bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 41
Jeremiah 41
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 40
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 42 →
1
O‘sha yilning yettinchi oyida shoh Zidqiyoning bosh lashkarboshilardan biri bo‘lgan Nataniyo o‘g‘li Ismoil o‘nta odami bilan birga Mispaxga — Oxixam o‘g‘li Gadaliyoning huzuriga bordi. Ismoil shoh urug‘idan bo‘lgan Elishamaning nabirasi edi. Gadaliyo kelganlar bilan birga dasturxon atrofida o‘tirib ovqatlanayotganda,
2
Nataniyo o‘g‘li Ismoil va u bilan kelgan o‘nta odam qilichlarini yalang‘ochlab, Bobil shohi hokim qilib tayinlab ketgan Gadaliyoni chopib tashladi.
3
Gadaliyo bilan birga Mispaxda bo‘lgan hamma yahudiylarni Ismoil qilichdan o‘tkazdi. U yerdagi Bobillik sipohlarni ham o‘ldirdi.
4
Ertasi kuni Gadaliyo o‘ldirilganligi haqidagi xabar tarqalmay turib,
5
Shakam, Shilo‘ va Samariyadan saksonta odam keldi. Ular qayg‘udan soqolini olgan, kiyimlarini yirtgan, tanalarini tilgan edilar. Ular don va tutatqilarni nazr qilish uchun Ma’badga ketayotgan edilar.
6
Nataniyo o‘g‘li Ismoil ularni kutib olish uchun Mispaxdan yig‘lab chiqdi. Ularga yaqinlashgach: “Qani ichkariga, Gadaliyoning oldiga kiringlar”, dedi.
7
[7-9] Ular shaharga kirishlari bilanoq, Ismoil bilan uning odamlari ularni ham qirib tashladilar. Ammo kelganlardan o‘ntasi Ismoilga yolvorib dedilar: “Iltimos, bizni o‘ldirma! Dalalarda yashirib qo‘ygan bug‘doy, arpa, zaytun moyi va asalimiz bor.” Ismoil ularni o‘ldirmay, hayotlarini asrab qoldi. O‘ldirgan odamlarning jasadlarini esa katta sardobaga tashladi. U jasadlarga to‘ldirgan bu sardobani Yahudo shohi Oso Isroil shohi Basho hujum qilgan paytda qurdirgan edi.
8
***
9
***
10
Ismoil Mispaxda omon qolgan hamma odamlarni asir qilib oldi. Ularning orasida Bobillik qo‘riqchilar sardori Nabizaradon Gadaliyoning ixtiyoriga topshirgan malikalar va Mispaxdagi hamma odamlar bor edi. Nataniyo o‘g‘li Ismoil ularning hammasini asir qilib, Ommon yurtiga jo‘nadi.
11
Nataniyo o‘g‘li Ismoilning qilgan jinoyatlari haqida Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon va lashkarboshilar xabar topdilar.
12
Ular bor odamlarini to‘plab, Ismoil bilan jang qilish uchun yo‘lga tushdilar. Ular Ismoilga Givondagi katta hovuz yoqasida yetib oldilar.
13
Ismoilning asirlari Kariyox o‘g‘li Yo‘xanonni va uning yonidagi hamma lashkarboshilarni ko‘rib, xursand bo‘lib ketishdi.
14
Ismoil Mispaxdan asir qilib olgan o‘sha odamlarning hammasi orqaga — Kariyox o‘g‘li Yo‘xanonning oldiga yugurib kelishdi.
15
Nataniyo o‘g‘li Ismoil esa sakkizta odami bilan Yo‘xanondan qochib, Ommon yurtiga ketdi.
16
Shunday qilib, Kariyox o‘g‘li Yo‘xanon va uning lashkarboshilari Mispaxdagi fojiada omon qolgan ayolu bola–chaqalarni, saroy amaldorilariyu jangchilarni Gadaliyoning qotili Ismoilning qo‘lidan ozod qildilar. Ularni o‘zlari bilan Givondan olib ketdilar.
17
[17-18] Yo‘xanon lashkarlari Bobilliklardan qo‘rqqanlari uchun, Misrga yo‘l oldilar. Chunki Bobil shohi yurtga hokim qilib tayinlagan Gadaliyoni Ismoil o‘ldirgan edi. So‘ng hammasi yo‘lda Baytlahm yonidagi Ximxam qo‘nolg‘asida to‘xtadilar.
← Chapter 40
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 42 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52