bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 21
Jeremiah 21
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 22 →
1
Shoh Zidqiyo Yeremiyo payg‘ambarning oldiga Malkiyo o‘g‘li Peshxur va Masiyo o‘g‘li ruhoniy Zafaniyoni yubordi. Shunda Egamiz O‘z so‘zini Yeremiyoga ayon qildi. Peshxur bilan Zafaniyo Yeremiyoga shunday dedilar:
2
“O‘tinamiz, biz uchun Egamizga yolvor, chunki Bobil shohi Navuxadnazar bizga hujum qilyapti. Balki Egamiz avvalgidek mo‘jizalar ko‘rsatib, Navuxadnazarni orqaga chekintirar.”
3
Yeremiyo ularga shunday deb javob berdi:
4
“Borib, Zidqiyoga Isroil xalqining Xudosi — Egamizning so‘zlarini aytinglar: Sizlar qo‘lingizga qurol olib, sizlarni qamal qilgan Bobil shohiga va Bobilliklarga qarshi jang qilyapsizlar. Ammo qo‘lingizdagi qurollaringizni Men Bobilliklarga emas, balki o‘zlaringizga qarshi ishlataman. Mana shu shahar markazida qurollaringizni uyib tashlayman.
5
Men O‘zim sizlarga qarshi chiqaman. O‘z qudratu ajoyibotlarim bilan, qahru g‘azabim bilan sizlarga qarshi jang qilaman.
6
Bu shahar aholisini yo‘q qilaman. Odamlaru hayvonlar o‘latdan nobud bo‘ladilar.”
7
Egamiz shunday demoqda: “Shundan keyin Men Yahudo shohi Zidqiyoni, uning a’yonlarini, shaharda urushdan, qahatchilikdan va o‘latdan omon qolgan hamma odamlarni Bobil shohi Navuxadnazarning qo‘liga beraman. Ularda qasdi borlarga topshiraman, dushman qo‘liga beraman. Dushmanlar shahar aholisini shafqatsizlarcha qirib tashlaydilar. Bironta odamning ham qonidan kechmaydilar, ularga achinmaydilar, rahm qilmaydilar.”
8
“Sen bu xalqqa shunday deb ayt: Egamiz demoqda: Men sizlarga ikkita yo‘lni — hayot va o‘lim yo‘lini berdim.
9
Shaharda qolganlar qilich, qahatchilik va o‘latdan nobud bo‘ladilar. Shahardan chiqib, Bobilliklarga taslim bo‘lganlar esa tirik qoladilar. Bu odamlar hech bo‘lmasa o‘z jonlarini saqlab qoladilar.
10
Men bu shaharga yaxshilik emas, kulfat keltirishga qaror qildim. Bu shaharni Bobil shohiga taslim qilib beraman. Navuxadnazar shaharga o‘t qo‘yadi.” Egamizning kalomi shudir.
11
“Yahudo shohining xonadoniga shunday deb ayt: Egamizning so‘zini eshitinglar,
12
ey Dovud sulolasi! Egamiz shunday demoqda: Har kuni ertalabdan adolat qilinglar, Jabrdiydalarni zo‘ravonlar qo‘lidan qutqaringlar. Aks holda qilgan yovuzliklaringiz tufayli Mening g‘azabim alanga oladi, U g‘azabimni so‘ndirishga hech kimning qurbi yetmaydi.”
13
Egamiz shunday demoqda: “Ey, vodiydagi qoya ustida qurilgan Quddus, Men senga qarshiman! Sizlar aytasiz: “Kim ham bizga qarshi chiqa olardi?! Kim ham qo‘rg‘onlarimizga kira olardi?!”
14
Men qilmishingizga yarasha jazoingizni beraman. Shohning saroyiga o‘t qo‘yaman, Olov atrofdagi hamma narsani yondiradi.” Egamizning kalomi shudir.
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 22 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52