bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 11
Jeremiah 11
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 12 →
1
Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
2
“Mening Isroil xalqi bilan tuzgan ahd shartlarimga quloq sol. Bularni Yahudo xalqi va Quddus aholisiga yetkaz.
3
Ularga ayt: Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Ushbu ahd shartlariga rioya qilmagan har bir odam la’nati bo‘lsin!
4
Men ota–bobolaringizni Misrdan, o‘sha temir o‘choq ichidan olib chiqqan edim. Ularga, gaplarimga quloq solinglar, hamma amrlarimni bajaringlar, deb aytgan edim. Agar shunday qilsangiz, sizlar Mening xalqim, Men esa sizning Xudoyingiz bo‘laman, deb aytdim.
5
Men ota–bobolaringizga bergan qasamimni bajarish uchun shu so‘zlarni aytgan edim. Mana, Men ularga va’da qilgan, sut va asal oqib yotgan yurtda sizlar yashab yuribsizlar.” “Omin, ey Egam, aytganing kelsin”, dedim men.
6
Egamiz menga shunday dedi: “Aytadigan gaplarimning hammasini Yahudo shaharlarida va Quddus ko‘chalarida shunday deb e’lon qilgin: Ushbu ahdning shartlarini eshitinglar, ularga rioya qilinglar.
7
Men ota–bobolaringizni Misrdan olib chiqqanimdan beri ularni ogohlantirib keldim. Ularga: “Mening gaplarimga quloq solinglar”, deb qayta–qayta aytdim.
8
Ammo ular itoat qilmadilar, Menga quloq solmadilar. Aksini qilib, yovuz yuraklarining o‘jarliklarini bajardilar. Shuning uchun ahdda yozilgan hamma la’natlarni ularning boshiga soldim. Men ularga buyurgan ahdimning shartlarini bajarmaganlari uchun shunday qildim.”
9
Egamiz menga dedi: “Yahudo xalqi va Quddus aholisi Menga qarshi fitna uyushtirishmoqda.
10
Ular ota–bobolarining eski gunohlariga qaytishdi. Ota–bobolari singari gaplarimga quloq solmay, begona xudolarga ergashib, sajda qilishdi. Yahudo xalqi Isroil xalqiga taqlid qildi, Men ota–bobolari bilan tuzgan ahdimni ular buzishdi.”
11
Shuning uchun Egamiz shunday deb aytmoqda: “Ularning boshlariga shunday kulfat keltiramanki, birontasi ham qutulib qololmaydi. Menga iltijo qilishsa ham, ularning iltijolariga quloq solmayman.
12
O‘shanda Yahudo xalqi bilan Quddus aholisi xudolariga iltijo qilishadi. Ular bu xudolariga qurbonliklar keltirishar edi. Ammo kulfat kuni o‘sha xudolari ularni aslo qutqarolmaydi.
13
Ey Yahudo xalqi, shaharlaringiz soni qancha bo‘lsa, xudolaringiz ham shunchadir. Quddusdagi ko‘chalar qancha ko‘p bo‘lsa, qurbongohlaringiz ham shunchadir. Sizlar bu qurbongohlarni jirkanch Baalga qurbonliklar keltirish uchun qurgandingizlar.”
14
“Ey Yeremiyo, sen bu xalq uchun ibodat qilma. Ular uchun iltijo qilib yolvorma. Ularning boshlariga kulfat tushib, iltijo qilganlarida, Men ularga quloq solmayman.
15
“Aziz xalqim shuncha jirkanch ishlar qildi. Endi uyimga kirishlariga nima haqlari bor?! Va’dalaru qurbonliklar bilan kulfatning oldini olib bo‘larmidi?! Axir, xalqim qabihliklar qilayotganda sevindi–ku!”
16
Egamiz O‘z xalqini “Yaxshi meva beradigan, maftunkor yam–yashil zaytun daraxti”, deb atagan edi. Ammo endi Egamiz bo‘ronning dahshatli tovushi ostida daraxtga o‘t qo‘yadi, uning shox–shabbalari yonib ketadi.
17
Bu daraxtni ekkan Sarvari Olamning O‘zi uni yo‘q qilishga amr berdi. Zero, Isroil va Yahudo xalqlari qabihliklar qildilar. Baalga qurbonliklar keltirib, Xudoni g‘azablantirdilar.
18
Egamiz menga dushmanlarimning fitnasini ayon qildi. Egamiz ularning yovuz qilmishlarini ko‘rsatgani uchun, men bu haqda xabar topdim.
19
Men bo‘g‘izlanishga olib ketilayotgan yuvosh qo‘ziday bo‘lgan ekanman. Dushmanlarim menga qarshi fitna uyushtirganlarini payqamagan ekanman. Ular shunday deb aytishgan edi: “Daraxt va uning mevalari kesilganday, Kelinglar, uni ham bu dunyodan daf qilaylik, Uning xotirasini o‘chiraylik!”
20
Ey Sarvari Olam, Sen adolat bilan hukm qilasan, Insonning yuragini, xayollarini sinaysan. Dushmanlarimdan o‘ch olganingni ko‘ray, Da’voimni O‘zing hal qil!
21
Shunda Egamiz menga shunday dedi: “Ey Yeremiyo, Onoto‘t aholisi senga: “Egamizning nomidan gapirma, bo‘lmasa o‘lasan”, deb aytib yurishibdi.”
22
Ammo Men, Sarvari Olam, shunday demoqdaman: “Men ularni jazolayman! Yigitlari qilichdan o‘ladi. O‘g‘il–qizlari qahatchilikdan nobud bo‘ladi.
23
Ularning birontasi omon qolmaydi. Belgilangan vaqtda Onoto‘t aholisining boshiga kulfat keltiraman.”
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 12 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52