bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 10
Jeremiah 10
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 9
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 11 →
1
Ey Isroil xalqi, Egamiz sizlarga aytayotgan so‘zlarga quloq soling.
2
Egamiz shunday demoqda: “Boshqa xalqlarga taqlid qilmanglar, Boshqa xalqlar singari Osmondagi alomatlardan qo‘rqmanglar.
3
Xalqlarning udumlari behuda! Ular o‘rmondan daraxt kesadi, Hunarmand boltasi bilan unga shakl berib,
4
Kumushu oltin bilan bezatadi. Yiqilib ketmasin, deya mix bilan mahkamlaydi,
5
Butlari polizdagi qo‘riqchilarga o‘xshaydi. Ular gapira olmaydi. Ularni ko‘tarib yurish kerak bo‘ladi, O‘zlari yura olmaydi. Ulardan qo‘rqmanglar, Ularning qo‘lidan hech qanday yomonlik kelmaydi, Yaxshilik ham qila olmaydi.”
6
Ey Egamiz, Senga o‘xshashi yo‘q! Sen buyukdirsan, Sening noming ulug‘ va qudratlidir.
7
Ey ellarning Shohi, Sendan qo‘rqmaydigan biror zot bormi?! Sen bunga loyiqdirsan. Xalqlarning donishmandlari orasida, Ularning shohlari orasida Senga o‘xshashi yo‘q.
8
Ahli donishu shohlar ahmoq va befarosat. Ular betayin yog‘och butlaridan maslahat olishadi.
9
Butlarini yasash uchun kumushni Tarshishdan, Oltinni Ufazdan keltirishadi. Butlarni hunarmandu zargarlar yasagan. Ko‘k va safsar liboslar bilan bezagan, Hammasi — mohir ustalarning ishidir.
10
Ammo Egamiz haq Xudodir. U barhayot Xudo va abadiy Shohdir. G‘azablanganda yer silkinadi, Uning qahriga xalqlar dosh bermaydi.
11
— Boshqa xalqlarga shunday deb ayt: “Bu xudolar yeru osmonni yaratmagan. Ular yer yuzidan va osmon ostidan yo‘q bo‘lib ketadi.”
12
Egamiz qudrati ila yerni yaratdi, Donoligi ila dunyoni bunyod etdi, Idroki ila osmon gumbazini o‘rnatdi.
13
Uning ovozidan osmondagi suvlar gulduraydi, U dunyoning to‘rt burchidan bulutlar olib keladi. Yomg‘ir yog‘dirishdan oldin momaqaldiroqni guldiratadi, Omborlaridagi shamollardan esdiradi.
14
Uning oldida hamma odamlar ahmoq va nodondir. Zargarlar o‘z butlari tufayli sharmanda bo‘ladi, Ularning sanamlari jonsiz va soxtadir.
15
Bu betayin butlar aldamchidir. Ularni jazolaganim zahoti yo‘q bo‘lishadi.
16
Yoqubning Xudosi esa unday emas. Butun borliqni U yaratgan, Isroil qabilasini O‘ziga mulk qilgan. Uning nomi Sarvari Olamdir.
17
Ey qurshovda yashaganlar! Bor–yo‘g‘ingizni yig‘ishtirib oling.
18
Zero, Egamiz shunday demoqda: “Men sizlarni Isroil yurtidan uloqtirib tashlayman, Boshingizga kulfat yog‘diraman, Toki sizlar buni sezinglar.”
19
Sho‘rim qurisin! Shunchalik azoblarga qoldim! Og‘ir yaralangan ekanman. Ammo o‘zimga o‘zim “Boshimda shu dard bor ekan, Unga chidashim kerak”, dedim.
20
Chodirim yiqitilgan, iplari uzib tashlangan. Farzandlarim ketdi, ular yo‘q bo‘ldi. Endi chodirimni kim tikadi?! Chodirimning pardalarini kim osadi?!
21
Axir, cho‘ponlar ahmoq, Ular Egamizdan maslahat olmadilar. Shuning uchun ham ishlari o‘ngidan kelmadi, Qo‘ylari har yoqqa tarqalib ketdi.
22
Eshitinglar! Bir xabar kelmoqda! Ana, shimoldan shovqin–suron ko‘tarilmoqda! Lashkarlar Yahudo shaharlarini xarob qilar emish, Chiyabo‘rilar yashaydigan makonga aylantirar emish.
23
Ey Egam, bilaman, Odam zoti o‘z taqdirini o‘zi belgilay olmaydi, O‘z qadamini o‘zi boshqara olmaydi.
24
Ey Egam, meni jahl ustida jazolamagin. Adolating ila haq yo‘lga solgin, Aks holda meni yo‘q qilib yuborasan.
25
Seni tan olmaydigan xalqlar ustiga qahringni soch, Senga sajda qilmaydigan ellar ustiga soch, Axir, ular Yoqub naslining boshini yedilar. Hammasini halok etib, yo‘q qildilar, Yurtini xarobazorga aylantirdilar.
← Chapter 9
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 11 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52