bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jeremiah 18
Jeremiah 18
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 19 →
1
Egamiz Yeremiyoga shu so‘zini ayon qildi:
2
“Qani bo‘l, kulolning uyiga bor. O‘sha yerda senga bir gap aytaman.”
3
Men kulolning uyiga bordim. Kulol charx urib, ishlayotgan edi.
4
U loydan yasayotgan idish buzilib qoldi, shundan keyin u o‘zi xohlagan shakldagi boshqa bir idishni yasadi.
5
Egamiz O‘z so‘zini menga ayon qilib,
6
dedi: “Ey Isroil xonadoni, nahotki bu kulol qilgan ishni Men sizlarga qila olmasam?! Sizlar Mening qo‘limda kulol qo‘lidagi loyga o‘xshaysizlar.
7
Men biron xalqni yoki shohlikni qo‘porib tashlashimni, yo‘q qilib vayron qilishimni e’lon etishim mumkin.
8
Ammo o‘sha xalq yovuz qilmishlaridan qaytsa, Men ham ularning boshlariga falokat keltirish niyatimdan qaytaman.
9
Shunday paytlar ham bo‘ladiki, Men biron xalq yoki shohlikka: “Sizlarni qayta bunyod etib, mustahkam qilaman”, deb aytaman.
10
Ammo o‘sha xalq Mening oldimda qabihlik qilsa yoki aytganlarimga quloq solmasa, Men niyatimdan qaytaman, ularga qilmoqchi bo‘lgan yaxshiligimni qilmayman.”
11
Shunday ekan, Yahudo xalqi bilan Quddus aholisiga ayt: “Egamiz shunday demoqda: Mana, Men boshingizga soladigan kulfatni tayyorlayapman, sizlarga qarshi rejalar tuzyapman. Bo‘ldi endi, har biringiz yomon yo‘lingizdan qaytinglar. Turmush tarzingizni o‘zgartiringlar. Eski qilmishlaringizdan voz kechinglar.”
12
Ammo ular: “Gapirganing befoyda!” — deyishadi. “Biz baribir xohlaganimizday yashaymiz, yovuz yuraklarimizning o‘jarliklarini qilaveramiz”, deb aytishadi.
13
Shuning uchun Egamiz demoqda: “Xalqlardan so‘rab–surishtiring–chi, Bunaqasini hech eshitganmikan?! Bokira qiz Isroil jirkanch bir ish qildi.
14
Lubnondagi qorlar hech eriganmi?! Azim cho‘qqilarni hech tark etganmi?! Uning muzdek suvlari hech ado bo‘lganmi?!
15
Mening xalqim esa Meni tark etdi, Ular behuda butlarga tutatqi tutatdilar. Butlari tufayli xalqim qoqildi, Azaliy yo‘lidan adashdi. To‘g‘ri yo‘lni tark etib, so‘qmoqlardan yurib ketdi.
16
Shu sababdan yurti huvullab qoladi, Yurtning ahvolidan odamlar qotib qoladi, O‘tgan–ketganlar dahshatga tushadi, “Yo tavba”, deb, yoqasini ushlashadi.
17
Sharqdan esgan shamol kabi, Men ularni dushmanlari oldida sochib tashlayman. Boshlariga kulfat tushgan kuni Ularga orqa o‘giraman, Ularga nazar solmayman.”
18
So‘ng odamlar shunday dedilar: “Qani, Yeremiyoga qarshi fitna uyushtiraylik. Axir, qonunni o‘rgatadigan ruhoniylar, maslahat beradigan donishmandlar va Xudoning so‘zini aytadigan payg‘ambarlar har doim bor. Yeremiyoga tuhmat qilaylik, uning gaplariga umuman e’tibor bermaydigan bo‘laylik.”
19
Ey Egam, meni tingla, Raqiblarim gaplarini eshit!
20
Nahotki yaxshilikka yomonlik qaytarishsa?! Esingdami, huzuringda turib, Ular uchun Senga yolvorgandim, Ulardan Sening qahringni qaytargandim. Ular esa menga chuqur qazidilar.
21
Shunday ekan, bolalarini ochlikdan o‘ldir, Hammasini qilich izmiga topshir. Xotinlari bolalaridan judo bo‘lsin, Hammasi beva bo‘lib qolsin. Erkaklari o‘latdan qirilib ketsin, Yigitlari jangda halok bo‘lsin.
22
To‘satdan ustiga bosqinchi yuborganingda, Uylaridan dod–faryodlar ko‘tarilsin! Axir, ular meni tutib olmoqchi bo‘lib, chuqur qazidilar, Oyog‘imni sirtmoqqa ilintirmoqchi bo‘ldilar.
23
Meni o‘ldirish uchun fitna qildilar, Buni Sen bilasan, ey Egam. Ularning gunohlarini kechirma, Jinoyatlaridan o‘tma. G‘azablanib, jazolarini bergin, Ular Sening oldingda yiqilib qolsinlar.
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 19 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52