bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 16
Jeremiah 16
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 15
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 17 →
1
Egamizning quyidagi so‘zi menga ayon bo‘ldi:
2
“Oila qurma, bu yurtda o‘g‘il–qizlaring bo‘lmasin.
3
Bu yurtda tug‘ilgan o‘g‘il–qizlar haqida va ularni dunyoga keltirgan ota–onalar haqida Men, Egang, shunday deyapman:
4
Ular og‘ir xastaliklardan halok bo‘lishadi. Ular uchun hech kim aza tutmaydi, jasadlarini ko‘madigan hech–kim bo‘lmaydi, jasadlari go‘ng kabi yer ustida yotaveradi. Ular qilichdan va qahatchilikdan halok bo‘lishadi, jasadlari qushlar va yovvoyi hayvonlarga yem bo‘ladi.”
5
Zero, Egamiz shunday deb aytmoqda: “Azador uyga kirma, motam tutma, ta’ziya bildirma. Men bu xalqni tinchlik–xotirjamligimdan mahrum qildim. Men bu xalqni sevmayman, ularga mehr–shafqat ko‘rsatmayman.
6
Bu yurtning kattayu kichigi o‘lib ketadi, ularni hech kim ko‘mmaydi. Hech kim ular uchun aza tutmaydi, qayg‘udan badanini tilmaydi, sochini oldirmaydi.
7
Azadorlarga tasalli berish uchun hech kim ovqat olib chiqmaydi. Hech kim ota yoki onasidan judo bo‘lganlarga tasalli berish uchun bir kosa sharob uzatmaydi.
8
Ziyofat bo‘layotgan uyga kirma, ular bilan o‘tirib, yeb–ichma.”
9
Zero, Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Sening zamoningda shodu xurramlik sadolariga, kelin–kuyovning xursandchilik ovozlariga chek qo‘yaman. Buni o‘z ko‘zing bilan ko‘rasan.
10
Aytganlarimning hammasini odamlarga gapirib berganingda, ular sendan shunday deb so‘raydilar: “Nega Egamiz bizga bunday kulfatlarni ravo ko‘ryapti? Aybimiz nima? Egamiz Xudoga qarshi nima gunoh qildik?”
11
Sen ularga shunday javob ber: Egamiz aytmoqda: Ota–bobolaringiz Meni tark etdilar. Mendan yuz o‘girib, qonunlarimga rioya qilmadilar. Boshqa xudolarga ergashdilar, ularga xizmat qilib, sajda etdilar.
12
Sizlarning gunohlaringiz esa ota–bobolaringiznikidan ham oshib tushdi. Mana, har biringiz yovuz yuragingizning o‘jarliklarini bajaryapsiz, Menga quloq solmayapsiz.
13
Shuning uchun Men sizlarni bu yerdan boshqa bir yurtga uloqtirib yuboraman. U yurtni o‘zingiz ham, ota–bobolaringiz ham bilmaydilar. U yerda sizlar kechayu kunduz boshqa xudolarga xizmat qilasizlar. Endi Men sizlarga rahm qilmayman.”
14
Egamiz demoqda: “Shunday kunlar keladiki, odamlar ont ichganda: “Isroil xalqini Misrdan olib chiqqan Egamiz shohid”, deb aytmaydigan bo‘ladi.
15
Buning o‘rniga ular: “Isroil xalqini shimoldagi yurtdan va O‘zi surgun qilgan barcha boshqa yurtlardan olib chiqqan Egamiz shohid”, deb ont ichadigan bo‘lishadi. Men xalqimni O‘zim ota–bobolariga bergan yurtga qaytarib olib kelaman.”
16
Egamiz shunday demoqda: “Mana, Men talay dushmanni yuboryapman. Ular xalqimni baliqchilar kabi tutib oladilar. U dushmanlar ketidan boshqalarni jo‘nataman, ular ovchilar kabi xalqimni har bir tog‘da, har bir tepalikda, qoyalarning jarliklarida ovlaydilar.
17
Men xalqimning tutgan hamma yo‘llarini ko‘rib turibman. Ularning yovuz yo‘llari Mendan yashirin emas. Hamma gunohlari ko‘z o‘ngimda.
18
Qilgan gunohlari va qilmishlari uchun xalqimga ikki barobar qilib qaytaraman. Zotan ular jonsiz, jirkanch xudolari bilan yurtimni harom qildilar, Mening mulkimni makruh butlarga to‘ldirdilar.”
19
Ey Egam, mening qudratim, qo‘rg‘onimsan, Kulfat kunida panohimsan. Dunyoning to‘rt burchagidan xalqlar Sening oldingga kelib, aytadi: “Ajdodlarimizning soxta butlaridan bo‘lak hech narsasi yo‘q edi, Bu betayin butlaridan foyda bo‘lmagan edi.
20
Inson o‘zi uchun xudolarni yasay oladimi?! Bunday xudolar haqiqiy Xudo emas–ku!”
21
“Shunday ekan, ularga saboq beray, Kuch–qudratimni ularga ko‘rsatib qo‘yay. Shunda Egangiz Men ekanligimni bilib olishadi.”
← Chapter 15
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 17 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52