bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 35
Jeremiah 35
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 34
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 36 →
1
Yo‘shiyo o‘g‘li shoh Yohayiqim hukmronlik qilgan davrda Egamiz O‘z so‘zini Yeremiyoga ayon qildi:
2
“Qani bo‘laqol, Yeremiyo, Raxav xonadoni huzuriga borib, u yerdagi odamlar bilan gaplash. So‘ng Egang uyidagi yon xonalarning biriga ularni taklif qilgin–da, sharobdan quyib ber.”
3
Men borib, Xavazzinyoning nevarasi — Yeremiyo o‘g‘li Yazaniyoni aka–ukalari bilan birga, hamma o‘g‘illarini va butun Raxav xonadonini chaqirib,
4
Ma’badga boshlab keldim. Ularni Yixdaliyo o‘g‘li Xanon payg‘ambarning o‘g‘illariga qarashli xonaga olib kirdim. Bu xonaning yonida Ma’bad a’yonlarining xonasi, tagida esa Shallum o‘g‘li Masiyoning xonasi joylashgan edi. Masiyo Ma’bad darvozaboni bo‘lib xizmat qilar edi.
5
Men dasturxonga idishlarni to‘ldirib sharob tortdim, piyolalar qo‘ydim. So‘ng Raxab nasliga: — Marhamat qilib, sharobdan ichinglar, — deb taklif qildim.
6
Ular shunday dedilar: — Biz sharob ichmaymiz. Ajdodimiz Raxav o‘g‘li Yohunadov bizga shunday amr qilgan edi: “Zinhor sharob ichmanglar, bolalaringiz ham ichmasin.
7
Uylar qurmanglar, ekin ekmanglar, uzumzorlar barpo qilmanglar, ularni o‘zingizga mulk qilib olmanglar. Ko‘chib borgan joyingizda uzoq vaqt yashay olishingiz uchun, chodirlarda kun kechiringlar.”
8
Shuning uchun biz ajdodimizning amriga bo‘ysunib, hech qachon sharob ichmaymiz, xotinlarimiz ham, o‘g‘il–qizlarimiz ham sharob ichmaydilar.
9
O‘zimiz uchun uylar qurmaymiz, bizda na uzumzor, na dala bor, na ekin ekamiz.
10
Biz ajdodimiz Yohunadovning amriga itoat qilib, bir umr chodirlarda yashab keldik.
11
Ammo Bobil shohi Navuxadnazar bu yurtga bostirib kelgandan so‘ng, Bobil va Oram lashkarlaridan qo‘rqib, Quddusga kelishga qaror qilgan edik. Shu sababdan hozir biz Quddusda yashab yuribmiz.
12
Shundan so‘ng Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi.
13
Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam unga shunday dedi: “Qani bo‘l, Yeremiyo, Yahudo xalqi va Quddus aholisining huzuriga borib, shunday deb ta’na qil: Sizlar o‘zi saboq olasizlarmi?! Menga itoat qilishni o‘rganasizlarmi o‘zi?!
14
Ana, ko‘rib qo‘ying, Raxav nasli o‘z ajdodining amriga itoat qilgani uchun, bugunga qadar sharobni og‘ziga ham olmay yuribdi. Men esa sizlarga qayta–qayta gapirgan bo‘lsam ham, sizlar Menga itoat qilmadingizlar.
15
Men payg‘ambar qullarimni oldingizga qayta–qayta jo‘natdim. Ular orqali sizlarni shunday deb ogohlantirgan edim: “Sizlarga va ota–bobolaringizga Men bergan bu yurtda yashay olishingiz uchun, yomon yo‘lingizdan qaytinglar. Turmush tarzingizni o‘zgartiringlar. Boshqa xudolarga ergashmanglar. Ularga xizmat qilmanglar.” Ammo sizlar quloq solmadingizlar, gapimga kirmadingizlar.
16
Yohunadovning avlodi o‘z ajdodi buyurib ketgan amrni ijro etdi, bu xalq esa Menga itoat qilmadi.”
17
Shuning uchun Isroil xalqining Xudosi, Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda: “Men Yahudo va Quddus aholisiga gapirgan edim, ammo ular gaplarimga quloq solmadilar, ularni chaqirgan edim, ammo Menga javob bermadilar. Shuning uchun O‘zim aytgan barcha balo–qazolarni ularning boshlariga yog‘diraman.”
18
Raxav xonadoniga esa Yeremiyo shunday dedi: “Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam demoqda: Sizlar ajdodingiz Yohunadovning amriga itoat etdingiz, uning nasihatlarini rad etmay, aytganlarining hammasini bajardingiz, shuning uchun,
19
Raxav o‘g‘li Yohunadov avlodidan bo‘lgan kishi huzurimda abadulabad xizmat qiladigan bo‘ladi.” Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olamning kalomi shudir.
← Chapter 34
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 36 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52