bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 13
Jeremiah 13
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 14 →
1
Egamiz menga shunday dedi: “Bor, o‘zing uchun zig‘ir qiyiqcha sotib ol. Uni belingga bog‘la, ammo suvga tekkizma.”
2
Egamizning amriga binoan men qiyiqcha sotib olib, belimga bog‘lab oldim.
3
Keyin Egamiz menga shu so‘zini ayon qildi:
4
“Sotib olgan belingdagi qiyiqchani qo‘lingga olginu Poro anhorining bo‘yiga tush. Qiyqchani qoyaning yoriq joyiga yashirib qo‘y.”
5
Men Egamiz buyurganidek qildim. Qiyiqchani Poro anhorining bo‘yiga yashirib qo‘ydim.
6
Oradan ancha kun o‘tgandan so‘ng, Egamiz menga shunday dedi: “Qani, Poro anhorining bo‘yiga bor, Mening amrimga binoan u yerda yashirib qo‘ygan qiyiqchani olib kel.”
7
Shunda men borib, qiyiqchani o‘zim yashirib qo‘ygan joydan kovlab oldim. Ammo qiyiqcha chirib ketgan, hech narsaga yaramaydigan bo‘lib qolgan edi.
8
Shunda Egamiz menga O‘z so‘zini ayon qildi.
9
Egamiz shunday demoqda: “Men Yahudo xalqining mag‘rurligini va Quddus aholisining takabburligini qiyiqcha kabi chiritaman.
10
Bu fosiq xalq so‘zlarimni eshitishdan bosh tortdi, o‘jar yuragining xohishini bajardi. Begona xudolarga ergashdi, ularga xizmat qilib, sajda etdi. Ular o‘sha chirib ketgan qiyiqcha kabi, hech narsaga yaramaydigan bo‘ladilar.
11
Qiyiqcha odamning beliga yopishib turgani kabi, Men jamiki Isroil va Yahudo xalqlarini O‘zimga yaqin tutar edim: Ular Mening xalqim bo‘lishadi, Menga shon–shuhrat, olqishlar va sharaf keltirishadi, deb shunday qilgan edim. Ammo ular quloq solmadilar.” Egamizning kalomi shudir.
12
Isroil xalqining Xudosi — Egamiz menga shunday dedi: “Yeremiyo, xalqqa ayt: Sharob meshlari sharob bilan to‘ldirilishi kerak. Bordi–yu, ular senga: “Sharob meshlari sharob bilan to‘ldirilishi kerakligini o‘zimiz ham bilamiz”, deb aytishsa,
13
sen ularga shunday deb javob ber: “Egamiz demoqda: Men bu yurtdagi hamma odamlarni mast qilaman. Dovud taxtida o‘tirgan shohdan tortib, ruhoniylar, payg‘ambarlar va Quddusning butun aholisigacha — hammani mast qilaman.
14
Men ularni bir–birlariga, ota–onalarni bolalariga qarshi qilib qo‘yaman. Ularni ayamay yo‘q qilib tashlayman, ularga achinmayman, rahm–shafqat qilmayman.” Egamizning kalomi shudir.
15
Eshitinglar, quloq solinglar, Katta ketmanglar, Zotan, Egamiz gapirmoqda.
16
Xudo ustingizga zulmat yubormasdan oldin, Qorong‘i qirlarda qoqilmasingizdan oldin, Egangiz Xudoni ulug‘lang. Aks holda siz kutayotgan yorug‘likni U zulmatga aylantiradi, Uni tim qorong‘i qiladi.
17
Agar siz gaplarimga quloq solmasangiz, Mag‘rurligingiz uchun qalbim pinhon yig‘laydi. Men achchiq–achchiq ko‘z yosh to‘kaman, Axir, Egamizning qo‘ylari Asirlikka olib ketiladi.
18
Egamiz menga dedi: “Shohga va ona malikaga shunday degin: Taxtdan tushinglar, Axir, chiroyli tojingiz Boshingizdan tushib ketdi.
19
Nagav cho‘lidagi shaharlar berkitilgan, Darvozalarni ochadigan kimsa yo‘q. Yahudo xalqi asirlikka olib ketildi, Ha, butun xalq surgun qilindi.”
20
Ey Quddus, shimoldan kelayotganlarga bir qara! Qani sening chiroyli qo‘ylaring? Qani senga topshirilgan suruving?
21
Sen ittifoqdoshlaringga o‘zing ustozlik qilgan eding, Egamiz o‘shalarni boshingga chiqarganda, nima der ekansan? Shunda sen to‘lg‘oq tutgan ayolday bo‘lib qolasan–ku! Dard azobida qolib ketasan–ku!
22
“Nega bular boshimga tushdi?” dersan. Sen ko‘p gunoh qilding, Etaging ko‘tarildi, xo‘rlanding.
23
Habashistonlik terisining rangini o‘zgartira oladimi?! Qoplon terisidagi xollarini yo‘qota oladimi?! Shu singari sizlar ham yaxshilik qila olmaysizlar, Yomonlik qilishga odatlanib qolgansizlar!
24
Garmsel somonni to‘zg‘itganday, Egamiz ham sizlarni sochib tashlaydi.
25
Bu sizlarning qismatingizdir, Boshingizga yog‘iladigan kulfatingizdir. Sizlar Egamizni unutdingizlar, Soxta xudolarga inondingizlar.
26
Xudo ko‘ylagingiz etagini baland ko‘taradi, Sharmandangizni chiqaradi.
27
U ko‘rdi dalalarda, qirlarda Qilgan jirkanch ishlaringizni, Zino va shahvoniy qiyqiriqlaringizni. Ko‘rdi uyatsizlarcha qilgan fohishabozligingizni. Ey Quddus, holingga voy! Qachongacha bulg‘anib yurasan?!
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 14 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52