bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 42
Jeremiah 42
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 41
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 43 →
1
Hamma lashkarboshilar, Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon, Ho‘shayyo o‘g‘li Ozariyo va kattayu kichik odam
2
Yeremiyoning oldiga borib, shunday dedilar: “Iltimos, bir og‘iz gapimizga quloq soling. Egangiz Xudoga biz uchun ibodat qiling, tirik qolganlar uchun so‘rang. O‘zingiz ko‘rib turibsiz, ilgarilari biz nihoyatda ko‘pchilik edik, endi esa sanoqli odam qoldik.
3
Biz qayerga borishimizni, nima qilishimizni Egangiz Xudo bizga ko‘rsatsin.”
4
Yeremiyo payg‘ambar ularga shunday javob berdi: “Yaxshi, iltimosingizga binoan Egamiz Xudoga ibodat qilaman. Egamiz nimaiki desa hammasini sizlarga aytaman, hech narsani sizlardan yashirmayman.”
5
Ular esa Yeremiyoga shunday dedilar: “Agar biz Egangiz Xudoning siz orqali aytgan bironta so‘ziga rioya qilmasak, Uning O‘zi oramizda adolatli va sadoqatli shohid bo‘lsin.
6
Biz Egamiz Xudoning hamma amrlariga, yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’iy nazar, itoat qilamiz. Egamiz Xudoga itoat qilsak, hammasi yaxshi bo‘ladi.”
7
Oradan o‘n kun o‘tdi. Yeremiyoga Egamizning so‘zi ayon bo‘ldi.
8
Yeremiyo Kariyox o‘g‘li Yo‘xanonni, lashkarboshilarni va odamlarning kattayu kichigini to‘plab,
9
ularga shunday dedi: — Men iltimosingizga binoan Isroil xalqining Xudosi — Egamizga iltijo qildim. U menga shunday dedi:
10
“Endi shu yurtda qolsangizlargina Men sizlarni barbod qilmayman, balki qayta bunyod etaman, qo‘porib tashlamayman, balki mustahkam o‘rnashtiraman. Sizlarning boshingizga falokat keltirganimdan pushaymonman.”
11
Egamiz shunday deb aytdi: “Bundan buyon Bobil shohidan qo‘rqmanglar. Men sizlar bilan birgaman. Shunday ekan, undan qo‘rqmanglar. O‘zim sizlarni qutqaraman, uning qo‘lidan ozod qilaman.
12
Men sizlarga rahm–shafqat qilaman. Bobil shohi sizlarga achinib, ona yurtingizga o‘rnashtiradi.”
13
Ammo Egangiz Xudoga bo‘ysunmay: “Bu yerda qolmaymiz.
14
Misrga ketamiz, u yerda urush ko‘rmaymiz, burg‘u sadolarini eshitmaymiz, nonga zor bo‘lmaymiz, u yerda yashaymiz”, deb aytadigan bo‘lsangizlar,
15
ey Yahudo xalqining omon qolganlari, Egamizning so‘zini eshitib qo‘yinglar! Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Agar sizlar Misrga borib, u yerda o‘rnashib olishni qaror qilgan bo‘lsangizlar,
16
o‘sha yerga borganingizda o‘zlaringiz qo‘rqayotgan urushga duch kelasizlar. Sizlar ocharchilikdan qo‘rqyapsizlar, ammo ocharchilik ketingizdan Misrga ergashib boradi, u yerda nobud bo‘lasizlar.
17
Misrga borib, u yerda o‘rnashib olishga jazm qilgan har bir kishi qilichdan, ocharchilik va o‘latdan nobud bo‘ladi. Unday odamlardan birontasi ham tirik qolmaydi, Men ularning boshlariga keltiradigan kulfatdan hech kim qochib qutulmaydi.”
18
Isroil xalqining Xudosi Sarvari Olam shunday demoqda: “Agar sizlar Misrga borgudek bo‘lsangizlar, Men Quddus aholisiga yog‘dirgan qahrimni Misrda sizlarning ustingizga yog‘diraman. Ahvolingizni odamlar ko‘rganda dahshatga tushadi. Sizlarni mazax qilib, nomingizni qarg‘ishlarda ishlatishadi. Sizlar bu yurtni boshqa hech qachon ko‘rmaysizlar.”
19
Ey, Yahudo xalqining omon qolganlari, Egamiz sizlarga, Misrga bormanglar, deb aytdi. Bilib qo‘yinglar, bugun men sizlarni ogohlantirib qo‘yyapman,
20
sizlar katta xato qilyapsizlar. O‘zlaringiz meni Egangiz Xudoning oldiga jo‘natib: “Iltimos, Egamiz Xudoga iltijo qil, Egamiz Xudo nima desa, hammasini qilamiz”, degan edingizlar.
21
Egangiz Xudoning menga aytgan hamma so‘zlarini bugun sizlarga aytdim, ammo sizlar Uning aytgan bironta so‘ziga itoat qilishni xohlamayapsizlar.
22
Sizlarga aytib qo‘yay: bormoqchi bo‘layotgan joyingizda sizlar qilichdan, ocharchilik va o‘latdan nobud bo‘lasizlar.
← Chapter 41
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 43 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52