bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 7
Jeremiah 7
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 6
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 8 →
1
Yeremiyoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
2
“Egang uyining darvozasi oldiga bor. O‘sha yerda turib, baland ovozda shunday deb ayt: Ey jamiki Yahudo xalqi — Egamizga sajda qilish uchun mana bu darvozalardan kirganlar! Egamizning gaplarini eshitinglar.
3
Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Yomon yo‘lingizdan qaytinglar. Turmush tarzingizni o‘zgartiringlar. Shundagina bu yurtda yashashingizga ijozat beraman.
4
“Egamizning Ma’badi shu yerda! Mana, Egamizning Ma’badi, shuning uchun hech qanday xavf–xatar yo‘q!” degan yolg‘on so‘zlarga ishonmang.
5
Agar haqiqatan yomon yo‘lingizdan qaytsangiz, turmush tarzingizni o‘zgartirsangiz, bir–biringizga nisbatan adolatli bo‘lsangiz,
6
musofirlarga, yetim va bevalarga zulm qilmasangiz, bu yurtda aybsiz odamning qonini to‘kmasangiz, boshingizga falokat keltiradigan boshqa xudolarga ergashmasangiz,
7
bu yerda qolishingizga ijozat beraman. Men ota–bobolaringizga abadiy mulk qilib bergan bu yurtda sizlar yashayverasizlar.
8
Ammo sizlar yolg‘on so‘zlarga ishonyapsizlar.
9
O‘g‘irlik qilyapsizlar, odam o‘ldiryapsizlar, zino qilyapsizlar, yolg‘ondakam qasam ichyapsizlar, Baalga nazrlar atab, o‘zingiz bilmagan xudolarga ergashyapsizlar.
10
Shunday ekan, nima uchun sizlar Mening nomim bilan atalgan uyimga kelib, “Biz xavf–xatardan xolimiz!” deb aytyapsizlar?! Bunday jirkanch ishlarni davom ettirish uchunmi?!
11
Aytinglar–chi, Mening nomim bilan atalgan bu uy sizlar uchun qaroqchilar uyasi bo‘lib qoldimi?! Qilgan barcha ishlaringizni Men O‘z ko‘zim bilan ko‘rib turibman–ku!” deb aytmoqda Egamiz.
12
“Qani, Shilo‘ shahriga boringlar! Men ilk bor o‘sha joyni ulug‘lanishim uchun tanlagan edim. Ammo xalqim Isroilning qabihliklari tufayli o‘sha joyni ne ahvolga solganimni ko‘rib qo‘yinglar.
13
Bunday yovuz ishlarni qilayotganingizda, Men sizlarga qayta–qayta gapirdim. Ammo sizlar gaplarimga quloq solmadingiz. Sizlarga xitob qildim, ammo javob bermadingiz”, deb aytmoqda Egamiz.
14
“Shunday ekan, Men Shilo‘ni ne ko‘yga solgan bo‘lsam, O‘z nomim bilan atalgan uyimni ham o‘sha ahvolga solaman. Sizlar umid bog‘lagan bu uyimni va ota–bobolaringizga bergan bu yurtni Shilo‘ning ahvoliga tushiraman.
15
Qondoshingiz Efrayim xalqini uloqtirganimday, sizlarni ham O‘z huzurimdan uloqtirib tashlayman.”
16
Egamiz shunday dedi: “Ey Yeremiyo, sen bu xalq uchun ibodat qilma! Ular uchun faryod qilib, iltijo qilma! Ularni deb, Menga yolvorma! Men senga quloq solmayman.
17
Yahudo shaharlarida, Quddus ko‘chalarida ular nimalar qilayotganini ko‘rmayapsanmi?!
18
Bolalar o‘tin yig‘ishadi, otalari olov yoqishadi, xotinlar esa xamir qorib, Samo Qirolichasiga atab nonlar yopishadi. G‘azabimni keltirish uchun begona xudolarga sharob nazrini keltirishadi.”
19
Egamiz shunday demoqda: “Bu qilmishlari bilan ular Menga emas, o‘zlariga zarar keltirmoqda–ku! O‘zlarini sharmanda qilishmoqda–ku!”
20
Shu sababdan, Egamiz Rabbiy demoqda: “Men qahru g‘azabimni bu zaminga, insonlaru hayvonlarga, daladagi daraxtlaru ekinlarga sochaman. G‘azabim so‘nmas olovday yonadi.”
21
Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Sizlar qurbonliklarning go‘shtini yeysizlar, kuydiriladigan qurbonliklaringizning go‘shtini ham o‘zlaringiz yeyaveringlar.
22
Men ota–bobolaringizni Misrdan olib chiqqanimda ularga nafaqat qurbonliklar va kuydiriladigan qurbonliklarga oid amrlar bergan edim,
23
balki ularga yana shunday amr bergan edim: “Menga itoat qiling! Shunda Men sizning Xudoyingiz, sizlar esa Mening xalqim bo‘lasizlar. Faqat Men ko‘rsatgan yo‘ldan yuringlar, shunda baxtiyor bo‘lasizlar.”
24
Ammo ular itoat qilishni ham, quloq solishni ham xohlamadilar. Yovuz yuraklarining o‘jarliklarini qildilar. Oldinga yurmay, orqaga ketdilar.
25
Ajdodlaringiz Misrdan chiqqan kunidan boshlab shu kunga qadar, ketma–ket payg‘ambar qullarimni ularning oldilariga jo‘natdim.
26
Ammo ular Menga quloq ham solmadilar, e’tibor ham bermadilar. Ular qaysar edilar, yovuz qilmishlari bilan ota–bobolaridan ham o‘tib tushdilar.
27
Ey Yeremiyo, sen borib, aytganlarimning hammasini ularga yetkazasan, lekin ular senga quloq solishmaydi. Ularga xitob qilasan, ammo ular senga javob berishmaydi.
28
Shuning uchun sen ularga shunday deb ayt: “Sizning xalqingiz Egasi Xudoga itoat qilmadi, Uning gapiga kirmadi. Haqiqat qolmabdi, og‘zingizdan haq so‘z chiqmaydigan bo‘ldi.”
29
“Ey Quddus aholisi, aza tuting! Sochingizni qirib tashlang. Marsiyangiz yalang qirlar uzra nola qilsin, Zero, Egamizning toqati toq bo‘ldi, U bu naslni rad etib, tashlab ketdi.
30
Egamiz shunday demoqda: “Yahudo xalqi o‘zining Egasi oldida qabihliklar qildi. Ular Mening nomim bilan atalgan uyimga makruh butlarini o‘rnatdilar. Uyimni harom qildilar.
31
Shunisi yetmagandek, Xinnum soyligidagi Tofatda sajdagohlar qurdilar. U yerda o‘z o‘g‘ilu qizlarini olovda kuydirdilar. Ammo Men ularga buni amr qilmaganman, bunaqasini xayolimga ham keltirmaganman.”
32
Egamiz shunday demoqda: “Qarab turing! Shunday kunlar keladiki, odamlar bu joyni Tofat yoki Xinnum soyligi, deb atamaydi. Bu joy “Qirg‘in vodiysi” deb nom oladi. U yerda ko‘p murdalar dafn qilinadi, murdalar ko‘pligidan qabrlarga joy yetmay qoladi.
33
Bu xalqning jasadlari qushlarga va yovvoyi hayvonlarga yem bo‘ladi, hech kim ularni haydamaydi.
34
Yahudo shaharlarida va Quddus ko‘chalarida shodu xurramlik sadolari bo‘lmaydi, kelin–kuyovning ovozi eshitilmaydi. Bu yurt huvullab qoladi.”
← Chapter 6
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 8 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52