bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 6
Jeremiah 6
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 7 →
1
Ey Benyamin nasli, Joningizni qutqaringlar! Quddusdan qochib chiqinglar! Taxuva shahrida burg‘u chalinglar! Bayt–Xakerem shahrida olov yoqib, belgi ko‘rsatinglar. Ana, shimoldan bir falokat kelyapti, Dahshatli bir halokat yaqinlashyapti.
2
Qiz Quddus go‘zal va latofatlidir, Ammo Men uni yo‘q qilib tashlayman.
3
Shahar atrofiga joylashib olgan cho‘ponlarday, Dushmanlar Quddusni qamal qiladi. Har biri o‘z lashkari uchun joy tanlaydi.
4
Ular shunday deb aytishadi: “Quddusga qarshi jangga tayyorlaninglar! Bo‘la qolinglar, kunduz kuni ularga hujum qilamiz! Sho‘rimiz qurisin! Kun ham botyapti, Oqshom soyalari bo‘y cho‘zib qoldi.
5
Endi tunda hujum qilamiz, Shahardagi qal’alarni vayron etamiz!”
6
Sarvari Olam dushman lashkariga shunday demoqda: “Daraxtlarini kesib tashlanglar, Quddus devoriga qiyalatib tuproq uyinglar. Bu shahar jazolanishi kerak, Shahar zo‘ravonlikka to‘lib–toshgan.
7
Buloqdan suv qaynab chiqqani singari, Quddusdan qabihliklar qaynab chiqyapti. Zo‘ravonligu buzg‘unchilik sadolari eshitilyapti. U yerda ko‘rganim xastaligu yaralar.
8
Ey Quddus, esingni yig‘ib olgin, Yo‘qsa Men sendan yuz o‘giraman. Seni tashlandiq bir joyga aylantiraman, Yurtingni huvullatib qo‘yaman.
9
Dushmanlaringga aytaman, Ular seni ship–shiydam qiladilar, Bir shingil uzumi qolmagan tokka o‘xshatib qo‘yadilar.” Sarvari Olamning kalomi shudir.
10
Ey Egam! Kimga gapiray, kimni ogohlantiray?! Kim mening gaplarimga quloq soladi?! Qara, ularning quloqlari yopiq, Ular hech narsani eshitmaydi. Sening so‘zingdan ular xafa bo‘ladi, Uni eshitishni xush ko‘rmaydi.
11
Ammo ichim Sening g‘azabingga to‘lgan edi, Jahlimni tiyishdan charchadim. Egamiz menga shunday dedi: “G‘azabimni ko‘chadagi bolalarga sochgin, To‘dalashib turgan yigitlarga sochgin. G‘azabim erkagu ayollarga tushadi, Munkillagan qariyalar ham undan qochib qutulmaydi.
12
Uylari, dalalari va xotinlari Boshqa birovlarga beriladi. Men bu yurt aholisiga qarshi qo‘l ko‘taraman.” Egamizning kalomi shudir.
13
“Ular kichkinasidan tortib kattasigacha, Nafsini tiyolmay harom yo‘l bilan pul topishadi. Payg‘ambardan tortib ruhoniygacha — Hammasi tovlamachilik qilishadi.
14
Xalqimning yaralarini yuzaki davolashadi. Ahvol og‘ir bir paytda “hammasi yaxshi”, deb aytishadi.
15
Jirkanch ishlari uchun uyaladilarmi? Yo‘q, uyalmaydilar! Qizarish degan narsani bilmaydilar. Shuning uchun boshqalarday halok bo‘ladilar, Ularni jazolab, xonavayron qilaman”, deb aytmoqda Egamiz.
16
Egamiz O‘z xalqiga shunday deb aytmoqda: “Chorrahalarda turib qarang, Qadimgi yo‘llar haqida so‘rang, Yaxshi yo‘l qayerda ekanligini bilib oling. O‘sha yo‘ldan yuring, Shunda ko‘nglingiz taskin topadi.” Ammo ular: “Yo‘q, u yo‘ldan yurmaymiz”, dedilar.
17
Egamiz qo‘riqchilarni qo‘yib, ularga: “Burg‘uning jangovar sadolariga quloq solinglar”, deb tayinladi. Ular esa “Quloq solmaymiz”, deb aytdilar.
18
“Shuning uchun, ey xalqlar, eshiting! Xalqim ne holga tushishini bilib oling.
19
Ey zamin, quloq sol! Men bu xalqning boshiga kulfat keltiraman, Yomon niyatlarining oqibatidir shudir. Zotan ular so‘zlarimga kirmadilar, Qonunlarimni rad etdilar.
20
Shava yurtidan keltirilgan ziravorlarni nima qilaman?! Olis yurtdan olib kelingan xushbo‘y qamishni nimaga ishlataman?! Kuydiriladigan nazrlaringizni Men qabul qilmayman, Qurbonliklaringizdan xushnud bo‘lmayman.”
21
Shu sababdan Egamiz demoqda: “Men bu xalqqa to‘g‘onoq solaman, Otalar farzandlari bilan birga qoqilib tushadilar, Qo‘shnilar yor–birodarlari bilan birga halok bo‘ladilar.”
22
Egamiz shunday demoqda: “Ana, shimoldagi yurtdan odamlar kelmoqda, Dunyoning chetidan buyuk bir xalq qo‘zg‘almoqda.
23
Kamonu nayzalar bilan qurollangandir ular, Shafqat qilmaydigan zolimdir u odamlar. Ular otlarini yeldiradi, To‘lqinlangan dengizday guvullab keladi. Ey qiz Quddus, ular qarshingda saf tortadilar, Jang qilishga shay bo‘lib turadilar.”
24
“Ular haqidagi bu xabarni eshitdik, Madorimiz qolmadi. Azobu iztirob chekdik Dard tutgan ayol kabi.
25
Dalalarga bormanglar, Ko‘chalarda yurmanglar! Dushman qilichini tutgan. Atrofni dahshat qamragan.”
26
Ey xalqim, qizalog‘im! Qanorga o‘ranib, kulga belangin. Yolg‘iz farzand uchun aza tutgandek, Achchiq–achchiq yig‘lagin. Ana, halok etuvchi kelyapti, U to‘satdan senga hujum qiladi.
27
Ey Yeremiyo, xalqimni tekshirgin, Temirni sinaganday ularni sinagin, Tutgan yo‘llarini bilib olgin.
28
Ularning hammasi o‘jar va beboshdir, Birovlarga tuhmat qilib yuradilar. Bag‘rlari mis va temir kabi qattiq, Hammasi buzg‘unchilik qiladilar.
29
Ana, bosqonga to‘xtovsiz dam berilmoqda, O‘choqdagi olov lovullab yonmoqda. Ammo bunday olov ham ularni tozalay olmadi, Ular fosiqligicha qoldi.
30
Ularni “sifatsiz kumush”, deb ataydilar, Axir, Egamiz ularni rad etdi.
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 7 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52