bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 27
Jeremiah 27
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 26
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 28 →
1
Yo‘shiyo o‘g‘li Zidqiyo Yahudoda hukmronlik qilayotgan ilk davrida, Egamiz O‘z so‘zini Yeremiyoga ayon qildi.
2
Egamiz menga shunday dedi: “Yog‘ochdan bir bo‘yinturuq yasa, qayishlar yordamida uni gardaningga osib ol.
3
So‘ng esa Quddusga — shoh Zidqiyo huzuriga kelgan elchilar orqali Edom, Mo‘ab, Ommon, Tir va Sidon shohlariga xabar jo‘nat.
4
Ularga quyidagi xabarni yetkazishlarini buyur: Isroilning Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Shohlaringizga aytinglar,
5
bu dunyoni, yer yuzidagi odamzodu hayvonlarni Men O‘z qudratim va ajoyibotlarim bilan yaratganman. Shunday ekan, ularni xohlagan odamga beraman.
6
Ana shu yurtlarning barchasini Men Bobil shohi qulim Navuxadnazarga berdim. Hattoki yovvoyi hayvonlarni ham uning izmiga topshirdim, ular ham Navuxadnazarga xizmat qilishadi.
7
Navuxadnazarning shohligi qulaguncha hamma xalqlar unga, uning o‘g‘liyu nevarasiga xizmat qiladi. Keyin esa Navuxadnazarning o‘zi ham ko‘plab xalqlarga va buyuk shohlarga xizmat qilishga majbur bo‘ladi.
8
Bobil shohi Navuxadnazarga xizmat qilmagan, unga bo‘yin bermagan har bir xalq va shohlikni Men urushga, qahatchiligu o‘latga giriftor etib, qirib tashlayman. O‘sha xalqni Navuxadnazar orqali butunlay yo‘q qilmagunimcha qo‘ymayman.” Egamizning kalomi shudir.
9
“Sizlar Bobil shohiga xizmat qilmaysizlar”, deya karomat qilayotgan payg‘ambarlaringizga, folbinlaringizga, tush ta’birchilariga, bashoratgo‘y odamlaringizga, sehrgarlaringizga ishonmanglar.
10
Ular sizlarga yolg‘on bashorat qilyaptilar. Agar ularga quloq solsangizlar, Men sizlarni bu yerdan chiqarib yuboraman. Uzoq yurtlarga surgun qilaman, oqibatda sizlar halok bo‘lasizlar.
11
Bobil shohining bo‘yinturug‘i ostida bo‘yin eggan, unga xizmat qilgan har bir xalqni esa Men o‘z yurtida qoldiraman. Ular o‘z joyida yashab, o‘z yeriga ishlov beradilar.” Egamizning kalomi shudir.
12
Men Yahudo shohi Zidqiyoni ham xuddi shunday deb ogohlantirdim: “Bobil shohiga bosh eging, uning o‘ziga ham, xalqiga ham xizmat qiling, shunda joningizni saqlab qolgan bo‘lasiz.
13
Egamiz: “Bobil shohiga xizmat qilmagan har bir xalq urush, qahatchilik va o‘latdan nobud bo‘ladi” degan edi. Nahotki o‘zingizning va o‘z xalqingizning joniga zomin bo‘lsangiz?!
14
“Bobil shohiga xizmat qilmang”, deb aytayotgan payg‘ambarlarning gaplariga quloq solmang, ular sizlarga yolg‘on bashorat qilyapti.
15
O‘sha payg‘ambarlar haqida Egamiz shunday deb aytdi: “Ularni Men yubormaganman. Ular Mening nomimdan yolg‘on bashorat qilishyapti. Shunday ekan, Men sizlarni va sizlarga bashorat qilayotgan payg‘ambarni bu yurtdan uloqtirib tashlayman. Hammangiz halok bo‘lasizlar.”
16
So‘ng men ruhoniylarga va butun xalqqa gapirdim: “Egamiz shunday demoqda: Egamizning uyiga qarashli ashyolar Bobildan yaqinda olib kelinadi, deb aytayotgan payg‘ambarlarga quloq solmanglar. Ular sizlarga yolg‘on bashorat qilishyapti.
17
Ularga quloq solmanglar! Joningizni saqlab qolmoqchi bo‘lsangizlar, Bobil shohiga xizmat qilinglar. Aks holda shahar vayron qilinadi!
18
Agar ular haqiqatan ham payg‘ambarlar bo‘lishsa, agar chindan ham Mening kalomim ularga ayon bo‘lgan bo‘lsa, unda ular Menga — Sarvari Olamga yolvorishsin. “Sening uyingdagi, shoh saroyidagi va Quddusdagi qolgan ashyolar Bobilga olib ketilmasin”, deb Menga iltijo qilishsin.
19
[19-20] Bobil shohi Navuxadnazar Yahudoga bostirib kelib, taxtda o‘tirgan Yohayiqim o‘g‘li Yohayixinni Yahudo amaldorlari bilan birga asir qilib olib ketganda, Ma’baddagi ikkita bronza ustunni, hovuzni, tagkursilarni va Quddusdagi ayrim idishlarni qoldirib ketgan edi. O‘sha qolgan–qutgan ashyolar haqida Sarvari Olam shunday demoqda:
20
***
21
“Men, Isroil xalqining Xudosi, Sarvari Olam uyimda, shoh saroyida va Quddusda qolgan ashyolar haqida aytadigan gaplarimni eshitinglar:
22
Ashyolarning hammasi Bobilga olib ketiladi. Men ularni olib kelgani bormagunimcha, o‘sha yerda qoladi. So‘ng esa Men ularni qaytarib olib kelaman, shu yerga joylashtiraman.” Egamizning kalomi shudir.
← Chapter 26
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 28 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52