bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 26
Jeremiah 26
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 25
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 27 →
1
Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqimning Yahudodagi ilk hukmronligi davrida Yeremiyoga Egamiz O‘z so‘zini ayon qildi.
2
Egamiz shunday dedi: “Ey Yeremiyo, uyimning hovlisiga borib tur. Yahudo shaharlaridan uyimga sajda qilmoqchi bo‘lib kelgan hamma odamlarga gapir. Men senga amr qilgan barcha so‘zlarni, birontasini ham qoldirmay ularga ayt.
3
Balki, ular Men aytgan gaplarga quloq solib, yovuz yo‘llaridan qaytishar. Shunda Men ham shaxtimdan qaytaman. Qilgan qabihliklari tufayli boshlariga keltirmoqchi bo‘layotgan falokatni keltirmayman.
4
Sen ularga shunday deb ayt: Egamiz demoqda: “Sizlar Menga quloq solmadingizlar, bergan qonunlarimni bajarmadingizlar.
5
Oldilaringizga qayta–qayta payg‘ambar qullarimni jo‘natdim, ammo sizlar ularning gapiga kirmadingizlar. Agar endi aytganlarimni bajarmasangizlar,
6
Men bu uyni Shilo‘ning ko‘yiga solaman. Bu shaharni esa yer yuzidagi xalqlar orasida la’nati qilaman.”
7
Ruhoniylar, payg‘ambarlar va butun xalq Yeremiyoning Egamiz uyida aytayotgan bu gaplarini eshitishdi.
8
Yeremiyo Egamizning amr qilgan hamma so‘zlarini butun xalqqa aytib bo‘lgach, ruhoniylar, payg‘ambarlar va butun xalq unga tashlanib: “O‘ldiringlar uni!” — deya baqira boshlashdi.
9
“Sen hali Egamiz nomidan bashorat qiladigan bo‘lib qoldingmi?! “Bu uy Shilo‘ning ko‘yiga tushadi, bu shahar esa vayron bo‘lib huvullab qoladi”, deb aytishga qanday jur’at etding?!” Egamiz uyidagi butun olomon Yeremiyoni o‘rab oldi.
10
Bundan xabar topgan saroydagi Yahudo a’yonlari Egamizning uyiga keldilar. Qozilik qilish uchun Yangi darvozaning kiraverishidagi kursilarga o‘tirdilar.
11
Shunda ruhoniylar bilan payg‘ambarlar yetib kelgan a’yonlarga va xaloyiqqa murojaat qilib dedilar: “Bu odam o‘limga loyiq! U shahrimizga qarshi bashorat qildi, buni o‘z qulog‘ingiz bilan eshitdingiz.”
12
Yeremiyo o‘z navbatida shunday dedi: “Sizlar eshitgan barcha so‘zlarni gapirishim uchun, meni Egam yubordi. “Bu uyga va shaharga qarshi bashorat qil”, dedi.
13
Agar sizlar yomon yo‘lingizdan qaytsangiz, turmush tarzingizni o‘zgartirsangiz, Egangiz Xudoga itoat etsangiz, Egamiz ham shaxtidan qaytadi, sizlarga e’lon qilgan falokatni boshingizga keltirmaydi.
14
Mana, men sizning ixtiyoringizdaman. Nimani to‘g‘ri, deb bilsangiz, menga shuni qiling.
15
Faqat bilib qo‘yinglar: agar meni o‘ldirsangizlar, sizlar ham, shahar aholisi ham aybsiz odamning qonini to‘kkan bo‘lasizlar. Zotan, bu so‘zlarning hammasini sizlarga aytishim uchun Egamizning O‘zi meni yuborgan.”
16
So‘ng a’yonlar bilan butun xaloyiq ruhoniylarga va payg‘ambarlarga shunday dedilar: “Yo‘q, bu odam o‘limga loyiq emas. U bizga Egamiz Xudo nomidan gapiryapti–ku!”
17
Yurtning bir nechta oqsoqoli ham chiqib, to‘plangan butun olomonga shunday dedilar:
18
“Yahudo shohi Hizqiyo davrida bashorat qilib yurgan Mo‘rashatlik Mixo ham Yahudo xalqiga shunday deb aytgan edi: “ Sarvari Olam demoqda: Quddus daladay shudgor qilinadi, Sion xarobazor bo‘ladi, Egamizning uyi turgan tog‘ni Qalin o‘rmonzor qoplaydi.”
19
O‘shanda Yahudo shohi bilan butun xalq payg‘ambarni o‘ldirganmidi?! Aksincha, shoh Egamizdan qo‘rqib, Undan marhamat so‘ragan edi. Egamiz esa shaxtidan qaytib, ularga e’lon qilgan falokatni boshlariga keltirmadi. Biz–chi? Biz o‘zimizning boshimizga o‘zimiz falokat keltiryapmiz–ku!
20
Egamizning nomidan bashorat qilgan yana bir odam bor edi. U Xirat–Yorimlik Shamayo o‘g‘li Uriyo edi. U ham xuddi Yeremiyoga o‘xshab bu yurt va shaharga qarshi bashorat qilgan edi.
21
Shoh Yohayiqim, uning hamma soqchilari va a’yonlari Uriyoning so‘zlarini eshitdilar. Shunda shoh Uriyoni o‘ldirishga qasd qildi. Bundan xabardor bo‘lgan Uriyo qo‘rqqanidan Misrga qochib ketdi.
22
Shoh Yohayiqim uning orqasidan Axbor o‘g‘li Elnatanni odamlari bilan jo‘natdi.
23
Ular Uriyoni Misrda tutib olib, shohning oldiga olib kelgan edilar. Shoh uni o‘ldirib, jasadini avom xalqning qabristoniga tashlagan edi.”
24
Shunga qaramay, Shofon o‘g‘li Oxixam Yeremiyoning tarafini oldi. Yeremiyoni o‘ldirmoqchi bo‘lgan olomonning qo‘liga topshirishga yo‘l qo‘ymadi.
← Chapter 25
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 27 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52