bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 39
Jeremiah 39
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 38
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 40 →
1
Yahudo shohi Zidqiyo hukmronligining to‘qqizinchi yili, o‘ninchi oyida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qarshi bor qo‘shini bilan kelib, shaharni qamal qildi.
2
Zidqiyo hukmronligining o‘n birinchi yili, to‘rtinchi oyining to‘qqizinchi kunida Bobilliklar Quddus devorini yorib, shaharga kirdilar.
3
Shahar qo‘lga olingach, Bobil shohining hamma a’yonlari shaharning O‘rta darvozasidagi mahkamalarda qo‘mondonlik qarorgohini joylashtirdilar. A’yonlarning orasida Nargalsharazar, Samgarnavu, bosh maslahatchi Sarsahim va amaldor Nargalsharazar bor edilar.
4
Yahudo shohi Zidqiyo va uning hamma lashkarlari ularni ko‘rdilaru qochdilar. Ular yarim kechasi shohning bog‘i orqali o‘tib, ikki devor orasidagi darvozadan chiqdilar–da, Iordan vodiysiga qarab ketdilar.
5
Ammo Bobil lashkarlari Zidqiyoning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida ularga yetib olishdi. Ular Zidqiyoni qo‘lga olib, Xomat yurtidagi Rivlo shahriga — Bobil shohi Navuxadnazarning huzuriga olib borishdi. Shoh Navuxadnazar Zidqiyoni hukm qildi,
6
Rivloda Zidqiyoning o‘g‘illarini ko‘zi oldida o‘ldirdi, so‘ng hamma Yahudo a’yonlarini qatl qildi.
7
Zidqiyoning esa ko‘zlarini o‘yib, Bobilga olib ketish uchun kishanladi.
8
Bobilliklar shoh saroyiga va odamlarning uylariga o‘t qo‘yib, Quddus devorlarini yiqitdilar.
9
Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon shaharda qolgan butun xalqni, Bobil shohi tomonga o‘tgan qochoqlarni Bobilga asir qilib olib ketdi.
10
U Yahudo yurtida hech vaqosi bo‘lmagan qashshoq odamlarnigina qoldirdi. O‘sha odamlarga dala va uzumzorlarni berdi.
11
Shoh Navuxadnazar qo‘riqchilar sardori Nabizaradon orqali Yeremiyoga oid quyidagi amrni berdi:
12
“Yeremiyoni qaramog‘ingizga olib, unga yaxshi qaranglar. Aslo zarar yetkazmanglar, sizlardan nima so‘rasa bajaringlar.”
13
Qo‘riqchilar sardori Nabizaradon, bosh nazoratchi Navushazbon, shoh maslahatchisi Nargalsharazar va Bobil shohining hamma bosh amaldorlari odam yuborib,
14
Yeremiyoni qo‘riqchilar hovlisidan olib kelishini buyurdilar. Uni eson–omon uyiga eltib qo‘yish uchun, Gadaliyoga topshirdilar. Gadaliyo Oxixamning o‘g‘li, Shofoning nevarasi edi. Shunday qilib, Yeremiyo o‘z xalqining orasida qoldi.
15
Yeremiyo soqchilar hovlisida qamoqda o‘tirganda, unga Egamizning so‘zi ayon bo‘lgan edi:
16
“Habashistonlik Obidmalekning oldiga borib, shunday deb ayt: Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam aytmoqda, Men aytgan so‘zlarimni bajo qilaman. Bu shaharga yaxshilik emas, yomonlik keltiraman. Sen o‘zing buning guvohi bo‘lasan.”
17
Egamiz yana shunday demoqda: “Lekin o‘sha kuni Men seni qutqarib qolaman. O‘zing qo‘rqadigan odamlarning qo‘liga seni bermayman.
18
Seni, albatta qutqaraman, jangda halok bo‘lmaysan. Menga umid bog‘laganing uchun, joning omon bo‘ladi.” Egamizning kalomi shudir.
← Chapter 38
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 40 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52