‘sha yili, ya’ni Yahudo shohi Zidqiyo hukmronlik qilayotgan ilk davrida, to‘rtinchi yilining beshinchi oyida Xanoniyo payg‘ambar Egamiz uyidagi ruhoniylar va xalq oldida menga gapirdi. Xanoniyo Givonlik Ozzurning o‘g‘li edi. U menga shunday dedi:
2
“ Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: Bobil shohi solgan bo‘yinturuqni Men sindirib tashladim.
3
Shoh Navuxadnazar uyimdan Bobilga olib ketgan hamma ashyolarni Men ikki yil ichida bu yerga qaytarib olib kelaman.
4
Bundan tashqari, Bobilga surgun bo‘lgan Yahudo shohi Yohayiqim o‘g‘li Yohayixinni va u bilan birga hamma asirlarni qaytarib olib kelaman. Men Bobil bo‘yinturug‘ini sindirib tashlayman.” Egamizning kalomi shudir.
5
Shunda men Egamiz uyida hozir bo‘lgan ruhoniylar va xalq oldida Xanoniyoga
6
shunday dedim: “Omin! Egamiz shunday qilsin. Bashorat qilgan so‘zlaringizni Egamizning O‘zi bajo aylasin. O‘z uyining ashyolariyu asirlarni Bobildan qaytarib, bu yerga olib kelsin.
7
Endi esa men sizga va xalqqa aytmoqchi bo‘lgan mana bu gaplarimni eshiting.
8
Sizdan va mendan oldin o‘tgan payg‘ambarlar ko‘p yurtlaru buyuk shohliklarga qarshi urush, ocharchilik va o‘latni bashorat qilgan edilar.
9
Tinchlikni bashorat qilgan payg‘ambarning bashorati bajo bo‘lganidan keyingina, xalq uni “haqiqatan ham Egamizning elchisi”, deb tan olar edi.”
10
So‘ng Xanoniyo payg‘ambar Yeremiyoning gardanidagi bo‘yinturuqni olib sindirdi–da,
11
to‘planib turgan xaloyiqqa murojaat qilib dedi: “Egamiz aytmoqda, xuddi shunday qilib, Men ikki yil ichida Bobil shohi Navuxadnazarning xalqlarga solgan bo‘yinturug‘ini olib, sindirib tashlayman.” Bu gaplardan keyin Yeremiyo o‘z yo‘liga ketdi.
12
Xanoniyo payg‘ambar Yeremiyo payg‘ambarning gardanidagi bo‘yinturuqni sindirgandan keyin, ko‘p o‘tmay Egamiz Yeremiyoga O‘z so‘zini ayon qilib dedi:
13
“Xanoniyoning oldiga borib, shunday deb ayt: Egamiz aytmoqda, sen yog‘och bo‘yinturuqni sindirding, ammo o‘shaning o‘rniga Men temirini yasayman.
14
Zero, Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Men bu xalqlarning gardaniga temir bo‘yinturuq solaman. Ularning hammasi Bobil shohi Navuxadnazarga xizmat qilishadi. Ha, ularning hammasi Navuxadnazarga bosh egadi. Men hatto yovvoyi hayvonlarni ham Navuxadnazarning izmiga topshiraman.”
15
Yeremiyo payg‘ambar Xanoniyo payg‘ambarga dedi: “Menga qara, Xanoniyo, Egamiz seni yubormagan. Sen esa bu xalqni yolg‘on gaplaringga ishontirib qo‘yding.
16
Shu qilganing uchun Egamiz shunday demoqda: Men seni yer yuzidan daf qilaman. Sen o‘z bashoratlaring bilan xalqni Egangga qarshi qo‘zg‘atganing uchun shu yiliyoq o‘lasan.”
17
O‘sha yilning yettinchi oyida Xanoniyo olamdan o‘tdi.
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 29 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52