bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 20
Jeremiah 20
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 19
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 21 →
1
Immar o‘g‘li Pashxur ruhoniy bo‘lib, Egamiz uyining bosh nazoratchisi edi. U Yeremiyoning bashorat qilib aytgan bu so‘zlarini eshitdi.
2
Shu sababdan Yeremiyoni kaltaklatib, Egamiz uyining hovlisidagi Yuqori Benyamin darvozasi tomonda kishanlab qo‘yishni buyurdi.
3
Ertasi kuni ertalab Pashxur Yeremiyoning kishanlarini yechganda, Yeremiyo unga shunday dedi: “Egamiz senga Pashxur emas, “Dahshat qamragan”, deb ism qo‘ygan.
4
Zero, Egamiz shunday deb aytmoqda: “Men seni va hamma do‘stlaringni vahimaga solaman. Do‘stlaring dushmanlari qo‘lida halok bo‘layotganini o‘z ko‘zing bilan ko‘rasan. Men butun Yahudo xalqini Bobil shohining qo‘liga topshiraman. Bobil shohi xalqimni asir qilib, o‘zining yurtiga olib ketadi. Ularni qilichdan o‘tkazadi.
5
Men bu shaharning boyliklarini, bor narsasini, qimmatbaho buyumlarini, Yahudo shohlarining xazinalarini dushmanning qo‘liga beraman. Ular shaharni talon–taroj qilishadi. Barcha boyliklarini Bobilga olib ketishadi.
6
Sen ham, ey Pashxur, o‘z xonadoning bilan Bobilga surgun bo‘lasan. Sen u yerda jon berib, dafn qilinasan. Yolg‘on bashoratlaringga quloq solgan do‘stlaring ham o‘sha ko‘yga tushadi.”
7
Ey Egam, sen meni ko‘ndirding, Men ham ko‘ndim. Mendan ustun kelding, meni yengding. Men hammaga mazax bo‘ldim, Hamma ustimdan kulmoqda.
8
Gapirganimda jar solishim kerak, “Zo‘ravonlik! Halokat!” deya baqirishim kerak. Sening so‘zing tufayli hammaga kulgi bo‘ldim, Kun bo‘yi meni masxara qilishyapti.
9
Bordi–yu, men: “Bo‘ldi, Egam haqida so‘zlamayman, Uning nomidan gapirmayman” desam, Sening so‘zing olov kabi ichimni yondiradi, O‘t qo‘yganday suyaklarimni zirqiratadi. So‘zingni ichimda saqlab turishdan charchadim, Ha, uni boshqa ushlab tura olmayman.
10
Eshityapman, ko‘pchilik g‘iybat qilyapti. Atrofimni dahshat qamragan! “Fosh bo‘lsin! Uni fosh qilaylik!” deb aytyaptilar. Hatto mening yaqin do‘stlarim ham Qoqinishimni poylab turibdilar, “Yeremiyo tuzoqqa tushadi, Shunda uni yengamiz, Undan qasdimizni olamiz”, deyaptilar.
11
Ammo Egam men bilan birgadir, U bahodir jangchiga o‘xshaydi. Meni quvg‘in qilganlar qoqilib tushadi, Ular mendan ustun kelolmaydi. Isnodga qoladi, muvaffaqiyatga erisholmaydi. Ular to abad dog‘da qoladi, Sharmandagarchiligi hech qachon unutilmaydi.
12
Ey Sarvari Olam, sen solih kishini sinaysan, Odamning dilini, o‘y–xayolini bilasan. Dushmanlarimdan o‘ch olganingni ko‘rayin, Axir, da’voimni Senga topshirdim!
13
Egamizga qo‘shiq kuylanglar! Egamizga hamdu sanolar aytinglar! Zero, U bechora bandaning jonini Badkirdorlar qo‘lidan qutqardi.
14
Evoh, tug‘ilgan kunim qurib ketsin! Onam meni tuqqan kun xosiyatsiz bo‘lsin!
15
Otamga xabar olib kelgan odam la’nati bo‘lsin, “O‘g‘il ko‘rding!” deya, uni xursand qilgan qurib ketsin.
16
Egamiz shafqatsizlarcha vayron qilgan Ko‘hna shaharlarday bo‘lsin o‘sha odam. U ertalabdanoq dodu faryodlar eshitsin, Kunduz kuni urush na’ralarini eshitsin.
17
Axir, u meni onamning qornidayoq o‘ldirmadi. Shunda onamning qorni qabrim bo‘lgan bo‘lardi, Onam to abad homilador bo‘lib qolgan bo‘lardi.
18
Nimaga ham tug‘ildim ekan–a?! Mashaqqatu qiyinchilik ko‘rish uchunmi?! Umrimni sharmandalikda xazon qilish uchunmi?!
← Chapter 19
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 21 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52