bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 19
Jeremiah 19
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 20 →
1
Egamiz menga shunday dedi: “Borib kuloldan bir sopol ko‘za sotib ol. So‘ng yoningga xalq oqsoqollaridan va bosh ruhoniylardan olib,
2
Singan ko‘zalar darvozasi yaqinidagi Xinnum soyligiga tush. Men senga aytadigan so‘zlarni oqsoqollarga sen o‘sha yerda aytasan.
3
Sen ularga shunday deb ayt: “Ey Yahudo shohlari, Quddus aholisi, Egamizning so‘zlarini eshitinglar. Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Men bu joyga shunday falokat yog‘diramanki, bu falokatni eshitganlarning boshidan hushi uchadi.
4
Zotan xalqim Meni tark etdi, bu yerni harom qildi. Ular o‘zlari bilmagan, ota–bobolari ham, Yahudo shohlari ham bilmagan begona xudolarga qurbonliklar kuydirdilar. Bu yerni begunoh odamlarning qoniga to‘ldirdilar.
5
Baalga atab sajdagohlar qurdilar. U yerda o‘z o‘g‘il–qizlarini Baalga qurbonlik qilib kuydirdilar. Men ularga buni amr qilmaganman, bunaqasini xayolimga ham keltirmaganman.”
6
Egamiz shunday demoqda: “Qarab turinglar! Shunday kunlar keladiki, odamlar bu joyni Tofat yoki Xinnum soyligi, deb atamaydi, balki bu joy “Qirg‘in vodiysi” deb ataladigan bo‘ladi.
7
Mana shu joyda Men Yahudo va Quddusning rejalarini barbod qilaman. Xalqimni dushmanlarga mag‘lub qilib beraman, ularda qasdi borlarning qo‘liga topshiraman. Jasadlarini qushlarga, yovvoyi hayvonlarga yem qilaman.
8
Men bu shaharni shunday vayron qilamanki, uning oldidan o‘tgan–ketgan har bir kishi shaharning ayanchli ahvolidan dahshatga tushib, qotib qoladi.
9
Dushmanlar shaharni qamal qilib, odamlarni qirib tashlamoqchi bo‘ladilar. Qamal paytida azobda qolgan xalq o‘g‘il–qizlarining va bir–birining etini yeydigan bo‘ladi.”
10
Ey Yeremiyo, o‘zing bilan kelganlarning oldida ko‘zani sindir.
11
Ularga shunday deb ayt: “Sarvari Olam shunday demoqda: Mana bu ko‘za chilparchin bo‘lib, tuzatib bo‘lmaydigan ahvolga tushgani kabi, Men bu xalqni va bu shaharni chilparchin qilaman. O‘liklar Tofatda dafn qilinadi, o‘liklar ko‘pligidan qabrlarga joy yetmay qoladi.”
12
Egamiz shunday demoqda: “Men bu shaharni va uning aholisini shunday ahvolga solamanki, bu shahar Tofatga o‘xshagan bo‘lib qoladi.
13
Quddusdagi xonadonlar va Yahudo shohlarining saroylari Tofat kabi harom bo‘ladi. Chunki u yerlardagi hamma uylarning tomlarida samoviy jismlarga atab qurbonliklar kuydirilgan, begona xudolarga sharob nazrlari keltirilgan.”
14
Yeremiyo Egamizning amri bilan Tofatda bashorat qildi, so‘ng u yerdan qaytib kelgach, Egamizning uyi hovlisida turib xalqqa dedi:
15
“Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: Endi Men aytgan so‘zimga binoan bu shahar va uning atrofidagi qishloqlarga falokat keltiraman, chunki sizlar o‘jarlik qilib, so‘zlarimni eshitishni xohlamadingizlar.”
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 20 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52