bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 14
Jeremiah 14
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 15 →
1
Yeremiyoga Egamizning qurg‘oqchilik haqidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
2
“ Yahudo aza tutmoqda, Shaharlari adoyi tamom bo‘ldi. Odamlar qayg‘uga botgan, Bag‘rlarini yerga berib yotibdi, Quddusdan faryod ko‘tarilmoqda.
3
Asilzodalar xizmatkorlarini suvga yubordilar. Xizmatkorlar sardobalarga borgan edilar, Ammo suv topa olmadilar. Idishlari bo‘m–bo‘sh qaytib keldilar. Ular tushkunlikka tushdilar, Sharmanda bo‘lib qoldilar, Uyatdan yuzlarini berkitib oldilar.
4
Yomg‘ir yog‘magani–chun yer yorilib ketdi, Dehqonlar umidsizlikka tushdi, Yuzlarini berkitib olishdi.
5
Hatto cho‘ldagi ona ohu ham, O‘t–o‘lan bo‘lmagani uchun, Yangi tug‘ilgan ohuchalarini tashlab ketmoqda.
6
Qulonlar yalang qirlarda turib, Chiyabo‘rilar kabi hansirayapti, O‘t yo‘qligidan qulonlarning ko‘zlari kirtayib qolgan.”
7
Gunohlarimiz bizga qarshi guvohlik bersa–da, O‘z noming haqi–hurmati bizga rahm qil, ey Egam. Axir, biz Senga ko‘p xiyonat qildik, Senga qarshi gunoh ishlar qildik.
8
Ey, Isroilning yolg‘iz umidi, Kulfat vaqtida Qutqaruvchisi! Nechun yurtimizda musofirga o‘xshaysan, Bir kechagina tunaydigan sayyohga o‘xshaysan?
9
Nega sarosimaga tushgan odamga o‘xshaysan? Nega yordam bera olmaydigan jangchiga o‘xshaysan? Ey Egam, Sen bizning oramizdasan–ku! Biz Senikimiz. Bizni tark etma!
10
Egamiz bu xalq haqida shunday demoqda: “Ular o‘zlarini sira tiya olmaydilar, Daydib yurishni haqiqatan yaxshi ko‘radilar. Shuning uchun Men ulardan rozi emasman, Endi qabihliklarini yodga olaman, Gunohlari uchun ularni jazolayman.”
11
So‘ng Egamiz menga shunday dedi: “Bu xalq uchun ibodat qilma.
12
Ular ro‘za tutishsa ham, Men ularning iltijolariga quloq solmayman. Menga atab qurbonliklar kuydirishsa ham, don nazrlarini olib kelishsa ham qabul qilmayman. Aksincha, ularni qahatchilik, urush va o‘lat orqali qirib tashlayman.”
13
Men esa shunday dedim: “Yo Egam Rabbiy, payg‘ambarlar bu xalqqa, urush va qahatchilik bo‘lmaydi, sizlar bu yurtda chinakamiga osoyishta hayot kechirasizlar, deb aytishmoqda–ku.”
14
Egamiz menga shunday javob berdi: “Payg‘ambarlar Mening nomimdan yolg‘on gapirishmoqda. Men ularni yubormaganman, ularga gapirishni buyurmaganman. Ular sizlarga uydirmalarni o‘zlaricha bashorat qilishyapti, behuda fol ochib, xayollariga kelgan yolg‘onlarni gapirishyapti.
15
O‘sha payg‘ambarlar Mening nomimdan gapirishsa ham, ularni Men jo‘natmaganman. Ular: “Yurtda urush va qahatchilik bo‘lmaydi”, deb aytayotgan ekanlar, ammo Men aytamanki, o‘sha payg‘ambarlar urush va qahatchilikdan nobud bo‘lishadi.
16
Ularning gaplarini tinglayotgan odamlar ham urush va qahatchilikdan o‘ladi. Jasadlari Quddus ko‘chalarida yotadi. Ularning, xotinlarining, o‘g‘il–qizlarining jasadlarini ko‘madigan odam bo‘lmaydi. Qilgan qabihliklarini Men o‘zlarining boshlariga solaman.”
17
Sen ularga shunday deb ayt: “Kechayu kunduz ko‘zlarimdan yosh oqyapti, O‘zimni to‘xtata olmayapman. Zero, bokira qizim — Mening xalqim, Qattiq zarba yedi, og‘ir yaralandi.
18
Dalaga chiqaman, Evoh, ana, qilichdan halok bo‘lganlar yotibdi. Shaharga kiraman, Ana, ocharchilikdan o‘lganlar yotibdi. Payg‘ambaru ruhoniylar esa pul dardida yuribdilar, Odamlarga befoyda so‘zlar beryaptilar.”
19
Ey Egamiz, nahotki Yahudoni butunlay rad etgan bo‘lsang?! Nahotki Quddusdan hazar qilsang?! Nechun bizni og‘ir yaralading? Shifo topa olmayapmiz–ku! Biz tinchlikni izladik, ammo yaxshilik kelmadi, Shifo topmoqchi edik, ammo vahimaga duchor bo‘ldik.
20
Ey Egamiz, Senga qarshi gunoh qildik! Qabihliklarimizga iqror bo‘ldik, Ha, ota–bobolarimizning ayblarini tan olamiz.
21
Noming haqi–hurmati bizni rad etma, Ulug‘vor taxting turgan joyni xor qilma. Biz bilan tuzgan ahdingni yodingda tut, O‘tinamiz, ahdingni buzma.
22
Xalqlarning betayin butlari yomg‘ir yog‘dira olarmidi?! Yog‘ingarchilik osmonning xohishi bilan bo‘larmidi?! Bularni qilishga qodir Sen emasmi, ey Egamiz Xudo?! Biz umidimizni Senga bog‘laganmiz, Zotan bularning hammasini qila oladigan Sensan.
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 15 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52