bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Proverbs 1
Proverbs 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 2 →
1
Isroil shohi Dovud o‘g‘li Sulaymonning Hikmatlari.
2
Bu hikmatlar donolik va nasihatni o‘rgatadi, hikmatli so‘zlarni tushuntiradi,
3
Aqlli ko‘rsatmalarga, to‘g‘rilik, adolat, odillikka ega qiladi,
4
Soddalarga idrok, yoshlarga bilim, fahmu farosat beradi.
5
Donolar tinglab bilimini ko‘paytirsin, idrokli esa yo‘l–yo‘riq olsin.
6
Bu hikmatlar — matallarni, jumboqlarni, dononing so‘zlarini va topishmoqlarini tushunish uchundir.
7
Egamizdan qo‘rqish ilmu ma’rifatning boshidir. Donolik va nasihatdan nafratlangan esa nodondir.
8
O‘g‘lim, otang nasihatlariga quloq sol, onang o‘gitlarini rad etma,
9
Chunki ular boshingga go‘zal gulchambar, bo‘yningga marjondaydir.
10
O‘g‘lim, agar gunohkorlar seni yo‘ldan urmoqchi bo‘lsa, bo‘yin berma.
11
Agar ular: “Kel, bizga qo‘shil, pistirma qo‘yib qon to‘kaylik, aybsizning yo‘lini vajsiz to‘saylik,
12
do‘zaxga o‘xshab uni tiriklayin o‘z qa’rimizga tortaylik, chuqur kabi butunlayin yutib yuboraylik,
13
har xil boyliklarni tortib olib, uyimizni o‘lja bilan to‘ldiraylik,
14
hamma narsa o‘rtada bo‘lsin, hamyonimiz bitta bo‘lsin”, — deb aytsalar,
15
o‘g‘lim, ularning yo‘lidan yurma, bir qadam ham bosma.
16
Chunki ular qon to‘kishga tayyordirlar, oyoqlari yovuzlikka shoshiladi.
17
Qushlarning ko‘zi oldida to‘r qo‘yish foydasizdir.
18
Yovuzlar o‘zlarining qoni to‘kilishini kutadilar, o‘zlarining jonlarini poylaydilar.
19
Ochko‘zlik bilan tortib oladiganlarning ahvoli shu! Ular o‘z hayotiga zomin bo‘ladi.
20
Donolik ko‘chada chaqiradi. Maydonda baland ovoz bilan hayqiradi.
21
Gavjum ko‘chaning boshida, shahar darvozalarida jar soladi.
22
“Ey, nodonlar, qachongacha nodon bo‘lib yuraverasiz?! Siz–chi, mazax qiluvchilar, qachongacha mazax qilishdan zavqlanasiz?! Aqlsizlar, qachongacha ilmu ma’rifatdan nafratlanasiz?!
23
Pand–nasihatlarimga quloq solinglar. Mana, sizlarga ruhimni beraman. So‘zlarimni ochaman.
24
Lekin sizlarni chaqirganimda rad etdingiz, qo‘llarimni uzatganimda, e’tibor bermadingiz.
25
Maslahat, pand–nasihatlarimning hech birini qabul qilmadingiz.
26
Shuning uchun boshingizga falokat kelganda, men ham kulaman. Vahimaga tushganingizda, mazax qilaman.
27
Vahima bo‘ronday, falokat esa to‘fonday kelganda, kulfatu mashaqqatlar boshga tushganda,
28
ular meni chaqiradilar, lekin javob bermayman. Ular meni qidiradilar, izlaydilar, lekin topolmaydilar.
29
Chunki ular ilm–ma’rifatdan nafratlandilar, Egamizdan qo‘rqishni tanlamadilar.
30
Maslahatlarimni, o‘gitlarimni qabul qilmadilar.
31
Shuning uchun o‘z qilmishlarining mevasini yeb, pushaymon bo‘lib qoladilar.
32
Nodonlar yo‘ldan adashib o‘zini o‘ldiradi, aqlsizlarning beg‘amligi esa o‘zlarini halok qiladi.
33
Lekin menga quloq solganlar osoyishta hayot kechiradi, yomonlikning vahimasidan xalos bo‘ladi.”
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31